Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.09.2025 | 17:42

img1494

EZOP MASALLARIDAN IQTIBOSLAR

Ushbu kitobdan eramizdan oldingi VI asrda yashab o‘tgan mashhur yunon masalchisi Ezopning ibratli va talim-tarbiyaga yo‘g‘rilgan masallari o‘rin olgan. Unda siz yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qozonishi, yolg’onchilik va tamagirlik, albatta, jazoga tortilishi, maqtanchoqlik hech qanday naf keltirmasligini biror buyum yoki jonzot ishtirokidagi hikoyalardan bilib olasiz.

Do‘stlikka xiyonat qilgan kishi dili og’rigan do’stining qasosidan qutulib qolishi mumkin, ammo Yaratganning qahridan qochib qutula olmagay.

Kichkinalarni mensimaslik yaxshi emas, zero, o‘zini tahqirlagandan o‘ch olmoqchi bolgan jonivorni zaif deb bolmaydi.

Iqtidorli odamlar bilan tenglashmoqchi bo‘lganlar hech nimaga erisha olmaydilar, aksincha, ularning noshudligi boshqalarning kulgisini keltiradi.

Nodon odamlargina mavhum kattakon o‘lja ilinjida qo‘lidagi boylikdan voz kechadi.

Shunday odamlar borki, ular o‘z foydalarini ko‘zlab, har qanday yolg‘on-yashiq gaplarni qasam ichib tasdiqlashdan ham toymaydilar.

Yaxshilar ustidan kulgan yomonlar bir kun kelib, o‘zlarining butun el oldida sharmanda bo‘lganlarini sezmay qoladilar.

Aqli raso odam har bir ishni boshlashdan oldin uning oqibati nima bilan tugashi haqida о‘уlab ko‘rishi kerak.

Odamlar dushmani ta’qibidan qochib qutulish uchun, bilmasdan, ichi qora odamlardan panoh izlaydilar.

Odamlar orasida shunday yolg‘onchilar topiladiki, ular sirlarini fosh qiladigan kishi yo‘q paytida maqtanishadi.

Odamlar orasida ba’zi birovlar borki, jazm qilgan ishlarini uddalay olmasalar, vaziyatni, sharoitni bahona qilib ko‘rsatadilar.

Hayotning o‘zgaruvchan ekanligini unutmasligimiz va basharti biror yutuqqa erishgudek bo‘lsak, endi umrbod saodat bizni tark etmaydi, deb o’zimizni o‘zimiz aldamasligimiz lozim.

Niyati buzuq odam biror yovuz ishga jazm qildimi, xoh qandaydir “olijanob” vajni bahona qilib, xoh ochiqchasiga ish ко‘rib, ko‘zlagan shum niyatini amalga oshirmay qo‘ymaydi.

Kelajakdagi katta foydadan, kichkina bo‘lsa ham, qo‘lga kirib turgan o‘lja afzal.

Tangrini aldab bo‘lmaydi.

Mehnatning mevasi odamlar uchun xazinadir.

Ba’zi odamlar o‘zlari uddalay olmaydigan ishga qo‘l uradilar-da, falokatga uchraydilar.

Bizlar ham Xudodan so‘rayveraylik, ammo o‘zimiz ham harakat qilaylik.

Aksar ziqna odamlar boriga qanoat qilmay, tezroq boyib ketmoqchi bo‘ladilar va oqibatda bor boyliklaridan ham judo bo‘ladilar.

Badbin va badniyat kishilar ko‘pincha katta manfaat ketidan quvib, o‘z illatlarini oshkor qilib qo‘yganlarini sezmay qoladilar.

Har bir inson o‘z valine’matini bilmog’i va mudom unga minnatdorchilik izhor qilib turmog‘i lozim.

Haqiqiy do‘st boshga og‘ir musibat tushganda bilinadi.

Ahillik, totuvlik naqadar mustahkam bo‘lsa, nizo-yu nifoq shu qadar zaifdir.

Soxta qasam, baribir, qabihlik va razolatdir.

Shunday odamlar borki, g‘animining iztirob chekishini ko‘rish uchun o‘zlari ham badtarroq azobga duchor bo‘lishdan qaytmaydilar.

Biror bir ishga bemulohazalik bilan kirishgan kishi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, el orasida sharmanda bo‘ladi.

Ishyoqmas, yalqov bolalarni emas, balki ularni shunday qilib o‘stirgan ota-onalarini koyishimiz kerak.

Manfaatparast, ochko’z odamlar katta boylik ketidan quvib, bor boyliklaridan ham ayrilib qoladilar.

Ko‘p odamlar birovning shohona ziyofatida mehmon bo‘lishdan o‘z uylarida kamtarona kun kechirishni afzal ko‘radilar.

Odamlar biror ishga bemavrid qo‘l ursalar, erishgan o‘ljalaridan ham quruq qoladilar.

Yaxshi odamlar uchun foydali bo‘lgan har qanday amalni yovuz niyatli kishilar manfur ish deb biladilar.

Yovuz kishilar qancha urinishmasin, o‘z nayranglarini dono odamlar nazaridan yashira olmaydilar.

Ba’zi odamlar doimo kelib turgan mo‘tadil daromadga qoniqmay, kattaroq o‘ljaga ko‘z tikadilar va bor boyliklaridan ham mosuvo bo‘ladilar.

Yaqin kishilarining boshiga tushgan baxtsizlik odamlar uchun saboq bo‘lar ekan.

Ba’zida eng qudratli, zabardast odamlar ham taqdir taqozosi bilan eng zaif kishilar yordamiga muhtoj bo‘lishlari mumkin.

Yomon niyatli kishilar, agar oqil odamlarga biror bir yovuzlik qilmoqchi bo‘lsalar, ko‘zlagan barcha makr-u hiylalari, albatta, fosh bo‘lgay.

Ochko’z va yolg‘onchi odamlar firibgarligi uchun bor budidan ham ayrilib qoladilar.

Agar gunoh ishning oldi avval boshdan olinmasa, u bora-bora zo’riqib, falokat domiga tortishi mumkin.

Hukmdorlarni husn emas, iqtidor, qudrat bezamog‘i kerak.

Yovuz niyatli kishilarning iltifoti ham xavfli bo‘ladi.

Agar kishi o‘ladigan bo’lsa, biror ezgu amal qilib o‘lgani ma’qul.

Kim sizga yaxshilik qilsa, o‘sha odamga siz ham yaxshilik qilishingiz lozim. Kimki yovuzlik qilsa, o‘zi ham shunday yovuzlikka duchor bo‘lgay.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600