Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.05.2026 | 09:24

img2660

HOZIRGI YOSHLAR

Har bir insonda yashirin iste’dod, tug‘ma qobiliyat mavjud. Maktab va maktabgacha ta’lim boladagi ayni shu xususiyatlarni to‘lig‘icha kashf etishi kerak. Buning uchun ta’lim tizimi o‘quvchi yoshlar qiziqishlaridagi xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlamog‘i zarur. An’anaviy ta’limdagi bir xillik ma’lum ma’noda buni cheklaydi. Chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari iste’dod sohiblarini erta tanish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beradi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi so‘lim vodiyning yosh adabiyotsevarlari uchun ilhom va imkoniyat maskaniga aylangani bilan ajralib turadi. Maktab xorijiy tillarni, ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat sifatida ishga tushirilganiga yetti yil to‘ldi.

Mazkur maktabga xalqimizning suyukli shoiri Erkin Vohidov nomi berilishi bejiz emas. Bu yerda o‘qiyotgan o‘quvchi yoshlar zimmasiga adabiyotni chuqur o‘rganish bilan birga erkin fikrlash va badiiy tafakkurni yuksak darajada rivojlantirish, qolaversa, ulug‘ shoir izdoshi bo‘lish mas’uliyati ham yuklangan.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘zaro sog‘lom raqobat shakllangan bo‘lib, sifat va natijadorlik asosiy mezonga aylandi. Ayni jarayonda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘zining o‘sish sur’atlari va aniq natijalari bilan e’tiborga tushmoqda. Jumladan, o‘quvchilar soni va bitiruvchilar dinamikasini solishtiradigan bo‘lsak, 2020–2026-yillar kesimida maktabda bilim olayotgan o‘quvchilar soni 144 nafardan 252 nafarga oshgani ham aholi orasida ushbu maktabga ishonch va talabning ortayotganini ko‘rsatadi. Maktab tashkil etilgan yili 22 nafar bitiruvchi oliy o‘quv yurtlariga yo‘naltirilgan bo‘lsa, bugunga kelib bitiruvchilar soni 35 nafarni tashkil etmoqda.

Maktabda 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra, 180 nafar o‘quvchi turli xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich maktabni tizimdagi yetakchi ijod maktablari qatoriga olib chiqdi. Bunday yuqori natijada ta’lim dargohining 63 nafar pedagoglar jamoasining munosib xizmati bor. Adabiyotga shaydo yoshlar jahon andozalariga mos sharoitda tajribali va ijodkor ustozlar qo‘lida ta’lim-tarbiya olmoqda.

Maktabda 11 ta o‘quv xonasi, 230 o‘rinli oshxona, 24 o‘rinli informatika xonasi va 240 o‘rinli yotoqxona hamda 4000 dan ortiq badiiy, ilmiy kitoblar jamlangan kutubxona mavjud. O‘quvchilar uchun “Tasviriy va raqamli san’at”, “Kompyuter grafikasi”, “Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash”, “Veb-dizayn”, “Teleradiojurnalistika”, “Drama” kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, ularga viloyatning ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari jalb etilgan. O‘quvchilar o‘qish, o‘rganish qatorida ijodiy qobiliyatlarini ham sinab ko‘rmoqdalar. O‘quv maskanida joriy fanlar bilan bir qatorda arab tili, notiqlik san’ati va nutq madaniyati bo‘yicha ham alohida darslar belgilangan.

– O‘quvchilar qobiliyatini o‘stirish maqsadida “O‘zbegim” radiosi, shu nomda oynoma va ko‘rsatuv hamda Matbuot xizmati bo‘limini tashkil etganmiz, – deydi ijod maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Muhammadsiddiq Alijonov. – Matbuot xizmati bo‘limi yosh qalamkashlarning ijod namunalarini keng ommaga olib chiqyapti. Shuningdek, ijodkorning kamol topishida adabiy muhitning o‘rni juda muhim ekanligini hisobga olib, har oyda bir marta taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi. Bu boradagi ishlar o‘z samarasini berib, o‘quvchilarimiz mahalliy va xalqaro tanlovlarda muhim yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Ular xalqaro nashrlarda ham o‘z ilmiy va badiiy ishlari bilan ishtirok etishyapti. Viloyat televideniyesi bilan hamkorlikda turkum ko‘rsatuvlar tayyorlayotgan bo‘lajak telejurnalistlarimiz ham bor.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan nashr qilingan “Ijod bog‘idan guldasta” nomli yillik to‘plamda maktabning 40 nafar o‘quvchisi ijod namunalari bilan qatnashdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim” loyihasida yosh qalamkashlar Gulnora Hoshimjonova, Muxlisa Haydarovaning ilk to‘plamlari nashr etildi. Maktabning yana bir iste’dodli o‘quvchisi Dilobar Abdufattohova respublikamizdagi barcha ijod maktablari o‘rtasida o‘tkazilgan “Duel” she’riyat tanlovida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari Ibodatxon Nosirjonova, Shahlo Safarova, Mirjalol Safarov, Dilobarxon Abdufattohova, Fazliddin G‘ulomjonov Zomin an’anaviy yosh ijodkorlar seminarida ishtirok etgan. Bular – adabiyot yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlar.

Fanlar bo‘yicha yutuqlar ham bisyor. Maktab o‘z bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha 10 mingdan oshiq maktab va litseylar orasida 175.03 ball bilan respublikada uchinchi, viloyat miqyosida birinchi o‘rinni egalladi. 34 nafar bitiruvchining barchasi milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani, bir guruh o‘quvchilar muddatidan avval talabalik rutbasini olgani ustozlar jamoasini cheksiz quvontirdi.

– Har chorakda ichki monitoring o‘tkazamiz, – deydi Muhammadsiddiq Alijonov. – Monitoring ijodiy va ilmiy imtihonni o‘z ichiga qamrab oladi. O‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar maktabdan chetlatiladi. O‘quvchilar bepul yotoqxona bilan ta’minlangan. Besh mahal ovqat beriladi, albatta, davlat hisobidan. Bitiruvchilar pedagogika yo‘nalishida istalgan oliy ta’lim muassasasiga shartnoma asosida qabul qilinish imkoniyatiga ega. Viloyatdagi asosiy adabiyot kunlari, ijodiy olimpiadalar, turli tanlovlar ham maktabimizda bo‘lib o‘tadi.

Ha, bugun ta’lim tizimiga e’tibor katta. Tizim davlat va jamiyat talabidan kelib chiqqan holda, jadal o‘zgarishlar bosqichida, deb aytish mumkin. Mavjud ijod maktablari tafakkuri keng shaxslarni yetkazib berish, iste’dodli o‘g‘il-qizlarni dunyo miqyosidagi yetuk ijodkorlarga aylantirish hamda yosh avlodning milliy va ma’naviy tarbiyasini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Jahon tajribasida ijod maktablari yo‘q emas. Ammo ular asosan san’at, musiqa va kreativ qarashlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan. Mamlakatimiz ijod maktablarining bosh vazifasi esa millat qadriyatlari, tarixi, tili va ma’naviyatini o‘quvchilar ongiga singdirishdan iborat. Shu bois, ularda o‘zbek tili chuqur o‘rganiladi, milliy qahramonlar va ulug‘ allomalar ma’naviy merosi targ‘ib qilinadi, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash shakllantiriladi. Xususan, so‘lim Farg‘onada tashkil etilgan va xalqning Qahramon shoiri nomi bilan atalgan ijod maktabi barmoqlari tutgan qalam bilan kelajakni yozadigan avlodni kamolga yetkazayotgan iste’dod ustaxonasidir.

Bugun ushbu ijod maktabida ijod ham, hayot ham qaynamoqda. Ta’lim tarbiya bilan uyg‘un. Muhimi, maktab o‘z o‘quvchilari qo‘liga yorug‘ manzillarga yo‘llanma tutqaza oladi. Muvaffaqiyatlarni esa kelajak, albatta, ko‘rsatadi.

Muhayyo RUSTAMOVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 1-maydagi 18-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324