Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.01.2025 | 12:00

img493

HARBIYLAR NEGA JADIDLARNI O‘RGANADI?

Insonda Vatanga muhabbat, sadoqat, millatparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularining shakllanishi va mustahkamlanishida tarixiy saboqlarning ham o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir shaxs moziydan bir saboq oladi. Bu borada jadidlar ma’naviy merosining o‘rni beqiyos. Millat oydinlarining nainki asarlari, balki hayot maktabi ham kishini e’tiborsiz qoldirmaydi. Albatta, ruhiy ozuqa, ma’nan tarbiya beradi.

Kuch tuzilmalari oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida “Jadidlar – millat fidoyilari” ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi zamirida ham mana shunday ezgu g‘oyalar aks etgan. Jadidlar tarixi bilimdonlari bellashuvida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Qurolli Kuchlar akademiyasining “Ma’rifat” jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi. Biz bugun bilimlar bellashuvida faol ishtirok etgan, akademiyaning Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar taktik qo‘mondonligi 4-bosqich kursanti Nodirbek Boboxolovni suhbatga chorladik. Nodirbek jamoaning raqib bilan natijalari teng kelgan onda hay’at a’zolari tomonidan tashkil qilingan qo‘shimcha blits savol-javobda bir daqiqa ichida 10 ta savolning barchasiga to‘g‘ri javob berib, kuzatuvchilar olqishiga sazovor bo‘lgan va jamoaga hal qiluvchi ballni taqdim qilishga erishgan.

– Bo‘lajak ofitser sifatida sizning tasavvuringizda jadidlar kim va millat oydinlari hayot bo‘lganida XXI asr jadidlari qanday bo‘lar edi?

– Abdulla Avloniyda shunday fikrlar o‘qigan edim: “Har kim tug‘ilgan, o‘sgan yerini jonidan ortiq sevadi. Biz turkistonliklar o‘z Vatanimizni sevganimiz kabi, arablar Arabistonlarini – qumlik, issiq cho‘llarini, eskimoslar shimol taraflarini – eng sovuq, qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda sevadilar. Agar sevmasalar edi, havosi yaxshi, tirikchilik oson yerlarga o‘z Vatanlarini tashlab, ko‘chib ketar edilar”. Xuddi shunday, harbiy xizmatchilar ham Vatanning issiq yoki sovuq hududi demay, har qanday joyda xizmat qilishga shay bo‘ladilar. Shu ma’noda harbiy xizmatchi sifatida jadidlarni ham xuddi biz kabi Vatan himoyachisi deb atasak mubolag‘a bo‘lmaydi. Umuman, jadidlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida millat ma’rifatini uyg‘otishni maqsad qilgan xalq ziyolilari edi. Ular ta’lim, madaniyat va zamonaviy ilm-fan orqali millatni taraqqiy ettirishni ko‘zlagan. Fikrimcha, XXI asr jadidlari, ehtimol, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va globallashuv muhitida millat o‘zligini saqlashga intilib, axborot sohasida yetakchilik qiluvchi mutafakkirlar bo‘lgan bo‘lar edi.

– Jadidlarni millat oydinlari deymiz. Ularning qaysi xislatlari harbiy xizmatchilarda ham bo‘lishi kerak, deb hisoblaysiz?

– Eng avvalo, ma’rifatparvarlik xislatini aytgan bo‘lardim. Harbiy xizmatchilar nafaqat jangovar, balki ilmiy va madaniy saviyasini oshirishga ham intilishi lozim. Bundan tashqari, vatanparvarlik tuyg‘usi. Ehtimol, bu so‘z biroz balandparvoz gapdek tuyular. Lekin vatanparvarlik – katta jasorat talab qiladigan tuyg‘u. Bilasiz, jadidlar otilgan va yo surgun qilingan… Ya’ni yurti, xalqi uchun, kerak bo‘lsa, umrini, jonini fido qilgan. Shu sabab jadidlar kabi harbiy xizmatchilar ham Vatan uchun xizmatni umrining mazmuni sifatida ko‘rishi kerak. Shu bilan birga, millat oydinlarining jasorat va yangilikka ochiqlik kabi xislatlari ham har bir ofitserda bo‘lishi lozim. Jadidlar o‘z davri uchun yangiliklarni tatbiq qilganidek, harbiy xizmatchilar ham yangi strategiyalar va texnologiyalarga tayyor bo‘lishi zarur. Tartib va mas’uliyat. Bu qadriyatlar ham jadidlar va harbiy xizmatchilar uchun birday muhim ahamiyatga ega.

– Jadidlardan qaysi biri sizni ko‘proq ta’sirlantirgan?

– Meni eng ko‘p ta’sirlantirgan shaxs bu – Abdulla Avloniy. Uning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridagi insoniy fazilatlar va axloqiy mas’uliyat haqidagi qarashlari meni chuqur o‘yga toldirgan. Bilasiz, axloqiy mas’uliyat bugun ham dolzarb. Umuman, bu hech qachon dolzarbligini yo‘qotmaydigan masala. Qolaversa, Avloniy asarda ta’limning millat kelajagi uchun nechog‘li ahamiyatli ekanini dadil ifodalaganki, bu o‘gitlar bugungi kun harbiylari uchun ham muhim deb hisoblayman. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning hayot yo‘li ham meni ko‘p mutaassir etgan. Chunki u qanchalik qiyin vaziyatga tushmasin, qanchalar og‘ir ahvolda qolmasin, o‘zining to‘g‘ri so‘zligidan qaytmagan, omon qolish uchun yolg‘onlarga qayishmagan, doim o‘z pozitsiyasida turgan. O‘zining qarashlarini, qadriyatlarini hech qachon o‘zgartirmagan. Abdulla Qodiriydagi ana shu qat’iyat meni juda ta’sirlantirgan.

– “Jadidlar – millat fidoyilari” ko‘rik-tanlovida jamoangiz bilan oliy harbiy ta’lim muassasalari ichida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdingiz. Tanlovga tayyorgarlik jarayoni, g‘alabadan keyingi taassurotlar qanday bo‘ldi? Qaysi jihatlar jamoangiz g‘alabasiga sabab bo‘ldi, deb o‘ylaysiz?

– Ushbu tanlov men uchun ham, jamoaning boshqa a’zolari uchun ham juda foydali bo‘ldi. Chunki bilimlarimizni yanada boyitdik, o‘rganganlarimizni boshqa o‘rtoqlarimizga ham ulashdik. Tanlovga tayyorgarlik davomida biz tarixiy manbalarni chuqur o‘rganib, jamoaviy ishlashga e’tibor qaratdik. Asosiy ustunligimiz tarixiy voqealarni zamonaviy vositalar asosida ifodalay olganimizda, sahna ko‘rinishlari va multimedia taqdimotlari, bundan tashqari, jamoadoshlarning har biri o‘ziga berilgan vazifani mukammal bajarganligida, deb hisoblayman. Ya’ni, har bir kursant o‘zini jamoaning muhim a’zosi ekanligini his etgan holda harakat qildi. Biz raqiblarimizga qaraganda ko‘proq ilmiy manbalarga tayandik. Gʻalabadan keyin mas’uliyat hissi yanada oshdi va bu muvaffaqiyat boshqa tanlovlarda ham qatnashishga, ko‘proq kitob o‘qib, bilimlarimizni doimiy boyitib borishga ruhlantirdi.

– Siz ko‘rik-tanlovning so‘nggi daqiqalarida jamoangizga hal qiluvchi ballni taqdim qilishga erishdingiz. Tezkor savol-javobdagi ishtirokingiz hammani lol qoldirdi. Milliy tarixga qiziquvchi safdoshlaringizga qanday ilmiy va badiiy adabiyotlarni tavsiya qilasiz?

– Bu g‘alabada barcha jamoadoshlarning hissasi bor. Qolaversa, bu ilmiy jihatdan bilimlarimizni boyitgan fidoyi ustozlarimiz, shuningdek, sahna ko‘rinishlarimizning muvaffaqiyatli chiqishiga ko‘mak bergan akademiya rejissyori Umida Abdullayevaning ham yutug‘i deb bilaman. Adabiyotlarga kelsak, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” va Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarlari har bir yosh o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblardir. Bundan tashqari, safdosh do‘stlarimga Abdurauf Fitratning “O‘zbek tilining soddalashtirilgan grammatikasi asari”, bir nechta mualliflar yaratgan “Jadidlar harakati tarixi” kabi ilmiy kitoblarni ham o‘rganishni tavsiya qilaman. Chunki bu asarlar nafaqat tarixiy bilim beradi, balki milliy ruhni kuchaytiradi va moziydan saboq olishga yordam beradi.

– Bilimga chanqoqlik, intiluvchanlik, g‘ayrat-shijoat sizni va jamoadoshlaringizni tark etmasin. Suhbat uchun tashakkur.

Harbiy jurnalist Yulduz O‘RMONOVA suhbatlashdi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596