Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.04.2024 | 13:41

img448

KIM NIMANI YAXSHI KO‘RAR?

Ehtimol, bizning xalq ilm-u ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, hunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ylaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yong­lish.
Eshonlarimiz toat va ibodat, pand-u nasihat, zikr-u tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko‘rurlar.
Ulamolarimiz dars-u ta’lim o‘rnig‘a, bir-birlari ila o‘run talashib, mukarrir va mudarris bo‘lishni, o‘zlari bo‘lolmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni buzishni yaxshi ko‘rurlar.
Imomlarimiz, xaloyiqg‘a va’z va nasihat o‘rnig‘a, to‘y va janozalarda yurub, joma kiyishni yaxshi ko‘rurlar.
Boylarimiz orqa-o‘nglarig‘a qaramasdan, foyda va zararlarini oyirmasdan bir-birlarig‘a raqobat qilaman deb, “bonka” va “kridit”larini ko‘payturub, do‘ffilari tor kelganda rus va yahudiylar­ning mollarini bukub-sinishini yaxshi ko‘rurlar.
Mo‘ysafidlarimiz namoz va ni­yoz o‘rnig‘a, masjid eshigiga yig‘ilub o‘turub, har kimni g‘iybat va shikoyat qilishni yaxshi ko‘rur­lar.
Muallimlarimiz bir-birlaridan qiz­g‘onishub, bolalarni arzon o‘qi­taman deb, bir o‘zlariga yuz, yuz­dan ortuq bola yig‘ub, o‘zlari to‘y va ma’rakalarda bolalarning umri­ni bekor o‘tkarishni yaxshi ko‘rur­lar.
Savdogarlarimiz: “To‘y­likni to‘yi o‘tar, to‘ysizni kuni o‘tar” de­gan so‘zga amal qilmay, qaysi mahallada to‘y bo‘lsa, dasturxonchilik qilishni yaxshi ko‘rurlar.
Muazzinlarimiz azonni yaxshilab adoyi maxraj qilub aytishni o‘rganmay, bir joyda to‘y
bo‘lub qolsa, “Falonchinikiga oshga-ho!” deb qiroat ila qichqirishni yaxshi ko‘rurlar.
Do‘kondorlarimiz ishlarini tar­tibga solmay, zamonag‘a muvofiq ish yuritmay, Mallaxon zamonidan qolg‘on eski do‘kon, eski tos, eski tartiblarini yaxshi ko‘rurlar.
Onalarimiz bilim va tarbiya o‘rnig‘a erlari ila urushub-tala­shub qizlarig‘a mol qilmakni yaxshi ko‘rurlar.
Otalarimiz bolalarig‘a o‘qutmak va ta’lim bermak o‘rnig‘a “O‘g‘lum emdi kattakon yigit bo‘l­ding, shuncha o‘quganing yetar, pul top!” – deb “tashishka” – hammollik qildirishni yaxshi ko‘rurlar.
Kosiblarimiz bir-biridan mol­larini arzon sotaman deb, tezgina yirtiladurg‘on, tikishlar undan urub, mundan chiqg‘on, suvni yetti chaqirim yerdan chaqiradurg‘on mahsi va etiklar tikub, sotishni yaxshi ko‘rurlar.
Zargarlarimiz yigirma ti­yinlik kumush, o‘n tiyinlik tillo orasig‘a mum va saqichlar joylab, ismini “qiz hayron”, “zebigardon” qo‘yub, besh-o‘n so‘mga sotishni yaxshi ko‘rurlar.
Tabiblarimiz dolchin, zanjabil, hubbul malik, filfil kabi bir necha attorni qutisida yo‘q narsalardan murakkab doru va ma’junlar ­yasab, bechora nodon xalqni pulini olishni yaxshi ko‘rurlar…
Savodxonlarimiz jarida va jur­nallar, tarix va ro‘monlar o‘rnig‘a Daqyonus zamonidan qolg‘on, xurofotlar ila to‘lg‘on “Andog‘ urdilarki, gard-gard bo‘lub ketdi”, deb loflar yozilg‘on kitoblarni og‘iz­larini qufurturub o‘qumoqni yaxshi ko‘rurlar…
Yoshlarimiz ilm va ma’rifatli bo‘lishni, hunar, san’at o‘rgonishni o‘rnig‘a, o‘zlariga zeb berub tor shim ila kalta kamzul, qotirma yoqalarga bino qo‘yishni yaxshi ko‘rurlar.
Ishchilarimiz ilm va hunardan mahrumligi sababli boshqa millatlar ilm-u ma’rifatlari soyasida kuniga 4-5 so‘m ishlab turgan bu zamonda kuniga uch tangag‘a mardikorlikni, oyig‘a o‘n besh so‘mg‘a qorovullikni, yigirma so‘mg‘a fanar yoqishni, o‘n so‘mg‘a ko‘nka yo‘lini tozalashni va shularga o‘xshash eng past va og‘ir xizmatlarni yaxshi ko‘rurlar.
Bolalarimiz otalarimizning ilm qadrin bilmagan, ilm uchun pulni ko‘zlari qiymaganlik sababli o‘qumoq va o‘rganmoq o‘rniga “Oh pul, jonim pul”, deb “tashishka” – hammollikni yaxshi ko‘rurlar.
Muharrirlarimiz ko‘b-ko‘b oqcha olib, oz-oz yozishni yaxshi ko‘rurlar.
Mushtariylarimiz foydali ma­qo­la­lar o‘rnig‘a xabarlarni yaxshi ko‘rurlar.
Dumalarimiz majlisga kelub, ustulga suyolub farog‘at qilub tur­g‘on vaqtlarida, bir tarafdan qattig‘roq tovush chiqsa, cho‘chib uyg‘onishni yaxshi ko‘rurlar.
Shoirlarimiz milliy she’r va adabiyot yozishni o‘rnig‘a muvashshahmi yoki “qoshingdan, ko‘zing­dan”, – deb, juvonlarni maqtab fasod axloqg‘a sabab bo‘ladurg‘on she’rlar yozishni yaxshi ko‘rurlar.
Ammo men bo‘lsam, hozirgi zamonda indamasdan turishni yaxshi ko‘rurman.

Abdulla AVLONIY 1913-yil
Husan SODIQOV  chizgan rasm.
“Jadid” gazetasi 2024-yil 19 -aprel 17-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img78

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593