Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 14:25

img232

HOKIM QACHON TEATRGA TUSHADI?

O‘tgan yili 22-dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlatimiz rahbari hal qilinishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar qatorida O‘zbekistonda teatr san’atini rivojlantirish masalasiga ham to‘xtalib, jumladan, shunday degan edi: “Oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilib, hamma xodimlarning teatrga borishini yo‘lga qo‘ysak, o‘ylaymanki, har tomonlama foydali bo‘ladi”. Nihoyatda o‘rinli va dolzarb bo‘lgan bu masalaga hokimliklar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, maktablar, ishlab chiqarish korxonalari rahbarlarining munosabati qanday bo‘ldi?

 Ana shu savolga javob izlab, poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi musiqali teatr, Yosh tomoshabinlar teatri, Katta akademik teatri, O‘zbekis­ton drama teatri, Musiqali komediya (operetta) teatri, rus drama teatri, Satira teatri mutasaddilariga murojaat qildik. Ma’lum bo‘lishicha, aksariyat teatrlar bir qator vazirlik, idoralar, turli tashkilotlar bilan spektakllarga tomoshabinni jalb etish bo‘yicha shartnomalar tuzishgan. Bu borada Milliy akademik teatr, Rus drama teatri, Katta akademik teatr va Yosh tomoshabinlar teatrlari yetakchilik qilishyapti. Boshqa teatrlarda ham harakat bor. Muhimi, shartnoma tu­zishda tashkilotlarning o‘zlari tashabbus ko‘rsatishyapti.

Teatrlarga tashrif buyuruvchilar orasi­da yoshlarning ko‘payayotgani quvonarli hol. Bunda, shubhasiz, yuqorida nomlari keltirilgan teatrlar rahbariyati va ijodiy xodimlarining repertuar tanlash, ijodiy jamoaning esa professional ijro mahorati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, poytaxtimiz teatrlarida namoyish etilayotgan “Mirzo Ulug‘bek”, “Jaloliddin Manguberdi”, “O‘zgalar dardi”, “Sab’ai sayyor”, “Yer baribir aylanaveradi”, “Jinlar bazmi”, “Ishlaganday bo‘laylik”, “Romeo va Julyetta” dramalari, “Alisher Navoiy”, “Kumush”, “Faust” operalari, “Layli va Majnun”, “Usmon Nosir” kabi musiqali dramalar tomoshabinlarda katta taassurot qoldiryapti.

Xullas, bir qaraganda, bugun teatrlarda ishlar yomon emas. Muhimi, tomoshabin teatrlarga qaytayapti.

Shu o‘rinda yana bir gap. Biz teatr mutasaddilariga “Shartnoma tuzgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning rahbarlari ham spektaklga shaxsan tashrif buyurayaptilarmi?”, degan savol bilan murojaat qildik. Afsuski, javoblar qoniqarli bo‘lmadi. Toshkent shahrida joy­lashgan barcha teatrlarga vazirlar va tashkilot rahbarlarining xodimlari, ba’zan o‘rinbosarlari kelishgan. Faqat Milliy teatrning ayrim spektakllariga Shay­xon­tohur, Yakkasaroy tumanlari hokim­­lari, Katta akademik teatrga Transport vazirligi vaziri hamda o‘rinbosarlari kelgan. Satira teatri Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijodiy safarda bo‘lganida Qoraqalpog‘iston Respublikasi vaziri o‘rinbosari hamda Nukus shahar hokimi spektakl tomoshasida hozir bo‘lishgan. Xo‘sh, viloyatlarda bu jarayon qanday kechayapti?

Odatda, oilada ota-ona farzandlari­ga o‘rnak bo‘lishi kerak, deb uqtirib kela­miz. Rahbarlar ham o‘z tashkilotining ota-onasi emasmi? Shunday bo‘lgach, avvalo, ularning o‘zlari teatr, konsert tomoshalari­ga borishlari lozim. Ular ham O‘zbekistonning bugungi teatr hayoti, umuman, madaniy qiyofasi haqida aniq tushunchalarga ega bo‘lishlari, bu­ning uchun esa tomosha maskanlariga borishda o‘rnak ko‘rsatishlari muhim ahamiyat­ga ega, deb o‘ylaymiz.

Vaholanki, yig‘ilish bo‘lib o‘tganiga ham ikki oydan oshdi. Vaqt esa kutib turmaydi. Har bir kunimiz, soatimiz, hatto daqiqamiz g‘animat. Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi bilan bog‘liq vazifaning o‘z vaqtida bajarilishi kelajagimiz sari tashlangan yana bir xayrli qadam ekani kunday ravshan. Gap faqat harakatga tushishda. Nahotki, hokimlar, rahbarlar xodimlarni teatrlarga tushish kuni belgilanishini kutib o‘tirishlari ke­rak bo‘lsa? Qachon shaxsiy tashabbus ko‘rsatishga o‘rganamiz?!

Gulchehra UMAROVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 8-mart 11-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img92

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img604

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img602