Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.01.2026 | 15:56

img3463

O‘ZI USTOZ BO‘LAR USTOZ KO‘RGANLAR

“– Meni tanimadingizmi, axir men falonchi blogerman!
– Uzr, qaysi nom bilan qanday mavzularda blog yuritasiz?
– Barcha mavzuda. Internetda hamma “Haqqush” nomi bilan biladi meni.
– Shunaqami? Men bilgan ko‘pgina blogerlar aniq bir yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritadi.
– Ular menga o‘xshab ko‘p sohani tushunmaydi-da, shuning uchun bittasi bilan cheklanadi.
– Qaysi soha bo‘yicha mutaxassissiz?
– Oliy ma’lumotim yo‘q. Maktabni bitirganman”.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda har qanday mavzuni yoritish mumkin, ammo jurnalistika – bu faqat axborot tarqatish emas, balki bilim, mas’uliyat va maktab demakdir. Ana shu maktabning bardavomligi esa ustozga bog‘liq.

Yoshligimdan jurnalist bo‘lishga qiziqqanman. Uyda alohida xonada oynaga qarab, o‘zimga o‘zim xuddi televizorda biror ko‘rsatuvni olib borayotgandek, matn tuzib, gapirib mashq qilardim. Jurnalist bo‘lish orzuim borligini bir ustoz ijodkorga aytdim. Ustoz biroz o‘yga tolib turdi-da, “o‘ylab ko‘r, jurnalist bo‘lsang, kosang oqarmaydi”, dedi. Shoshib uyga kelib kosaga qaradim. Kosa oq emas, oppoq! Hayron bo‘lganman.

Jurnalist faoliyati davomida malaka va tajriba orttirishi tabiiy. O‘rganish, surishtiruv, tahlil, press-turlar orqali u ko‘plab sohalarni o‘zlashtiradi, fikr doirasi kengayadi. Ana shu jarayonda yoshlarga sharoit yaratish, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kattalarning muhim vazifalaridan biridir.

Bugun, ayniqsa, bosma nashr jurnalistikasida tanqidiy, tahliliy va mulohazali maqolalar yoza oladigan yoshlar soni kam. Yoshi ulug‘, tajribali jurnalistlarda bu muammo deyarli yo‘q. Chunki ular katta maktabdan o‘tgan, katta ustozlar qo‘lida tarbiya topgan. Biroq ustoz ko‘rish – bir masala, maktab yaratib, shogird yetishtirish – mutlaqo boshqa masala. Buning uchun kasbiy bilimning o‘zi yetarli emas. Odamiylik, bag‘rikenglik, sabr va mas’uliyat ham zarur. Hazrat Navoiyning “Hunarni asrabon netgumdir oxir” degan so‘zlari bejiz aytilmagan. Bu fikr – o‘rganganingni kelajak avlodga o‘rgat, degan ulug‘ da’vatdir. Chunki o‘rgatilgan ilm, hunar, ustoz nomi va ijodi shogirdlar orqali bardavom. Yaxshi ustoz ko‘p shogird tarbiyalaydi, yana ham muhimi – yaxshi shogird tarbiyalaydi.

Afsuski, bugun ayrim ustoz maqomidagi insonlar yosh hamkasblariga bilmaganini o‘rgatish o‘rniga, ulardan nuqson izlash bilan ovora. “Bilmaysan, tushunmaysan, qila olmaysan”, degan gaplar esa yoshlarda ishonchni sindiradi. Oqibatda ular “mening qo‘limdan kelmas ekan”, degan xulosaga keladi. Birovning xatosini topish oson. Ammo o‘sha xatodan to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatish haqiqiy ustozlikdir. Ustoz – shogird an’anasining uzluksizligi ham aynan shu yerda namoyon bo‘ladi.

Shu bois, ustozlikning maqomi boshqa barcha maqomlardan baland. Chunki ustoz faqat bilim beruvchi emas, balki yo‘l ko‘rsatuvchi, ishonch uyg‘otuvchi va kelajakni yaratuvchidir.

Bahrom BOYMURODOV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 16-yanvardagi 3-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img104

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331