19.11.2024 | 12:05
1241
Yoʻqolganidan soʻng kelgan mashhurlik, oʻgʻirlikda ayblangan Pikasso va boshqorongʻi ayol – Mona Liza asari haqida siz bilmagan maʼlumotlar
Ehtimol, bu asar dunyodagi eng mashhur rasmdir, lekin u bir qancha sir-sinoatni oʻzida mujassam etgan.

Bu yuzni qayerda boʻlmasin taniysiz
“Mona Liza”, bir tanqidchining taʼkidlashicha, “dunyodagi eng mashhur, eng koʻp tomosha qilinadigan, eng koʻp maqola va fikrlar yoziladigan, eng koʻp kuylanadigan va eng koʻp parodiya qilinadigan sanʼat asari”dir. Bu fikrga qarshi bahslashish qiyin, ammo siz aslida bu benuqson shoh asar haqida qanchalik koʻp maʼlumotga egasiz?
Suratning turlicha versiyalari bormi?
Aslida Mona Lizaning Leonardo da Vinchi va uning shogirdlari tomonidan chizilgan kamida toʻrtta turli xil versiyasi mavjud. Ammo biz hammamiz biladigan va sevadigan asl nusxasi Fransiyaning Parij shahridagi Luvr muzeyida saqlanmoqda. Boshqalarini esa Prado muzeyida va koʻplab shaxsiy kolleksiyalarda topish mumkin.
Mashhurlikka erishish oson emas
XX asr boshlarida, yaʼni 1911-yil Luvrdan oʻgʻirlangunga qadar Mona Liza asari deyarli dovrugʻ qozonmagan edi. Taqdirning hazilini qarangki, shov-shuvli oʻgʻirlik va asarni qaytarish uchun chaqiriqlar uning mashhurligini oshirishga va ommalashuviga sabab boʻldi.
Hayratomuz koʻrsatma
Oʻgʻirlikda fransuz shoiri Giyom Apolliner shubha ostiga olinib, qamoqqa tashlandi. Apolliner bu voqeada doʻsti Pablo Pikassoni aybdor deb hisoblaydi, oʻsha vaqtda u Parijda Pablo Pikasso bilan birga muhtojlikda kun kechiruvchi ziyolilar davrasida yashar edi. Pikasso tergovga chaqirildi. Xayriyatki, tez orada ikkalasiga qoʻyilgan barcha ayblovlar bekor qilindi.
Asarni sotish mumkinmi?
Mona Liza qancha turadi? Ginnes rekordlar kitobida u tarixdagi eng qimmat sugʻurta polisi sifatida eʼtirof etilgan: 1962-yilda uning qiymati 100 million dollar deya baholangan, 2018-yilga kelib, uning qiymati 650 million dollarga baholandi. Biroq fransuzlar uni sotmasligi sababli, asar bebaho hisoblanadi.
Suratda qaysi hudud aks etgan?
Rasmda togʻ manzarasi fonida oʻtirgan ayol tasvirlangan. Baʼzi kishilar baland togʻlar xitoylik rassomlar taʼsirini koʻrsatadi deb hisoblasalar, aksariyat mutaxassislar tasvirdagi maskan Toskanadagi Val-di-Kyana vodiysi ekanligini taʼkidlaydi.

Mona Liza ikkiqat holatida tasvirlanganmi?
Suratga sinchkovlik bilan nazar solsangiz, undagi ayol yuzini xarir parda toʻsib turganiga guvoh boʻlishingiz mumkin. Luvr mutaxassisi Bruno Mottenning fikricha, bu homilador ayollar yoki yaqinda farzandini dunyoga keltirgan ayollar anʼanaviy tarzda foydalanadigan guarnelo deb ataluvchi libosdir.
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
594
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
592



