Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.07.2024 | 16:36

img1813

JADID LUG‘ATCHILIGI

O‘zbek lug‘atchiligi tarixida jadidlikkacha bo‘lgan davrda, asosan, izohli lug‘atlar tuzish, mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy asarlarini tushunishni ta’minlash va yangi shakllanayotgan eski o‘zbek adabiy tilini targ‘ib qilish, uning o‘ziga xos jihatlarini ommaga singdirishga yordam beradigan lug‘atlarni yaratish yetakchilik qiladi. XIX asrning ikkinchi yarmidan lug‘atchilikda yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lgani, lug‘at tartib berishda zamonaviy yondashuvlar yuzaga kelgani va yangi tipdagi lug‘atlar yaratilgani e’tiborni tortadi.   

 O‘zlarining turli janrlarga oid qimmatli asarlari bilan o‘zbek adabiyoti, madaniyati va ma’naviyati tarixida alohida o‘rin tutgan jadid ma’rifatparvarlari tilshunoslikning lug‘atchilik sohasida ham samarali fao­liyat yuritishdi. Ular lug‘at yaratish borasida ham salmoqli izlanishlar olib bo­rib, o‘zbek leksikografiyasi­ni rivojlantirishga munosib his­sa qo‘shishdi.

Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan chor Ros­siyasining O‘rta Osiyodagi mustamlaka siyosati mahalliy turkiy xalqlarning tili, madaniyati va etnografiyasini o‘rganish, ular orasida kuzatuv ishlarini olib borish ehtiyojini vujudga keltirdi va bu hol o‘zaro muloqotni ta’minlovchi ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-­ruscha lug‘atlar yuzaga kelishiga zamin bo‘ldi. Bunday yo‘nalishdagi ilk lug‘atlar rus ziyolilari hamda davlat xizmati vakillari tomonidan yaratildi. A.Starchevskiy­ning “Переводчик с русс­ко­го языка на сартовский” (1878), S.Lipinning “Рус­с­ко-­узбекс­кий словар” (1884), В.П.Наливкин ва М.На­лив­ки­на­нинг “Русс­ко-сар­товский и сартовс­ко-русский словар” (1884-1912) kabi lug‘atlarini shular sirasiga kiritish mumkin.

Bu davrda jadid ziyolilari ham ommaning ongi, ilm darajasini yuksaltirish maqsadida ana shunday ikki tilli lug‘atlar ustida ish olib borishdi. Dastlab Ashurali Zohiriyning “Ruscha-o‘zbekcha mukammal lu­g‘at”i paydo bo‘ldi. Keyinchalik Abdulla Qodiriy hammuallif bo‘lgan “Ruscha-o‘zbekcha to‘­la so‘zlik” lug‘ati yuzaga kel­di. Bu mualliflar lug‘at tartib be­rishda o‘zbek tilining milliy xusu­siyatlarini, shakllanayotgan yangi o‘zbek adabiy tili­ning leksik, grammatik me’yorlarini e’tiborga olgan holda jonli xalq tilidan ko‘plab so‘z va iboralarni kiritishdi.

“Chig‘atoy gurungi” jamiyati a’zosi Elbek faoliyatida ham lug‘atchilik alohida o‘rin tutadi. U XX asrning 20-30-yillarida o‘zbek tilining so‘z xazinasini boyitish, ona tilimizni ichki imkoniyatlari asosida rivojlantirish, milliy adabiy til yaratish yo‘lida izlanishlar olib borib, “Lug‘at va atamalar”, “O‘zbekcha shakldosh so‘zlar lug‘ati” hamda “O‘zbek to‘la so‘zligiga materiallar” nomli asarlari­ni yozdi. Omonim so‘zlarning ma’nolari bir necha izoh usullari yordamida ochib berilgan “O‘zbekcha shakldosh so‘zlar lug‘ati” o‘zbek leksi­kografiyasi tarixida birinchi maxsus lug‘at hisoblanadi. “O‘zbek to‘la so‘z­ligiga materiallar” asarida esa so‘zlarning talaffuzi va imlosida bir xillikka erishish, asos va qo‘shimchalar imlosi, so‘zlar­ning yasalish tiplari haqidagi ma’lumotlar beriladi.

Taniqli ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitrat o‘zbek adabiyoti tarixini tizimli ravishda tadqiq etib, dastlab “Eng eski turk adabiyoti namunalari”, so‘ngra “O‘zbek adabiyoti namuna­lari” majmualarini chop ettirdi. Olim “Eng eski turk adabiyoti namunalari” kitobida Mahmud Koshg‘ariyning “Devon-u lu­g‘atit turk” asarini tilshunoslik va adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan atrof­licha o‘rganib, unga maxsus “Lug‘at” qismini qo‘shadi hamda asar matniga kirgan sof turkiycha so‘zlar izohini beradi. Jami 126 ta sof turkiycha so‘z izohlan­gan mazkur lug‘at etimologik lu­g‘at, qiyosiy-tarixiy lug‘at, o‘zbekcha-forscha-arabcha tarjima lu­g‘at, qolaversa, izohli lug‘at belgilarini ham o‘zida aks ettirgan. Bu holat Abdurauf Fitrat lug‘atshunos jadid adibi ekanini ham ko‘rsatdi.

Shuningdek, Is’hoqxon Ib­rat­­­­ning “Lug‘oti sitta alsina” (olti tilli) lug‘atini mazmun-mohiyati bilan o‘sha davrda yangicha yo‘nalishdagi, ya’ni Gʻarb lug‘atchiligi an’analari ta’sirida yaratilgan asarlar sirasiga ki­ri­tish mumkin. To‘g‘risi, o‘zbek leksikografiyasida Ibratga qadar ham, Ibratdan keyin ham ayni shu xildagi, ya’ni olti til manbalari qamrab olingan va ular o‘zaro qiyoslangan boshqa lug‘at tuzilgani yo‘q. E’tiborli jihati, Is’hoqxon Ibrat bu ishga qo‘l urishdan oldin turkiy, arab, fors-tojik, usmonli turk hamda rus lug‘atchiligi bilan ham to‘la tanishib chiqadi.

“Lug‘oti sitta alsina” omma­­bop lug‘at hisoblanib, keng o‘quv­chilar ommasiga mo‘ljallab tuzilgan edi. Muallif ta’kid­la­ganidek, “safar ahli”ga mo‘l­­jal­­lab tuzilgan ushbu so‘z­lash­­­gich lingvistik manba sifatida o‘sha davrdagi Sharq va Gʻarb lu­g‘atchiligi tamoyillarini o‘zida mujassamlashtirgan, xal­qi­­miz­ni jahon mam­lakatlaridagi ma­da­niy ha­yot, fan va texnika­ning ilg‘or yutuqlari, yangiliklari bilan tanish­ti­rish barobarida xorijiy tillarni ham egallashga da’vat etgan, o‘z­bek lug‘atchiligi­ning tadrijiy ta­ko­milida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan leksikografik asar sanaladi.

O‘tgan asrning 20-yillarida zamonaviy ilm-fan asos­lari, xususan, iqtisod va siyosat sohasidagi yangilik­lar bilan tanishishda yetakchi mav­qe­ga ega bo‘lgan rus tili­da qo‘l­­laniladigan terminlar­ning o‘zbekcha tarjimasi­ni lug‘atlar shaklida berish ehtiyoji mav­jud edi. Shunga asosan, Nazir To‘raqulovning “Rus-o‘z­bek tilining siyosiy va iq­ti­sodiy lug‘atchasi” risolasi yuza­ga keldi. Bu lug‘at ancha murakkab xususiyatga ega edi. Lug‘at ikki tilli (ya’ni ruscha siyosiy-iqtisodiy termin­lar­ning o‘zbekcha tarjimasi beril­gan) bo‘lsa-da, bi­roq unda terminlar tarjimasida ular­ning to‘g‘ridan to‘g‘ri ekvivalenti (muqobili) berilgan holatlar ham, terminlarning tarjimasi bilan birga izohi be­ril­gan holatlar ham uchraydi. Lug‘at rus alifbosi alfaviti tartibida tuzilgan bo‘lib, unda jami 403 ta ruscha terminning o‘zbekcha tarjimasi va izohi berilgan. Ushbu lug‘at o‘zbek lug‘atshunosligida o‘ziga xos o‘ringa ega. U soha terminlari to‘plangan ilk lug‘at bo‘lgani uchun ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Lekin bu hol uning qadri va ahamiyatini zarracha pasaytirmaydi.

Gʻozi Olim Yunusovning “Rus­cha-o‘zbekcha qisqa huqu­qiy va siyosiy lug‘at”i o‘z­bek lug‘atchiligida termino­logik lu­g‘atlar yaratish yo‘nalishida ikkinchi leksikografik asar hisob­lanadi. Muallif so‘z­boshida maz­kur to‘plam haqida shunday yozadi: “Ruscha-o‘zbekcha qisqa huquqiy va siyosiy lug‘at”ni yozishdan maqsad huquqiy adabiyotdagi, xususan, tarjimadagi atamalarga qat’iy va muayyan bir shakl berish va shu yo‘l bilan istiloh quramalig‘ini (ixtilofini) bir daraja bo‘lsa-da kamaytmakdir”. Gʻozi Olim Yunusov lug‘ati arab alifbosi tartibida tuzilgan, unda jami 1381 ta ruscha atamaning o‘zbekcha tarjimasi va izohi berilgan edi. XX asr boshlarida o‘zbek adabiy tili­ning siyosat va huquq sohasiga oid terminologik tizimi barqarorligini belgilash, uni tar­tibga solish va muntazamli­gini ta’minlash hamda atamalar lug‘ati sohasi­ni rivojlan­ti­rishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, jadid namoyandalarining tilshunoslik sohasidagi amaliy faoliyati o‘zbek leksikogra­fiya­sini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu davrda yaratilgan lug‘atlar, avvalo, o‘zida tarix va yangi davrni mujassamlashtirgani bi­­lan xarakterlanadi. Ularda klassik Sharq va zamonaviy Gʻarb leksikografik amaliyoti uyg‘unlashib ketganini kuza­tish mumkin. Qolaversa, jadidlar tuzgan lug‘atlarda aso­san badiiy asar tilini tushunish uchun xizmat qilgan o‘zbek mum­toz lug‘atlaridan farqli ravishda ko‘proq til o‘rga­tish va til ta’limi masalalariga urg‘u berilgan. Bunday asarlar o‘zbek zamonaviy lug‘atchiligi­ning keyingi taraqqiyoti uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini o‘tadi. 

Sulton NORMAMATOV, filologiya fanlari doktori, professor


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596