27.11.2026 | 14:06
125
GLOBAL DIPLOMATIYA VA AVLODLARGA XITOB
Ortda qolayotgan hafta mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida bir-birini mantiqan töldiruvçi muhim voqealar bilan tarixga muhrlandi.
Unda hududlarning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatini oşirişga qaratilgan içki islohotlar, Yaqin Şarq mintaqasida yangi strategik hamkorlik köprigining barpo etilişi hamda davlatçilik mas’uliyati va oilaviy qadriyatlarni birlaştirgan, butun millat qalbini larzaga solgan ma’naviy hodisa uyğunlaşdi.

Turizmning yangi nafasi
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Toşkent viloyati Parkent tumaniga taşrifi va u yerda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari bilan tanişuvi zamonaviy Özbekistonda iqtisodiy islohotlar, urbanizatsiya va turizm rivoji aynan qanday tamoyillar asosida amalga oşirilişi lozimligini körsatib bergan jonli master-klass böldi.
Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining Parkentga yangi elektropoyezdda kirib kelişi katta ma’noga ega. Xalqimizda “Yöl azobi – gör azobi” degan hikmatli gap bor. Yillar davomida xuşmanzara tabiati, toza havosi va mehnatkaş odamlari bilan maşhur Parkentning poytaxt bilan transport aloqasi oğir va qimmat edi. 124 milliard sömlik “EP3D” poyezdi yölga qöyilib, yöl haqining 10 ming söm etib belgilanişi (taksidan 2,5 barobar arzon) – tom ma’noda inson manfaatiga qaratilgan ijtimoiy qaror böldi.
Toşkent bilan Parkent orasidagi masofa 1 soat 13 daqiqaga qisqardi. Bu nafaqat kuniga 2 ming yölovçining oğirini yengil qiladi, balki tuman aholisining şaharga qatnab işlaşi, şaharliklarning esa dam oliş kunlarini tabiat qöynida ötkazişi uçun qulay köprikka aylandi.
Parkentga amalga oşirilgan bu taşrif milliy iqtisodiyotni hududiy drayverlar orqali kötariş böyiça Prezident siyosatining yorqin közgusiga aylandi.
Bunyodkorlik sa’y-harakatlari pirovardida oddiy insonlarning daromadini köpaytirişga, ularning öz hayoti va kelajagiga bölgan işonçini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Tarixiy buriliş
23-24-noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniya Hoşimiylar Podşohligiga davlat taşrifi nafaqat ikki tomonlama munosabatlarda, balki butun Markaziy Osiyo va Yaqin Şarq integratsiyasida tarixiy buriliş yasadi.
Podşoh Abdulla II ibn al-Husayn bilan ötkazilgan samarali muzokaralar yakunida davlatlararo munosabatlar rasman “Strategik şeriklik” darajasiga kötarildi. Şu tariqa, Özbekistonning taşqi siyosatdagi işonçli hamkori safi yana bitta nufuzli arab davlati bilan kengaydi. Bundan taşqari, taşrif doirasida savdo, toğ-kon, kimyo, suv xöjaligi, raqamlaştiriş va hududlararo aloqalarni qamrab oluvçi 19 ta muhim hujjat imzolandi. 300 turdagi tovarga bojlarni pasaytiruvçi Imtiyozli savdo bitimi özaro tovar ayirboşlaşni yaqin vaqtda 500 million dollarga yetkaziş uçun mustahkam poydevor böldi.
Millat ertasi va avlodlar baxti uçun
Hafta içidagi eng ta’sirli, har bir özbekistonlikning yuragidan çuqur joy olgan voqea – Prezident Şavkat Mirziyoyevning Iordaniya safari çoğida, samolyot bortida öz nabirasiga yöllagan samimiy maktubi böldi.
Bir qaraşda mehribon boboning jigarbandiga bildirgan oilaviy dil sözlaridek köringan bu bitik aslida jamiyat, millat kelajagi, ilm-ma’rifat va tarbiyaning fundamental qadriyatlari haqidagi çuqur falsafiy muşohadaga aylandi. Savol tuğiladi. Nega bu maktub butun xalqimiz qalbida bu qadar kuçli aks sado berdi? Eng avvalo, yuksak parvoz davomida, oğir geosiyosiy vazifalar va davlat işlari mas’uliyati orasida yozilgan bu sözlar Davlat rahbarining kelajakni farzandlarimiz timsolida köruvçi qalbi uyğoq inson, fidoyi ustoz ekanini yana bir karra namoyon etdi. Maktubdagi boş ğoya – kamolotga faqat ilm-fan, kitob mutolaasi, halol mehnat va ma’rifat bilangina erişiş mumkinligi haqidagi hayotiy falsafadir.
Bugun mamlakatimiz ziyolilari, olimlar va keng jamoatçilik Yangi Özbekiston taraqqiyotining yangi bosqiçida “Milliy yuksalişni nimadan boşlaşimiz kerak, boş mezon nima bölişi lozim?” degan savol ustida qizğin bahs-munozaralar olib bormoqda. Ayni şunday muhim pallada Millat yetakçisining samimiy maktubi butun bir millatga, avlodlarga strategik dasturilamal va ma’naviy manifest sifatida jarangladi.
Maktubning eng ta’sirli jihati uning samimiyatida. Bolalikka xos soğinç bilan berilgan “bobojon, qaçon kelasiz, nega köp safar qilasiz?” degan beğubor savolga Davlat rahbari siyosiy diplomatiyaning eng oliy maqsadini sodda va hayotiy tilda tuşuntirib beradi. Safarlar – xalq farovonligi, yurt tinçligi va yoşlarning ertangi yoruğ kelajagi uçun yangi imkoniyatlar yaratiş yölidagi tinimsiz maşaqqatli mehnatdir. Zero, har bir qöşimça sarmoya va eksport yangi iş örinlari, yuqori maoş va xonadonlar tökinligi demakdir. Maktubning ğoyaviy özagida turgan “El dardiga darmon böl, el koriga yara!” degan da’vat iqtisodiy siyosatning insonparvar mohiyatini oçib beradi.
Prezidentimizning paxta dalalarida keçgan bolalik yillari haqidagi xotiralari mamlakatimiz hayotida yuz bergan muhim ijtimoiy özgarişlarni anglaşga undaydi. Bir paytlar bolalikning betakror, tansiq pallalari qor-qirovli dalalarda ötgan bölsa, bugun bolajon siyosat tufayli ta’lim oliş, iste’dodni namoyon qiliş va zamonaviy bilimlarni egallaş uçun mukammal şaroit yaratiş islohotimizning ustuvor yönalişiga aylangan.
Maktubda Imom Buxoriyning hadis saralaşdagi verifikatsiya uslubi, Beruniyning yer radiusini hisoblaşdagi empirik aniqligi, Uluğbekning falakiyotdagi matematik modellari va Ibn Sinoning tajribaviy tibbiyoti yodga olingani ulkan ramziy ma’noga ega. Bugungi Big Data (katta ma’lumotlar) va sun’iy intellekt asrida ajdodlar merosiga bunday nazar taşlaş yoşlarga muhim saboq beradi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar insonning vaqti va diqqatini öğirlayotgan davrda faqat mustaqil va tanqidiy tafakkurga ega bölgan yoşlargina ğalaba qozonadi. Sun’iy intellekt insonning mehnatini yengillaştirişi mumkin, ammo u inson qalbi, ijodiy iqtidori va axloqiy mas’uliyati örnini bosa olmaydi.
Boboning öz nabirasiga til örganiş, kitob öqiş va mustaqil fikrlaş haqidagi ögitlari raqamli asrda milliy ma’naviyatni saqlab qolişning boş immunitetidir. Maktubning kulminatsion nuqtasi – “Bobojon, sizga nima yetmaydi?” degan savolga berilgan “Vaqt yetmaydi, vaqt!” degan javobdir. Prezidentning öz bedor tunlarini eslaşi yoşlarni har bir soniyaning qadriga yetişga undaydi.
Bugun milliy özlik masalasi dolzarb mavzuga aylangan bir paytda ilmli böliş, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiliş, vaqtning qadriga yetiş haqida kuyunçaklik bilan bitilgan uşbu maktub kelajak avlodlarga ham Özbekiston rahbarining armonlari, orzulari, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş yölidagi zahmatli mehnati aks etgan qalb daftaridagi eng gözal bitik bölib qoladi.
Maktub söngidagi muborak duo har birimizning ezgu niyatimizdir.
Farzandlarimiz kamoli – millat kamoli, ularning saodati esa Yangi Özbekistonning porloq istiqbolidir!
Iqbol MIRZO
“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-noyabrdagi 48-sonida
TARIX PARÇALARI
“1865-yilda Toşkentni bosib olgan çor qöşini janubga köz tikdi, 1867-yilda yonginadagi Xovosni egallab, Samarqandga qarab siljidi. Mamlakat bosqinçi oyoği ostida qoldi… Normuhammad hoji qattiq taşvişga tuşdi”… Bundan söng ötgan asrning 30-yillarini tasavvur qiling. Andijonlik Egamnazarboy “quloq” qilinib, Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun bölyapti. Şu yerda qiziq hodisa röy beradi. Akasi Beknazar söfining öğli Rahmatqul: “Egamnazarboy amakim […]
26.11.2026 | 09:21
333
SAN’AT VA SUN’IY ONG UÇRAŞUVI
Joriy haftada poytaxtimizdagi “Akademiya” galereyasida Özbekiston xalq rassomi, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi, Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Javlon Umarbekovning “Absurdlar” nomli körgazmasi bölib ötdi. San’at arbobi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan asarlar muallifning zamonaviy dunyoga munosabati va inson tafakkuridagi evrilişlar xususidagi muşohadalarini aks ettirgani bilan e’tiborlidir. AKSDAGI ASL KIM? Bugun inson hayotiga kirib […]
25.11.2026 | 16:02
363
ANRI BORIS KAGAN – ASRIY JUMBOQNI YEÇGAN NOBELÇI
HAYOTI 1930-yil 15-dekabrda Fransiyaning Bulon-Biyankur şahrida tavallud topgan. Milliy kimyo oliy maktabi va Sorbonna universitetini bitirgan. 1954-yildan 1962-yilgaça Milliy ilmiy tadqiqotlar markazida (CNRS) işlagan. 1960-yilda doktorlik darajasini oldi. Bir neça yil Alen Oro qöl ostida ilmiy xodim bölib işladi va Fransiya kollejida laboratoriya direktorining örinbosari böldi. 1967-yilda Orse şahridagi Parij-Sud universitetining Fanlar fakultetida tadqiqot guruhini […]
25.11.2026 | 09:24
362



