17.03.2026 | 14:53
1938
MILLATNI KIM UYGʻOTADI?
XX asr boshlarida Turkistonda uyg‘onish shamoli esa boshladi. Jadidlar juda yaxshi anglardiki: millatni uyg‘otish uchun, avvalo, uning onasi va bo‘lajak onalari – xotin-qizlarni uyg‘otish kerak edi.

Tarbiya beshigini onalar tebratadi. Demak, ilmli ona – ma’rifatli avlod, ma’rifatli avlod esa ozod va qudratli millat, demak. Jadidlar ayolni faqat oila doirasidagi shaxs emas, balki jamiyatni shakllantiruvchi kuch sifatida ko‘rdi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy nafis xilqat vakilalarining savodsizligi millatning kelajagiga tahdid ekanini anglab, qizlar maktabini ochish, ularni dunyoviy fanlar bilan tanishtirish harakatlarini boshlaydi. Jaholat zanjirini uzish uchun ayolning qalbiga ilm nuri kirishi shart edi.
Ilm – ayolning ziynati. Jadidlar ayolni faqat go‘zallik timsoli sifatida emas, balki tafakkur egasi sifatida ko‘rdilar. Ular uchun ayolning eng buyuk ziynati – ilm edi.
Abdurauf Fitrat o‘z asarlarida bu masalaga alohida to‘xtalib, jamiyat taraqqiyotini ayollarning ijtimoiy faolligi bilan bog‘laydi. Uning qarashicha, ayolning erkin fikrlashi millatning erkin fikrlashidir. Zero, “ayol qaram bo‘lsa, jamiyat ham qaram bo‘ladi; agar ayol ongli bo‘lsa, jamiyat ham ongli bo‘ladi”. Bu qarashlar o‘sha davr uchun jasorat edi. Chunki ayolni faqat uy-ro‘zg‘or bilan chegaralash, uni ilm-ma’rifatdan chetda qoldirish keng tarqalgan edi.
Cho‘lpon she’r va maqolalarida ayollarning ruhiy ozodligi haqida kuyunib yozadi. Uning satrlarida ayol qalbining iztirobi, jamiyatning unga qo‘ygan sun’iy to‘siqlari aks etadi. Cho‘lpon uchun ayol muhabbat timsoli bo‘lish bilan birga, hurriyat ramzi ham edi.
Jadid adabiyoti sahifalarida ayol obrazi tobora o‘zgarib bordi: u endi sukutdagi siymo emas, balki fikr bildiruvchi, o‘z haqiqatini ayta oladigan shaxs sifatida gavdalanadi. Bu – tafakkurning ravnaq topishi edi.
Jadidlar orzu qilgan ayol obrazi – mustaqil fikrlovchi, bilimli, ijtimoiy faol va ma’naviy yetuk shaxs. Ular anglagan haqiqat oddiy, ammo teran edi: “Millatni yuksaltirmoqchi bo‘lsang, avvalo, ayolni yuksaltir”. Ilmli ayol – bu faqat diplom sohibasi emas. U – ma’rifat tashuvchisi, ruhiy uyg‘onish elchisi, kelajak bunyodkoridir.
Jadidlar orzu qilgan ma’rifatli ayol obrazi bugun yangi tarixiy bosqichda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida xotin-qizlar masalasi ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Bu shunchaki bayramona e’tirof emas, balki tizimli islohotlar, qonuniy kafolatlar va amaliy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridir.
So‘nggi yillarda xotin-qizlarning oliy ta’lim bo‘yicha qamrovi kengaydi, tadbirkorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda, ularning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi ortib bormoqda. Bu jarayon jadidlar orzu qilgan ma’rifatli va faol ayol siymosining zamonaviy talqinidir. Eng muhimi, aql-zakovatli, bilimli va iste’dodli xotin-qizlar davlat va jamiyatning barcha sohalarida namuna bo‘lishgani diqqatga sazovordir.
Bugun qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar – grantlar, stipendiyalar, ilmiy loyihalar, startap dasturlari ularning salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, chekka hududlardagi xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Jadidlar qalam bilan boshlagan islohot bugun davlat siyosati darajasida davom etmoqda.
Bugungi o‘zbek ayoli – shifokor, olima, muhandis, tadbirkor, deputat, sportchi. U bir vaqtning o‘zida mehribon ona, sadoqatli farzand va faol fuqaro. Shunday ekan, jadidlarning “ilmli ayol – millat najoti” degan g‘oyasi bugun yangi mazmun kasb etmoqda. Bugungi ilmli va faol ayol – Yangi O‘zbekiston bunyodkoridir.
Tarix shuni ko‘rsatadiki, ayolni qadrlagan jamiyat yuksalgan. Ayolni cheklagan jamiyat esa tanazzulga yuz tutgan. Demak, bugungi e’tibor – bu kelajakka qaratilgan sarmoya. Jadidlar orzu qilgan ma’rifatli ayol obrazi bugun hayotga yaqinlashmoqda. Endigi vazifa yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ayolning ilmiy, ma’naviy va ijtimoiy salohiyatini to‘liq namoyon etishdir. Matonat, baxt va bilim – ayol shaxsiyatining uchta asosiy ustunidir.
Ayol baxti – jamiyatning barometri. Bu fikr shunchaki chiroyli gap emas, balki ijtimoiy-psixologik haqiqatdir. Ayol xonadonning “energetik markazi”. Baxtli ayol o‘zidan ijobiy energiya taratadi. U baxtli bo‘lsa, farzandlari mehrda o‘sadi, turmush o‘rtog‘i xotirjamlikda yuradi. Agar jamiyatda ayollar o‘zini himoyalangan va qadrlangan his qilsa, o‘sha jamiyatda sog‘lom avlod shakllanadi. Ayolning tabassumi – uyning fayzi, millatning osoyishtaligi.
Bu iqtibos ayolning jamiyatdagi eng muhim roli – tarbiyachi ekaniga urg‘u beradi. Erkak kishi olgan bilim ko‘pincha uning shaxsiy karerasi va muvaffaqiyatiga xizmat qiladi. Ammo ilmli ayol – bu ilmli ona, demak. Bolaning dunyoqarashi, tili va axloqi birinchi navbatda onaning intellektual darajasiga bog‘liq. Binobarin, ayolga berilgan ta’lim zanjir reaksiyasi kabi butun avlodlarga o‘tadi. Ilmli ayol – ma’rifatli jamiyatning poydevori hisoblanadi. Ushbu uchta jihat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bilimli ayol hayotiy vaziyatlarda ko‘proq matonat ko‘rsata oladi, va o‘z navbatida, o‘zi hamda yaqinlarining baxtini qanday qurishni yaxshi anglaydi.
Barno RAVSHANOVA,
O‘zDSMI 3-bosqich talabasi
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-martdagi 10-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
104
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



