10.11.2026 | 18:00
516
KUNJARAGA KUNI QOLGANLAR…
Kunjara – paxta çigitidan yoğ olişda hosil böladigan çiqindi, qoldiq mahsulot. Bu çiqindi tarkibida, ozroq bölsa-da, yoğ borligidan, çorva mollariga töyimli ozuqa hisoblanadi. Söqimga boqiladigan hökizlarga kuniga ikki mahal kunjara yedirilsa, vazni tez oşadi, göşti ham şirin keladi. Şundan bu turdagi çorva ozuqasiga bölgan talab katta – narxi ham arzon emas! Ammo… Katta avlod vakillari xotirasida “kunjara” sözi yomonotliq bölib qolganki, buning jiddiy sabablari bor.

Xorazmning yaqin ötmişida aynan “kunjara” köp eslanadigan ikki davr bor. Birinçisi, 1933-1934-yillar voha tarixiga “Kunjara yili” deb kiritilgan. Sovetlar vohada kuç va qörquv bilan kolxozlaştiriş siyosatini ötkazar ekan, yildan yilga ekin maydonlarining asosiy qismiga paxta ekişni majburiy qilib qöyişadi. Masalan, birgina Gurlan tumanida 1933-yilda 6977 gektar yerga paxta, 160 gektar yerga buğdoy, 84 gektarga sabzavot va 334 gektarga poliz ekinlari ekilgan. Kolxoz a’zolari paxta dalalarining çekkalari va taşlandiq yerlarga ekkan buğdoy yoki boşqa oziq-ovqat ekinlarini ma’muriy organ xodimlari buzib taşlagani natijasida, 1934-yilda oçarçilik yuzaga kelgan. Öşa vaqtlarda hududga temir yöl tortilmagani sababli, buğdoy yoki boşqa mahsulotlar bu yerga daryo orqali taşilardi. Sobiq ittifoqda sun’iy tarzda uyuştirilgan “oçarçilik” tufayli ayrim respublikalarda millionlab aholi oçlikdan qirilib ketayotgan zamonda uzoq voha ahlini kim öylardi, deysiz?
Odamlar oçlikdan jon saqlaş uçun kunjarani suvga ivitib yeyişga majbur böladi. Tarkibida yoğ bölganidan kunjara töyimli keladi, ammo undagi zararli moddalar inson jigarini işdan çiqargan, köpçilik şişib vafot etgan. Kunjarani qatiq yoki sut bilan aralaştirib iste’mol qilganlar omon qolgan, ammo çorva mollari ham “umummulk” sifatida kolxozga olingani uçun köpgina xonadonlarda sut-qatiq qayda?
Arxivlarda saqlanib qolgan hujjatlarda Xorazm okrugi aholisi 1932-yilda 342765 nafarni taşkil qilgan bölsa, 1934-yilga kelib bu raqam 260936 kişiga tuşib qolgan. Salkam töqson ming nafar kişi qayoqqa ketgan? Demakki, “Kunjara yili” yöqotişlari dahşatli darajada katta bölgan, ya’ni, har tört kişining biri oçarçilik qurboniga aylangan. Oradan ön yil ötgaç, fojia yana takrorlanadi: barça oziq-ovqat mahsulotlari majburiy ravişda frontga olib ketilgan, 18 yoşdan 55 yoşgaça bölgan erkaklar frontga va frontorti işlariga safarbar qilinganidan daladagi yumuşlar asosan keksalar, yoş bolalar va xotin-qizlar yelkasiga tuşgan davrda yurtda yana oçarçilik röy beradi. Uyida siçqon izğib yurgan xonadonlar a’zolari yana kunjara yeyişga majbur böladi…
Uruş yillarida vohada aholi soni böyiça ma’lumotlar deyarli saqlanmagan, saqlanganlari ham “maxfiylik” tamğasi ostiga olingan yoki soxtalaştirilgani uçun bu davrdagi “kunjara qurbonlari” soni qança bölganini aniq ayta olmaymiz. Ammo, ikki raqamni taqqoslaş öşa davr yöqotişlarini köz oldimizga keltiradi. 1940-yilda respublikamizda 6 million kişi yaşagan. Oradan ön yil ötgaç (tört yili uruş va olti yili tinçlik davri) aholi soni şu raqamlarda qolgan. 1943-1944-yillarda röy bergan oçarçilikni uruş bilan boğlaş va hukumat tepasida ötirganlarni oqlaş mumkindir. Ammo tinçlik zamonida, yana sovetlar “Barça işçi-dehqon töq va farovon yaşaydigan sotsializmni qurişga jadal kirişgan” davr – 1933-1934-yillarda röy bergan oçarçilikni heç nima bilan oqlab bölmaydi. Bu, aslida, sovetlarning xususiy mulkka qarşi boşlagan kuraşi – ming yillik yaşaş tamoyillari ildiziga bolta urişlari natijasi edi.
Xorazmning sönggi ming yillik tarixiga nazar taşlasak, vohada “oçarçilik” degan baloyi azim kamdan kam holatlarda kuzatilganiga guvoh bölamiz. Bunga esa asosan uruşlar sabab bölgan. 1740-yilda röy bergan Nodirşoh bosqini davrida xonlikda oçarçilik bölgani haqida Abulğoziy Bahodurxon “Şajarayi turk”da, Ogahiy öz tarixiy asarlarida eslatib ötgan. Undayam şahar aholisi bu baloga duçor bölgan, qişloqlarda taqçillik kuzatilgan, ammo oçlikdan heç kim vafot etmagan.
Nimaga? Insoniyat ötroq hayot keçirişga, ovçilikdan dehqonçilik orqali rözğorini boqişga ötgan zamonlardan boşlab ilkidagi yerlarga yil davomida qozoniga tuşişi kerak birlamçi oziq-ovqat ekinlarini hisob-kitob asosida ekiş, parvarişlaş va qiş-u bahorga asraş hadisini olgan. Qal’a-şaharlar paydo bölişi esa öşa muvozanatni yana bir bor qayta körib çiqişni taqozo qilgan. Qal’a-şaharlarda yaşovçi aholi – mulozimlar, hunarmandlar, savdogarlar soni oşa borişi qişloqlardagi dehqonlardan öz rözğorlari qozonidan ortiqça oziq-ovqat ekinlari ekişni talab qilgan. Bu ikki tomonlama manfaatli tizim ediki, dehqon yetiştirgan buğdoy va boşqa oziq-ovqatlarini bozorga solar, qöliga tuşgan pulga rözğor buyumlari, bola-çaqasiga kiyim va boşqa kerakli anjomlarni xarid qilardi. Ayrim yillari ob-havo dehqonçilik uçun qulay kelganida, bozorlar tölib-toşar, arzonçilik kuzatilardi. Suvsizlik yoki suv toşqinlari röy bergan ayrim yillarda esa narx-navo şunga yaraşa kötarilib ketardi. Ammo, biroz taqçillik kuzatilsa-da, heç qaçon oçarçilik röy bermasdi. Bu asrlar davomida töplangan tajriba natijasi, xonlikda öziga xos muvozanat nuqtasi yaratilganining mevasi edi.
Xiva xonligida don mahsulotlari: buğdoy, oq jöxori va arpa katta maydonlarga ekilganini Abulğoziy Bahodurxon tarixiy asarida qiziq bir taqqoslaş bilan körsatib ketadi. Tarixçi hukmdor yozişiça, “buğdoyzorlar atrofini otliq ön kunda aylanib çiqişi mumkin edi”. Otda bir kunda yöl bosiş masofasi qirq çaqirim ekanini hisobga olsak, köz oldimizga aylanasi tört yuz çaqirimlik buğdoy dalalari keladi. Buni hozirgi ölçamlarga olsak, ming-ming gektarlik maydonlar degani.
Faqat bugina emas. Vohada oq jöxori ham köp ekilgan. Uning unidan non, zoğora yopilgan, turli ovqatlar tayyorlangan, poyasi esa çorvaga töyimli yemiş hisoblangan. Arpa asosan otlarga yemiş uçun ekilgan. Bundan taşqari, qovoq, şolğom, sabzi, moş, loviya kabi poliz va sabzavot ekinlari ham me’yorda ekilganki, aholi ularni yil davomida iste’mol qilgan. Daryo ortida yaşayotgan qoraqalpoqlar voha bozorlariga arzon baholarda çorva mollarini keltirganidan, har bir oilaning, heç bölmasa, haftada bir marta qozoni göşt körganini tasavvur qiliş qiyin emas.
1873-yilda çor hukumati xonlikni istilo qilgaç, köp asrlik muvozonatga zaxa yetdi – aholining şakllangan hayotiy ustqurmalari barbod böldi. Keyinçalik tarix kitoblariga kiradigan, neça avlod miyasini yuvgan “zolim xonlar, insofsiz ma’murlar, zulmdan ezilgan oç-u qaşşoq xalq” kabi töqimalar hayotning asl haqiqatlarini yöqqa çiqardi. Yetti emas, yetmiş ajdodi boşiga kelmagan oçarçilik, qahatçilik, yöqçilik yelkasiga tuşgan avlodlar “ötmişda bundan battari bölgan ekan, sovetlar yaratgan kunlarga şukr”, deb yaşayverdilar.
Xonliklarda qişloq xöjaligi bilan şuğullanadigan ziroat vaziri lavozimi bölgan. Bu amaldor zimmasiga xonlikdagi barça maydonlarga ekiladigan ekinlar turini muvofiqlaştiriş, uruğ qadaş muddatlari, suv taqsimotini boş mirob bilan kelişiş va, hatto, bozorlarda oziq-ovqat narxlari mötadilligini nazorat qiliş yuklatilgan. Bu holatni tuproq, harorat, yer osti suvlari baland-pastligiga qarab ayrim hududlar köproq poliz ekinlari yetiştirişga, boşqa joylarda esa şoli östirişga ixtisoslaşganida ham köramiz. Ming yillik tajriba özini töla oqlay olgani oxir-oqibatda oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talab va ehtiyoj mötadilligini yaratgan va yaşab kelgan.
Xonlik bosib olingaç, siyosiy erkinlik bilan bir qatorda ijtimoiy ustqurmalar ham asta-sekin izdan çiqarilgan. Gapni çözmay, tarix kitoblarida keltirilgan bir neçta qiyosiy raqamlarni körib çiqaylik: “Turkistonda ”Amerika“ paxtasini ekiş 1884-yildan tez rivojlana boşladi”, “Toşkent tevaragida 1884-yilda atigi 300 desyatina yerga paxta ekilgan bölsa, 1889- yilda 44 550 desyatina yerga paxta ekildi”, “1890-yilda Turkistonda jami 1 million 282 ming pud paxta yetiştirildi”, “1900-yili Xiva xonligi hududida 80 ming desyatina yerga paxta ekilgan bölsa, 1915-yilda paxta maydonlari hajmi 146 ming desyatinaga yetdi”… Paxta yakkahokimligiga şu tariqa poydevor qöyildi va vaqt kelib, u öz asoratlarini körsata boşladi.
Rahmatli Rözmat buvam bir gap aytgandi: “Momongni yarim qop buğdoyga olganman. Qaynotamga ”sut haqi“ga ikki botmon paxta beray, desam, ”Paxtang qoringa yuq böladimi, bir hovuç bölsa-da, buğdoy keltir“, degan. Yurt notinç, hamma yoqda qahatçilik, oçarçilik sezilib qolgan davrda şu yarim qop buğdoyni el oyoği tinçigaç, yarim keçasi bölğusi qaynotamnikiga eltib berganman. Kunduzi birov körib qolsa, buğdoyni tortib olar, Xudo körsatmasin, öldirib ham yuborardi”.
Ne baxtki, istilo boşiga tuşgan va kuni kunjaraga qolgan bobolarning bugungi avlodlariga bu gaplar ertakka öxşab körinadi. Işonadiganlardan köra, işonmaydiganlar köproq. Baxtimizga muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan qisqa fursatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Ötgan davrda millionlab gektar maydonlar aholiga dehqonçilik qilişlari uçun ajratildi. Paxtaçilik va ğallaçilikka ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari aholi ehtiyojlaridan ziyodroq hosil olyapti. Bu yoqda boğdorçilik, poliz-sabzavot maydonlari yil sayin kengayib bormoqda. Şundan bozorlarimiz tökin, narx-navo mötadil… Endi kunjara faqat çorva mollari ozuqasiga aylangan.
Rözimboy HASAN
“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



