Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.11.2024 | 15:38

img3930

Kolizey haqida siz bilmagan 7 ma’lumot

Tarixdagi eng katta amfiteatr
Kolizey Flaviolar Amfiteatri nomi bilan ham tanilgan bo‘lib, Italiya poytaxti Rim shahri markazida joylashgan butun dunyoga mashhur diqqatga sazovor maskan hisoblanadi. Milodiy 72-80-yillar oralig‘ida travertin (g‘ovak ohaktosh), tuf (g‘ovak tog‘ jinsi) va g‘isht betondan qurilgan bu inshoot hozirga qadar qurilgan eng ulkan amfiteatr hisoblanadi.

VIP bo‘limlar va chiptaxonalar mavjud edi.
Hozirgi zamon stadionlaridagi kabi, Kolizeyda ham raqamlangan o‘rindiqlar va VIP bo‘limlar mavjud edi. Shimoliy darvozalar imperator uchun, janubiy, g‘arbiy va sharqiy darvozalar esa boshqa yuqori martabali shaxslar uchun ajratilgandi. Chiptalar singan sopol idishlarning bo‘laklaridan tayyorlangan bo‘lib, ularga o‘rindiqlarning raqamlari o‘yib yozilgandi.

Binoda maxfiy yo‘laklar va tuynuklar mavjud bo‘lgan
Bugungi kunda gipogey deb ataladigan yer osti yo‘laklari va o‘tish joylari tarmog‘i ochiq havoda joylashgan, ammo dastlab u arena maydoni ostida yashiringan edi. Bu yerda hayvonlar, qullar va gladiatorlar saqlanib, ular ko‘plab yashirin tuynuklar orqali arenaga hatlab chiqishga tayyor turardi.

Arslonlarga odamni yem qilish afsonasi
Nasroniylarni arslonlar bilan yuzma-yuz qoldirishgan, degan tasavvur keng tarqalgan. Bu fikr birinchi marta 1749-yilda Papa Benedikt XIV tomonidan aytilgan edi. Ammo bu to‘liq haqiqat emas. Nasroniylarni Rimning Katta sirkida qatl qilishgan, lekin ularning Kolizeyda bo‘lganligi haqida hech qanday dalil yo‘q.

Bino ko‘zga ko‘rinarli maskan hisoblanmagan
Bunga ishonish qiyin bo‘lishi mumkin, lekin o‘rta asrlar davomida Kolizey uncha ahamiyatli inshoot bo‘lmagan. Uning ravoqlari ustaxona va omborxonalarga ijaraga berilgan, ichida kichik ibodatxona joylashgan, toshlari esa shahar bo‘ylab boshqa binolarni qurish uchun olib ketilgan.

Inshoot deyarli fabrikaga aylangan edi
XVI-XVII asrlarda cherkov amaldorlari Kolizeydan daromad olishga intilishgan. Papa Sikst V Rimdagi ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida binoni jun fabrikasiga aylantirishni rejalashtirgan, biroq bu bema’ni g‘oya amalga oshmay qolgan.

O‘rmon-changalzorli xarobaga aylangan
Shaharning gavjum ko‘chalaridan chetda qolgan Kolizey xarobalari hayratlanarli xilma-xil o‘simliklarning noyob yashash muhitiga aylangan. Bu o‘simliklar birinchi marta 1643-yilda shifokor Domeniko Panaroli tomonidan ro‘yxatga olingan. So‘nggi hisob-kitoblarga qaraganda, u yerda o‘simliklarning 242 turi mavjud bo‘lgan.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img78

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593