08.07.2024 | 11:03
291
Fransiyadagi saylovlarda birorta ham blok parlamentda koʻpchilik ovozni qoʻlga kirita olmadi
Ekzit-poll natijalariga koʻra, birinchi turda gʻolib boʻlgan Marin Le Penning “Milliy birdamlik” partiyasi ikkinchi turda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uchinchi oʻrinni band etdi.

Fransiyada saylov uchastkalari yopilganidan keyin hech bir blok parlamentda mutlaq koʻpchilik oʻrinni (289 oʻrin) qoʻlga kirita olmadi.
Birinchi oʻrinni turli hisob-kitoblarga koʻra parlamentdagi 175 dan 205 tagacha oʻrinni egallagan “Yangi xalq fronti” soʻl bloki egallab turibdi. Emmanuel Makron koalitsiyasi ikkinchi oʻrinda (150 dan 175 mandatgacha). Marin Le Penning “Milliy birdamlik” partiyasi shartli ravishda uchinchi oʻrinda (115 dan 150 oʻringacha).
Saylovning ikkinchi bosqichida noodatiy darajada yuqori faollik kuzatildi. Fransiya vaqti bilan soat 11:00 da u 26,63% ni tashkil etdi – bu birinchi bosqichdagi koʻrsatkichdan yuqori. Soat 16:00 ga kelib saylovchilarning ishtiroki 59,71 foizni tashkil etdi, bu 1981-yildan beri eng yuqori koʻrsatkich. 30-iyun kuni boʻlib oʻtgan birinchi bosqichda soat 16:00 da saylovchilarning faolligi pastroq boʻlgan – 59,39%.
Maʼlumotlarga koʻra, kun oxiriga kelib, saylovda qatnashganlar soni 67,1 foizni tashkil etgan – birinchi turda bu koʻrsatkich 66,71 foiz boʻlgandi.
Fransiyada muddatidan oldin parlament saylovlari prezident Makron tomonidan tayinlangandi. Makron Yevroparlament saylovlarida Le Pen partiyasidagi oʻngchilar gʻolib boʻlganidan keyin shunday qaror qabul qilgandi.
Marin Le Pen partiyasi parlamentda koʻpchilikka ega boʻlolmadi, ammo endi amaldagi prezident Emmanuel Makronda ham bunday imkoniyat boʻlmaydi. Makron endilikda qaysidir tomon bilan kelishib ishlashiga toʻgʻri keladi.
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
127
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
113
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
335



