Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.02.2026 | 15:27

img1382

IMTIHON OLDIDAGI ODAM

El nazariga tushgan taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimni uning kitoblari orqali taniganman. Olimning kitoblaridan biriga so‘zboshi yozgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning bir fikri e’tiborimni tortgan: “Kitobga jamlangan maqolalarni o‘qib chiqqach, men muallifning o‘zini “Imtihon oldidagi odam” deb atadim. Chunki o‘quvchiga bir gap aytmoqchi bo‘lgan har bir qalam ahli o‘zini imtihondagi talaba mavqeyida sezib, hayajonlanadi… Hech imtihon topshirganmisiz? – deb so‘rayapti kitob muallifi. Bugun imtihon topshirayotgan odam u sizdirsiz, balki mendirman. Baharnav, imtihondan omon o‘taylik”.

Olimning barcha asarlarini hushyor o‘qish odatimga aylangan. Yozganini idrok etolmay qolishdan cho‘chib turaman. Ya’ni, uning asarlarini o‘qish ham men uchun ma’lum ma’noda bir imtihondir. Chunki olim har bir asar tahliliga o‘ziga xos uslubda yondashadi. Bu, ayniqsa, buyuk adibimiz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari yuzasidan olib borgan tadqiqotlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Umuman, olimning ushbu roman borasida amalga oshirgan tadqiqotlarining har biri chinakam kashfiyot, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Shunday tadqiqotlardan biri “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2013-yil aprel oyida e’lon qilingan. “Boburnoma”dan “O‘tkan kunlar”ga” maqolasini o‘qib, undagi tiniq mushohadalardan hayratga tushganman. Nomlari zikr etilgan har ikki muhtasham asarning mazmun-mundarijasi o‘z zamonasining ruhoniy va ijtimoiy-siyosiy muhitida qiyoslanib, yuksak mahorat bilan tahlil etilganini ko‘rib, beixtiyor, Abdulla Qodiriy “Boburnoma”ni o‘qiy-o‘qiy yod olgan bo‘lsa kerak, degan tasavvurga borasiz.

Muallif botiniy va zohiriy qiyoslarini tadqiqotlari davomida quyidagicha bayon etadi: “Asrimiz avvalida Qozon matbaaxonalarida bosilgan va yurtimiz ziyolilari orasida mashhur bo‘lgan “Daloyil ul-hayrot” muallifi Muhammad ibn Sulaymon Jazuliy ismli kishidir. Kitob yozilishining qiziq bir tarixi va uni o‘qish sharti hamda odoblari bor. Birinchidan, komil bir mashoyixdan izn lozim. Ikkinchidan, uni o‘quvchi kishi yeyish-ichish, savdo-sotiq kabi amallarda haromdan hazar etishi kerak. Uchinchidan, o‘zi ham, kiyim-kechagi ham pok bo‘lib, uni o‘qishda xatoga yo‘l qo‘ymasligi lozim. To‘rtinchidan, tajvid (to‘g‘ri talaffuz) qoidalariga amal etishi hamda o‘qilayotgan duo va tasbehlarning ma’nosini imkoni boricha bilishi kerak. Bizningcha, umuman, shunga o‘xshash barcha talablarni Yusufbek hoji komil bir inson sifatida to‘la-to‘kis ado qilgan. Aks holda, duolar, tasbeh va salavotlardan tarkib topgan “Daloyil”ni o‘qishga Yusufbek hoji jazm etgan bo‘larmidi?

Abdulla Qodiriy bunday mo‘tabar kitoblar qadr-qimmatini yaxshi bilgan, albatta. Demak, kitob mohiyati ortidagi sir-sinoatni, umummohiyatni anglab olish o‘quvchi ko‘zi o‘ngida “Daloyil” o‘qiyotgan Yusufbek hoji ma’naviy-ruhiy dunyosining yanada bo‘rtib ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Chunonchi, Abdulla Qodiriy asarlarida mashhur kitoblar vositasida qahramonlarni yetiltirish, o‘sha ramz va ishoralar yordamida ularni tavsiflash usuli mavjud estetik hodisadir. Masalan, adibning Anvar va Ra’nodek jiddiy, Kalvak Mahzumga o‘xshash hajviy qahramonlari dunyosi ham kitoblarga daxldor holatda namoyon qilinadi. “O‘tkan kunlar”da esa Otabek “Boburnoma” o‘qiydi, Fuzuliyni varaqlaydi; Kumush “Fuzuliy yaxshi kitob”, deydi. Yusufbek hoji “Qur’on” va “Daloyil” mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu satrlar o‘z-o‘zidan bitilmagan. Aql aqldan quvvat olgan”.

Nazaringizdan o‘tgan uzun ko‘chirmamizdan murod olimning Bobur Mirzo va Abdulla Qodiriy asarlarini qiyoslashdagi mehnati va qiymatini ta’kid etishdir.

Professor Bahodir Karimov ulug‘ turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli tug‘ilgan zaminda tavallud topgani ko‘pchilikka ma’lum. Shu bois, hazrat Alisher Navoiy va hazrat Maxtumquli ma’nan uning ikki qo‘lini tutib turganday bo‘ladi.

Men tavallud topgan Nurota qishloqlarida qadimdan bobolarimiz Maxtumqulidan bayt aytmagan kun bo‘lmas edi. Safarqul bobomni qishlog‘imizda va tevarak-atrofda hech kim nomi bilan tutib chaqirmas, “Ertakchi bobo” deyishardi. Qish kunlari hamsoyalar-u shinavandalar uyimizga to‘planib, yarim kechalargacha bobomning ertaklarini tinglashardi. Bobom ayrim ertaklarini ikki-uch kunlab aytganlarini xotirlayman. U o‘zidan to‘qib, qo‘shib ketaverganini ancha yillardan keyin tushundim. Hamisha ertaklarining nihoyasi – gapning o‘roli Maxtumqulidan quyidagi baytlar bilan yakun topardi:

Har yigitning aslin bilay desangiz,
Ma’rakada o‘tirib-turishin ko‘ring.
Birov bilan yaqin bo‘lay desangiz,
Avval va’dasida turishin ko‘ring.

Bahodir Karimning “Maxtumquli – insoniyat shoiri” risolasini har gal takror o‘qiganimda, bolaligimdagi o‘sha yillar, o‘sha tuyg‘ular yodimga tushadi.

Olimning tuyg‘ulari barkamolligiga Maxtumqulining ruhiy nafasi sabab bo‘lsa, ajab emas, degan o‘yda yuraman. Olim tug‘ilgan eli Toshhovuzda 2022-yili bo‘lib o‘tgan o‘zbek va turkman xalqlari do‘stlik festivalida dil ta’rifi tiliga tushib, quyidagi baytini pafos bilan o‘qigan ekan:  

“Maxtumquli – islomiyat shoiri,
Maxtumquli – insoniyat shoiri”.

Juda o‘rinli ta’rif!

Zukko va zabardast, ayni paytda g‘oyat mehnatkash va kamtarin olim azaldan ilm-u urfoni tutash qardosh o‘zbek va turkman xalqlarining ilm imtihonlaridan a’lo baholar bilan o‘tib kelayotgani oliymaqomidan dalolatdir.

Suyundik MUSTAFO,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-yanvardagi 5-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599