Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.11.2024 | 11:33

img455

“KO‘NGLIMDA ARMON YOTAR TERSKAYDAGI QOR MISOL…” yoxud To‘ra Sulaymon uy-muzeyi tashvishida bir so‘z

Eng avvalida tuyg‘u ko‘ngilni tebratdi, ko‘ngil fikrni tebratdi, fikr qo‘lni tebratdi, qo‘l qalamni tebratdi, keyin she’r paydo bo‘ldi! She’r esa ilhomni tebratdi, ilhom ovozni tebratdi, ovoz dutorni tebratdi. Uning kuyini tinglaganlar mast bo‘lib, boshini tebratdi.

Alqissa, kun yetdi, baxshi olamdan o‘tdi. Uning firog‘i dunyoni tutdi. Yaxshilardan biri: “Shoirni tez-tez eslab tursak, o‘zi yashagan hovlida uy-muzey qursak, nima deysan, o‘n ming uyli qarindosh”, dedi? Teng-u to‘sh, qavm-u xesh, eldosh-u yurtdosh avvali xo‘sh dedi, keyini xush dedi!   Hukumat bizdan bitta farmoyish dedi! Muzey 2023-yilning dekabr oyida ochilishi lozim edi. Mas’ullar mastmidi yoki shashti pastmidi, shugina ishning ijrosi tuya go‘sht yedi.

Sirdaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachi tashkilot bo‘lgan. Bu ishni “Boyovutlik Islombek trans” MChJ tenderda yutib olgan. Pul kechikkan, ish qolgan, qor yog‘gan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi Azamat Xatamov chizgan eskiz tanlovda g‘olib edi. Uni yasashga mablag‘ berilmay turgani uchun haykaltarosh o‘yga tolib edi, ijod kuzga qolib edi. O‘lmagan qul kuzga yetdi, ishlar yurishib ketdi. Rahbar pulni tebratdi, pul ustani tebratdi, usta randani tebratdi. Ishboshi hushyor bo‘ldi, imorat tayyor bo‘ldi. Lekin shuncha tevalash bilan ham tepsa-tebranmaydigan tashkilotlar sababli muzey eksponatlarini bag‘riga oluvchi buyumlar haligacha yetib kelmadi. Biz muxlislar “muzey qachon bitadi” deb yugurmagan idoramiz qolmadi. Mas’ullar o‘rindig‘ini tebratib-tebratib, jilmaydi-yu, jilmadi. Shularni tezroq tebratib beradigan odam kerak, kutubxonaga kitob, ijodxonaga gilam kerak.

Biz-ku mayli, uch mingdan oshiq eksponat muzeyga mahtal. Shuginalar issiq o‘ringa kirsin-da qishdan avval. Bir uyumining hozirgi manzili – Baxmal. Tag‘in Guliston davlat universitetida bir uyuri, Sirdaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyida bir tuyuri. Shu ishlar tezlab ketsa, guldek muzey bitsa, jonimiz nisor! O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon haykali, ijodining paykali, kitoblari, buyumlari, anorlari, uzumlari, choponlari, dostonlari bir manzilda jam bo‘lsa, xotirimiz jam bo‘lsa… Ana undan keyin maqtoviga men bir yon, To‘ra Sulaymon bir yon.

Shunga endi kim bo‘lar bosh-qosh, maslahat ber, o‘n ming uyli qarindosh.

Arznomani men bitdim oxir,
Yig‘lay-yig‘lay, tugatdim oxir…

Shahriyor SHAVKAT

“Jadid” gazetasining 2024-yil 15-noyabrdagi 47-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img593

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591