Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.10.2024 | 14:06

img2852

JADIDLIK HARAKATIDA TIL MASALALARI

Yosh avlodning qadriyatlarga sodiq, milliy g‘ururli bo‘lishida o‘zbek millati tarixi, tili, imlosi, urf-­odatlari haqida bilim beruvchi fanlarning ahamiyati katta. Shu ma’noda alifbo, imlo bo‘yicha darslar va darsliklar o‘quvchilarga milliy o‘ziga xosligimizni singdirishga yordam beradi. Buni to‘g‘ri anglagan jadidlar XX asrning boshidanoq Turkis­tonda to‘qqiz oylik maktablarni tashkil etgan.

O‘sha davrdagi ilm-fan darajasi, milliy pedagogikaning saviyasiga mos tarzda yaratilgan ona tili darslik­lari, xususan, alifbe kitobi, albatta, bugungi ona tili darsliklaridan farq qilgan. Bu davr darsliklari milliy pedagogikamizning dastlabki shakllari sifatida nechog‘lik ahamiyatga molik bo‘lmasin, baribir, o‘sha davr darajasida, saviyasida edi.

XIX asrning 50-yillaridan bosh­lab ma’naviy uyg‘onish sari yuz tutgan turkiy xalqlar millat ko‘zgusi, taraqqiyot omili bo‘lgan til masalasiga jiddiy e’tibor berdi. Matbuotning yuzaga kelishi, nashr ishlarining shakllanishi, maktab va maorifga e’tiborning ortishi natijasida imlo masalasi birinchi o‘ringa chiqdi. Ma’rifatparvarlarning dunyo­viy ilm-fan va madaniyat sari intilishi tilni ilmiy asosda o‘rganishni dolzarb masala qilib qo‘ydi.

Turkistonda Fitrat boshchiligidagi ma’rifatpar­var shaxs­­­­lar ilk bor o‘zbek tilini ilmiy o‘rganishga kirishdi. Ular milliy til qoidalari arab yoki rus tili grammatikalari asosida emas, balki milliy tilning ichki tabia­ti­dan kelib chiqib yarati­lishi kerak­ligini anglaganlari sababli ham tilni tarixiy asarlar, xalq og‘zaki ijodi namuna­lari va hududlarga xos sheva materiallari asosida o‘rgana bosh­ladilar. Natijada XX asr boshlarida o‘zbek tilshunosligi­ning dastlabki nazariy asos­lari yaratildi.

O‘sha davrga kelib fan va madaniyat o‘chog‘iga aylangan Istanbul, Qozon, Qrim, Boku shaharlarida turk tilini tadqiq etuvchi tilshunos olimlar guruhi shakllandi.

Ular alifbo hamda imlo muam­mo­larini o‘rganib, turkiy tillarning grammatikasini tu­zish­ga kirishdi.

Ayni jarayonlar sabab grammatikaga oid qator asarlar yaratildi.

Ona tili darsliklarining milliy xarakterga ega emasligi, o‘qitish­dagi noqulayliklar sababli o‘tgan asrning 20-yillariga kelib, matbuotda Elbek, Qayum Ramazon, Shokirjon Rahimiy, Shorasul Zunnunning o‘zbek tilining tovushlar tizimi, morfo-­sintaktik hodisalar yuzasidan maqolalari e’lon qilina boshlandi. Bu maqolalarni o‘zbek tili tabiatini yoritishga bag‘ishlangan dastlabki tadqiqotlar deyish mumkin.

O‘rta Osiyoda birinchi marta o‘zbek tilida tovush usulida xat-savod o‘rgatish ishiga toshkentlik Saidrasul Saidazizov kirishib, mazkur usulda yaratgan kitobini “Ustodi avval” deb nomlagan va bu alifbe-darslik 1902-yildan boshlab har yili nashr qilinib turgan.

XX asrning 20-yillarida va 30-yillar boshida hozirgi o‘zbek tili imlosining nazariy asos­lari­ni ishlashda, o‘sha davr maktablariga mo‘ljallangan darslik va qo‘llanmalarni yaratishda Fitrat boshchiligidagi “Chig‘atoy gurungi” tashkiloti, keyinchalik uning a’zolari ishtirokida O‘zmaorifqo‘m qoshida tuzilgan O‘zbek bilim hay’ati, O‘zbek yangi alifbo markaziy qo‘mitasi, Til-termin davlat qo‘mitasi singari tashkilotlar olib borgan ishlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ularda faoliyat ko‘rsatgan bir qator ma’rifatparvarlar tashabbusi bilan turli fan sohalariga oid o‘nlab darsliklar, o‘quv qo‘l­lanmalari, lug‘atlar yaratildi.

O‘tgan asrning 20–30-yillarida “Imlo qoidalari” joriy eti­lishi munosabati bilan Ashurali Zohiriy o‘zbek tilshunosligiga bosh harf bilan yozish qoida­lari­ni olib kirdi. Arabcha harf termini dastlab o‘zbek tilida surat deyil­gan va arab alifbosidagi harf­larning yozuvda hosil qiladigan shakli nazarda tutilgan.

O‘zbek tili bo‘yicha tuzilgan ilk saboqlik yoki qo‘llanmalar boshqa til egalari tomonidan yozilgan bo‘lib, ularda o‘zbek tiliga xos hodisalar o‘zga tillar qonuniyatlari asosida izohlangan edi. Bu borada arab, tatar, turk va rus tillari grammatika­la­ridan foydalanilgani sir emas. Dastlabki milliy grammati­ka­miz mualliflari ham, foydala­nish uchun boshqa tadqiqot yoki qo‘llanmalar bo‘lmagani sababli, mazkur tillar grammatikalaridan foydalangan edi. Bu davrda o‘zbek tilini ilmiy o‘rganish ishlari “Chig‘atoy gurungi” tashkilotida boshlanib, Fitratning “Sarf” va “Nahv” asarlari mazkur sa’y­-harakatlarning ilk natijasi o‘laroq 1925-yilda nashr etilgan.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida ilm-fanning darajasiga muvofiq yaratilgan darslik va qo‘llanmalarda asosiy e’tibor­­ grammatika masalalariga bag‘ish­langan bo‘lib, tilshu­noslik­ning boshqa sohalariga yo‘l-yo‘lakay to‘xtalingan edi. Masalan, imlo muammolari va qoidalari dastlab yaratilgan dars­liklarda juda qisqa berilgan.

Alifbo, o‘zbek alifbosi masa­lalari 1926-yilda bosh­langan bo‘lib, shu yili 27–29-avgustda Yangi alifbo qo‘mitasi va Ilmiy markaz til mutaxassislari ishtirokidagi alifbo konferensiyasida yangi tuzilgan lotin grafikasidagi alifbo muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Bu alifboda unlilarni 9 ta, undoshlarni 23 ta harf bilan ifodalashga qaror qilinadi. O‘sha yili tarixda birinchi marta lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi­ni tuzish masalasi hal qilinadi va harflar tartibi belgilanib, ilk alifbo tuziladi. Shu yili o‘sha davr tilshunosligi darajasida “Imlo qoidalari” ishlab chiqiladi.

Bu imlo qoidalari haqida 1926-yili chop etilgan “Maorif va o‘qitg‘uchi” jurnalida shunday deyilgan: “…imloda ikki usul qo‘llanadi: savtiy (fonetik) ham sarfiy (morfologik). Bizning tilimizda bir qancha shevalar bo‘lganidan ta’lim-tarbiya ishlarida yengillik uchun har ikki usuldan foydalanishga qaror berdik. So‘zning tomiri (asosi) eshitilgancha yozildi, qo‘shimchalar sarfiy usul bilan bitildi. Bularning haqida izohat va misollar qu­yida yozilgandir…”. Mazkur qoidalarda ilmiy umumlashmalar juda oz bo‘lib, fe’llar­ning zamonlari, tuslanishi va imlosi berilgan.

Bu davr o‘zbek tilshunosligidagi muhim yangiliklardan biri Ashurali Zohiriyning bosh harflarni amaliyotga kiritishi va ularning ishlatilish o‘rinlari­ni qat’iy belgilab berishi bo‘ldi. Lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi tartibga solinib, bu alifbo (alfavit) 1939-yilda yana tuzatildi va “O‘zbek tili grammatikasi” darsligida berildi.

Afsuski, lotin grafikasiga asos­langan o‘zbek alifbosi ham jadidlarga qo‘shilib qatag‘on qilindi. Hatto bu yozuvda bi­tilgan asarlar o‘tda kuydirildi. 1940-yildan kirillchaga asoslangan o‘zbek alifbosiga majburan o‘tkazilganimiz ko‘pchilikka bugun ma’lum. Lotin alifbosi asosidagi o‘zbek alifbosiga uzil-kesil chek qo‘­yish maqsadi ham sho‘rolar yuritgan siyosatning talabiga ko‘ra amalga oshirilgan edi.

XX asrning 20-yillaridan yangi o‘zbek alifbosini tuzish o‘zbek tilshunoslari oldida turgan asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. Shu munosabat bilan Turkiston Maorif komissarligi huzuridagi Bilim kengashida o‘zbek tilining yangi alifbosini tuzishda qanday yo‘l tutilishi kerakligi muhokama qilinadi. Elbekning “Turk tillarining qonunlari to‘g‘risida mulohazalar” maqo­lasi ham shu munosabat bilan yozilgan bo‘lib, unda o‘zbekchani bilmasdan turib uning grammatikasini, imlosi­ni tuzmoqchi bo‘lganlar tanqid qilinadi. Bu vazifani o‘zbek tilida so‘zlashuvchi, shu til ruhi bilan tanish kishilargina bajarishga loyiqligi aytiladi.

Yangi lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosida asarlar yuzaga kela boshladi. Bu borada Fitrat, Munavvar qori Abdurashidxonov, Shokirjon Ra­hi­miy, Elbek, Ashurali Zohiriyning xizmatlarini alohida e’tirof etish joiz.

O‘zbek tilining imlo muammolari hal etilmagan bir davr­da, jadid ma’rifatparvarlarining sa’y-harakatlari bilan lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosiga o‘tilishi, maktablarda shu alifbo asosida dunyoviy fanlarning o‘qitilishi davr uchun muhim ahamiyat kasb etardi. Jadidlar o‘zbek tili kelajagini rus yoki arab yozuvi emas, balki lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi asosida ko‘rishgan edi. Ayni imlo o‘zbek tili tabiatiga mos tushishi haqidagi asosli qarashlarini ilgari surib, yangi o‘zbek yozuvini qabul qi­lishda ham shu g‘oyaga amal qilishgan. Ma’rifatparvar bobo­larimiz til va imloga bu qadar jiddiy e’tibor berganining boisi shuki, ular ayni milliy davlatchilik tayanchi sifatida alifbo masalasini birlamchi o‘rinlarda sanashardi.

Ixtiyor ERMATOV,
filologiya fanlari doktori

“Jadid” gazetasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 43-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605