Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.07.2026 | 10:24

img2375

KARL BARRI SHARPLESS – IKKI KARRA NOBELCHI

Hayot yo‘li

Karl Barri Sharpless 1941-yil 28-aprelda, AQSHning Filadelfiya shahrida tug‘ilgan. 1963-yilda Dartmut kollejini tamomladi. Stenford universitetida kimyo bo‘yicha doktorlik (PhD) ilmiy darajasini oldi. Faoliyati davomida Massachusets texnologiya instituti hamda Kaliforniyadagi Skripps tadqiqot institutida faoliyat yuritgan.

Asosiy tadqiqotlari organik sintez, katalitik reaksiyalar va yangi molekulalarni yaratish texnologiyalariga bag‘ishlangan.

Ilmiy yutuqlari

Asimmetrik katalitik oksidlanish usullarini ishlab chiqqan. Bu texnologiya turli xil dori vositalari va biologik faol moddalarni yuqori aniqlikda sintez qilish imkonini berdi.

“Klik kimyosi” konsepsiyasini yaratdi. Ushbu yondashuv molekulalarni tez, ishonchli va ortiqcha chiqindilarsiz birlashtirish imkonini berib, organik kimyoda yangi yo‘nalishga asos soldi. Keyinchalik ushbu texnologiya asosida rivojlangan bioortogonal kimyo usullari tirik hujayralar ichida kimyoviy jarayonlarni kuzatish va tahlil qilish imkonini berdi.

Ilmiy ishlari bugungi kunda farmasevtika, onkologiya, genetika, biotexnologiya, diagnostika, materialshunoslik, va albatta, kimyoda qo‘llanmoqda.

E’tirof

Olim ikki marta Nobel mukofoti bilan taqdirlangan besh olimdan biri.

2001-yil asimmetrik katalitik oksidlanish reaksiyalarini ishlab chiqqani uchun mukofotning ikkidan bir ulushi; 2022-yil “klik kimyosi” rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun uchdan bir ulushi bilan taqdirlandi.

Shuningdek, u AQSH Milliy fanlar akademiyasi a’zosi bo‘lib, dunyodagi ko‘plab ilmiy tashkilotlar tomonidan yuksak e’tirof etilgan.

Jamoatchilik poziTsiyasi

1970-yilda laboratoriyada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida Karl Barri Sharpless bir ko‘zidan ayrilgan. Shu voqeadan keyin u laboratoriya xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratib, butun dunyo olimlarini himoya ko‘zoynaklaridan muntazam foydalanishga chaqirib kelmoqda. Uning fikricha, ilmiy yutuqlar bilan bir qatorda tadqiqotchilar xavfsizligi ham birinchi o‘rinda turishi lozim.

Ibrat

Sharpless murakkab kimyoviy jarayonlarni imkon qadar oddiy, tabiiy va toza (“klik”) darajaga keltirishga intildi. Buyuk kashfiyotlar ko‘pincha murakkab narsalarning eng oddiy va aniq yechimini topishdan boshlanadi.

29 yoshida, ilmiy faoliyatining ayni boshlanishida bir ko‘zidan ayrilganiga qaramay, u tushkunlikka tushmadi. Bu baxtsiz hodisani mag‘lubiyat emas, balki atrofdagilarni himoya qilish, tartib va xavfsizlikni oliy qadriyatga aylantirish imkoniyati deb bildi.

Nobel mukofotini olish olamshumul yutuq. Uni ikkinchi marta qo‘lga kiritish kamdan kam nasib qiladigan baxt. Bu baxt asosi esa muvaffaqiyatlar bilan mag‘rurlanmaslik va umr bo‘yi izlanishdan to‘xtamaslikdir. Eng muhimi, jismoniy nuqsonlardan uyalmay, aksincha, o‘zida yangi kuch topib oldinga intilish bu yutuqlarning boshi, balki eng birinchisidir.

Jasmina ISROIL tayyorladi.

“Jadid” gazetasining 2026-yil 24-iyuldagi 30-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img119

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img336