13.04.2024 | 15:49
439
GULLAGAN KAKTUS

Bir ayolning xonadonida ko‘p yillik kaktus ilk bor gulladi. “Ajabo, – deb o‘yladi ayol ko‘kish gulchalarga tikilib, – jahldor ayolning kaktusi gullamaydi, deyishardi…”
Kaktusi haqida o‘ylagancha tiqilinch metroda ketar ekan, u bir erkakning oyog‘ini behos bosib oldi va tanbehga javoban doimgidek: “Shunchalar ta’bi nozik ekansiz, marhamat qilib taksida yuring!”, – deb o‘shqirmadi. Aksincha, muloyimlik bilan, “kechirasiz, atay qilmadim, xohlasangiz, siz ham oyog‘imni bosing, bir-u bir bo‘ladi”, dedi. Jiddiy qiyofali erkak indamay qo‘ya qoldi. Birozdan so‘ng o‘z bekatida tushdi-da, gazeta xarid qildi. Qaytimni hisoblashda adashib ketgan sotuvchini koyimoqchi bo‘ldiy-u, o‘zini qo‘lga olib:
– Hechqisi yo‘q, o‘zim ham hisob-kitob ishlarida puxta emasman, xijolat chekmang, – dedi. Xijolatpazlikdan omon chiqqan sotuvchi qiz esa har kuni nochorlikdan bittagina arzon gazeta sotib oladigan qariyaga yaxshilik qilgisi keldi – unga ikkita jurnal va bir to‘p eskiroq gazetalarni bepul berib yubordi. Qariya nihoyatda xursand bo‘lib ketganidan uyi oldida uchrab qolgan tepa qavatdagi qo‘shnisiga har galgiday: “Bolangiz filday gursillab yurib tinchimni buzyapti”, deb koyinmadi. Jilmaygancha: – Qizchangiz katta bo‘lib qolibdi-ku, sizga o‘xshaydimi, dadasigami – bilmadim-u, lekin ulg‘aysa, judayam go‘zal bo‘lishi aniq, – deya lutf qildi. Qo‘shni ayol ishxonasiga keldi-da, qabuliga bir kun kechikib kelgan kampirni urishmadi. Buning o‘rniga: – Mayli, xijolat bo‘lmang. Men ham ba’zida rejalashtirgan ishlarimni unutib qo‘yaman. Bir daqiqa kutib turing, albatta, qabul qilaman, – dedi. Kampir shifokorga odatdagiday, menga arzon va tez ta’sir qiladigan dori yozmasangiz ustingizdan arz qilaman, deb janjal ko‘tarmadi. – Keksalikning davosi yo‘qligini bilaman, shunday bo‘lsa-da, yordamingizga muhtojman, – dedi mayin ohangda. Kampir uyiga qaytar ekan, birdan boshqa ko‘chaga burildi. U yo‘l bo‘yi o‘ziga-o‘zi gapirib ketdi: “Tavba, ulug‘ ayyom kunlarida o‘zimning bolamdan ham xafa bo‘lamanmi? Tili zahar bo‘lsa ham o‘zim tuqqanman, ming qilsa ham jigarbandim-ku, axir!” Manzilga kelgach, uchinchi qavatga ko‘tarilib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosdi:
– Tinchmisan, qizim?
– Voy, onajonim! Kechiring meni, – dedi yuzida tabassum bilan eshikni ochgan qizi, – menda ajoyib xushxabar bor. Tongda qarasam, kaktusim gullabdi. Qarang, qanday chiroyli…
Azamat BAXTIYOR
“Jadid” gazetasining 2024-yil 15 -martdagi 12-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596

