Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


08.10.2025 | 16:17

img583

HAMISHA XALQIMIZ QALBIDA

2024-yildan e’tiboran har yili oktyabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgilangan. Bu yil ushbu xayrli tadbir Xotira va tarbiya haftaligi sifatida o‘tkazilmoqda. Bu muhim sananing aynan mana shu vaqtda o‘tkazilishi sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz boshiga tushgan mudhish tarixiy voqealar bilan bog‘liq.

1938-yil 4–15-oktyabr kunlari SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining sayyor sessiyasi Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Ularda o‘zbekistonlik 507 nafar shaxs taqdiri hal etilgan. Sayyor sessiya raisi, harbiy yurist Alekseyev O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari, davlat xavfsizligi mayori Derenik Apresyanga 4-oktyabr kuni rasmiy talabnoma yo‘llab, 52 nafar mahbus otuvga hukm etilganini bildirgan va hukm ijrosini zudlik bilan ta’minlashni talab qilgan. Apresyan bu talabnoma ijrosini davlat xavfsizligi katta leytenanti Shishkin zimmasiga yuklash haqida rezolyutsiya qo‘ygan. Hukm o‘sha kuniyoq ijro etilib, bu haqda dalolatnoma tuzilgan. Hujjat Shishkin hamda ishchi-dehqon qizil armiyasi bosh harbiy prokurori yordamchisi, 1-rang harbiy yuristi Shulsan tomonidan imzolangan (Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati markaziy arxivi, 7-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish, 531-539-varaqlar).

Talabnomada ismi-sharifi keltirilgan yurtdoshlarimiz quyidagilar: Tojiyev Hamdam, Usmonov Mo‘min, Sorokin Qosim, Boltaboyev Sodiqjon, Yaqubov Gʻulom, Ermatov Muhiddin, Islomov Rustam, Rizayev Xanif, Said Abbosxon, Rasulov Ali, Toshmuhammedov Abdulla, Boltayev Karim, Radjabov Sharif, Abdullayev Karim, Mirzajonov Sobir, Qosimov Gʻofur, Ikromov Karim, Alixo‘jayev Shomansur, Rahimboyev Fayzulla, Shoabdurasulov Nazir, O‘lmasboyev Nuriddin, Hasanov Muhammad, Aliyev Islom, Tursunxo‘jayev Muhiddin, Qirg‘izov Turg‘unpo‘lat, Eshonxo‘jayev Usmonxon, Xodiyev Gʻulom, Zokirov Boqijon, Mo‘minov Muhammad, Islomov Akbar, Xo‘jayev Mirhamid, Karimov Gʻaffor, Hakimov Mullaxo‘ja, Rahimiy Vois, Oxunov Xolmuhammad, Abdullayev Xayrulla, Ataullayev Xayrulla, Abdusattarov Sodiq, Sattorov Xoshim, Inag‘omjonov Ilhomjon, Mahmudxo‘jayev Nuriddin, Tursunxo‘jayev Sa’dulla, Sharipov Kamol, Aydarov Ahmadbek, Xismetov Hikmatulla, Devonov Yoqub, Beregin Qurbon, Obubakirov Karim, Faysayzi Xodi, Ahmadbekov Davronbek, Odili Muhammad, Ahmedov Akbar (Abdulla Qodiriy va uning safdoshlari ham shu kuni qatl etilib, hukmnomasi ertasiga – 5-oktyabrda rasmiylashtirilgan).

Ayni 4–15-oktyabr kunlari harbiy kollegiya yig‘ilishlarida qatag‘onning 2-toifasi bo‘yicha 70 mahbus 10–15 yil muddat bilan qamoq jazosiga hukm etilgan. 15 nafar siyosiy mahbusning ishi qayta tergovga qoldirilgan. Yana bir achinarli jihati, tergov jarayonida 7 nafar mahbus vafot etgan. Bular: Is’hoqov Gʻani, Majidov Sayfulg‘abid, Mamasodiqov Karimohun, Seyfulmulyukov Ahmad, Haydaraliyev Munobar, Hamidxonov Gʻanixon, Yurchenko Vladimor. Harbiy kollegiya sayyor yig‘ilishida 1-toifa bo‘yicha ayblanganlar – Karimov Abdulla, Ramziy Mannon, Tojiyev Abdulhay, Sexer Aron, Shermuhammedov Mirmuslimning ishi Moskvada ko‘rilgan.

Qatag‘on qurboni bo‘lgan 37 nafar yurtdoshimizning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari” kitobida hamda “Vodiynoma” jurnali va “Jadid” gazetasida e’lon qilingan.

Prezidentimiz Xotira va tarbiya haftaligining ahamiyatiga urg‘u berib: “Bu haftalikda xalqimizga nimalarni yetkazamiz, yoshlarimizga nimani o‘rgatamiz? Tarixchi olimlar, yozuvchi-shoirlar bilan birga buni chuqurroq o‘ylab, xalqchil, ommabop qilib yo‘lga qo‘yish kerak. Maktab va universitetlarda qo‘shimcha darslar, telekanallarda maxsus ko‘rsatuvlar berish, yoshlar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish mumkin. Mustaqillik qanday buyuk ne’mat ekanini, qanday kuchli ajdodlarimiz borligini elning qon-qoniga singdirish kerak. Agar yoshlarimiz ruhan kuchli bo‘lsa, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadi, fanlarniyam yaxshi o‘rganadi, yetuk shaxslar bo‘lib yetishadi”, deya ta’kidlagan edi.

Darhaqiqat, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Jadid” gazetasining ilk sonidan buyon “Moziyga qarab…” sahifasi tashkil etilgan. Unda millat fidoyilari haqida yangi va sermazmun maqolalar, qatag‘on qurbonlarining ro‘yxati berib boriladi.

Maxsus haftalik biz – olimlarga ham yangi-yangi izlanishlar olib borish va qo‘lga kiritgan ma’lumotlarni keng ommaga taqdim etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Rustambek SHAMSUTDINOV,
tarix fanlari doktori, professor

“Jadid” gazetasining 2025-yil 3-oktyabrdagi 40-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599