Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.12.2024 | 11:32

img402

KEYINGI BEKAT — “ADIBLAR XIYOBONI”

Poytaxt jamoat transportlari orasida eng qulayi, shubhasiz – metro! Yozning saratonida salqin, qishning qahratonida issiq. Asosiysi, manzilga o‘z vaqtida yetib olish uchun arzon va qulay transport vositasi. Agar bir necha yil ilgari metro haqida yozganimda, shuncha qulayliklari orasiga, avtobusdan farqli o‘laroq, tirbandlik yo‘q, degan jumlani ham qo‘shgan bo‘lardim. Tirbandlik bo‘lgandan keyin bir nuqtaga ko‘zingni tikkan ko‘yi o‘qilgan yozuvni ming bora o‘qisang ham xuddi yangi biror narsa chiqib qoladigandek, yana tikilaverarkansan.

Yangi olib kelingan metro vagonlari imkoniyatlari orasida katta va kichik monitorlar tirbandlikdan chalg‘ish uchun yaxshi ermak. U orqali yurtimizning turli go‘shalari madaniyatidan lavhalar berilishi bilan bir qatorda, bekatlar ketma-ketligini kuzatib borish imkoni yaratilgan. Bekatlar nomi ikkita tilda yozilgan. E’tiborimni har safar “Milliy bog‘” va uning rus tilidagi (agar shunday deyish joiz bo‘lsa) “Milliy bog” jumlalarining g‘alizligi chalg‘itaveradi. Yurtdoshlarimizning aksari rus tilida so‘zlashishni (qisman bo‘lsa-da) biladi. Hech bo‘lmaganda, tushunadi. Keling, “Milliy bog” so‘zidagi “bog”ni tarjima qilishga urinib ko‘ramiz. Lug‘at kitoblari va internet tarmog‘i orqali berilgan so‘rovimizga ko‘ra, “bog”ning o‘zbek tilidagi tarjimasi “xudo” ekani kelib chiqdi. Agar lug‘atlar bizni aldamayotgan bo‘lsa, metro bekatining nomi butunlay o‘zgarib ketayotganga o‘xshamayaptimi?! Agar poytaxtimiz metrosidan foydalangan xorijliklar ushbu nomning tarjima variantini o‘qisa qanday tushunar ekan?!

Taklif

Yuqorida lug‘atlarga murojaat qilganimiz “Milliy bog”ni “Milliy bog‘” bekatiga to‘g‘ri tushira olmaganim, balki o‘zimning aybimdir. Bundan bir necha yillar oldin ayni o‘sha bekatning nomi “Yoshlik” edi. Undan ilgariroq ham boshqa nom bilan atalganini yoshi ulug‘lar aytib yurishadi. Modomiki, ushbu bekat nomi bir necha marotaba o‘zgarishlarga yuz tutgan ekan, yana bir bora o‘zgartirish kerak, degan fikrdaman. Albatta, bu shaxsiy fikrim. Ayni mana shu bekatning chiqish joyida muhtasham “Adiblar xiyoboni” tashkil etilgan. Unda yigirmadan ortiq yaqin va uzoq o‘tmishda yashab ijod qilgan ajdodlarimiz haykallari kompozitsiya tarzida bir go‘shaga jam bo‘lgan. Asli ularning har biri nomi bittadan bekatga qo‘yishga loyiq fidoyilar. Kelajakda shunday ham bo‘lar, ammo ayni paytda, ular bamisoli bir oila bo‘lib jamlangan joyni bemalol “Adiblar xiyoboni” metro bekati deb atalsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Xiyobonda haykali qad rostlagan adiblarning sana bilan bog‘liq kunlarida uchrashuvlar, ochiq darslar va she’riyat kechalari o‘tkazilmoqda.

Ajabmas, yaqin kelajakda o‘sha tanish ovoz orqali “Ehtiyot bo‘ling, eshiklar yopiladi. Keyingi bekat “Adiblar xiyoboni” degan so‘zlar jaranglab tursa.

Sherzod SHARIPOV
Facebook

“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img102

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img613

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img610