Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.04.2026 | 16:48

img1162

“BOR, TOVOGʻIM… KEL, YAROGʻIM!”

“Bor tovog‘im, kel tovog‘im” matali ming yillar avval yaralib, tor ma’noda qo‘ni-qo‘shnilar, keng ma’noda turli davrlarda saltanatlarning bir-birlari bilan o‘zaro bordi-keldilari, ya’ni savdo aylanmasini anglatadi. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan o‘lkamiz necha asrlar Sharq va G‘arbni iqtisodiy bog‘lab turgan ko‘prik vazifasini o‘tagani ortida ham shu munosabatlar yotibdi. Ammo…

1840-yilda Angliyada paxtani chigitidan ajratadigan “Jin” mashinasi ixtiro qilinadi. Bu mashina yuzta ayolning bir kunlik ishini bir soatda bajara olardi. Uskunaning yaratilishi to‘qimachilik sanoatiga zarur xomashyoga talabni nihoyatda kuchaytirib yubordi. Angliya fabrikantlari paxta yetishtiriladigan Osiyo va Afrikadagi mamlakatlarni nishonga oldi – o‘sha davrdan boshlab bu ikki qit’ada Angliyaning mustamlakalari soni osha bordi. Bu yoqda chor hukumati yurtimizni zabt etish rejalarini oshkora ishlab chiqishga kirishdi. Mustamlakachilarning ishtahasi shu darajada ochildiki, mintaqamizdan chiqadigan mo‘l-ko‘l xomashyoni ko‘p va arzonga olish orzusi kundan kunga “bolalab” boraverdi. Ko‘p va arzon olishning birgina yo‘li bor edi – xonliklarni bosib olish. Aks holda, xonliklar xomashyoni o‘zlarini qoniqtirgan baholarda sotishar, ayrim yillari narx ustida kelishmovchilik sabab paxta kam chiqarilardi.

E’tiboringizga bir hujjatni havola qilamiz. General-mayor Verigin 1826-yil 1-fevralda “Bizning savdomizni O‘rta Osiyoda keng yoyish va uning xavfsizligini ta’minlashning yagona vositasi sifatida Xivani egallash zarurligi haqidagi fikrning qisqacha bayoni” nomli xatini imperator Nikolay birinchiga topshiradi. Verigin xatda mintaqada rus savdosining rivojlanishi, rus sanoat egalari va savdogarlari uchun qulay sharoitning yo‘qligi, ko‘pincha savdo karvonlarining talanishini qayd qilib o‘tarkan, “bu masalada qurol kuchi bilan Rossiyaning obro‘sini ko‘tarish”ni taklif qiladi. U yana xatida: “Inglizlarning Tatariston chegaralariga yaqinlashishi tezda raqobatchilar o‘rtasida xavf tug‘diradi”, degan xulosaga keladi.

Veregin inglizlardan behuda xavfsiramagan. Bu vaqtda inglizlar Afg‘onistonga bostirib kirgandi. Markaziy Osiyoda ingliz kapitalizmining ta’siri sezilarli darajada o‘sgandi. Inglizlar nisbatan arzon va sifatli tovarlarini uch xonlik bozorlariga keltirishni ko‘paytirgan va bir qator sohalarda rus tovarlarini mahalliy bozorlardan siqib chiqargandi. Chor ma’murlarning barcha xatti-harakatlari (hatto o‘zaro savdoda ham) tagida yotgan yovuz niyatlari birgina Veregin xatida emas, Nikolay birinchiga yuborilgan boshqa xatlarda ham aks etgan. Hatto, F.Dostoyevskiy “O‘rta Osiyoni tezroq bosib olish” taklifi bilan podshohga uch marta xat yozgan. Bu xatlar, iltijolar beiz ketmaydi va 1865-yilda general Chernyayevning qo‘shini Qo‘qon xonligi chegarasini buzib o‘tadi.

Qadim Turkistonni bir yarim asr qullikka solgan raqamlarga yuzlanamiz: 1861-yilda Rusiyaga Markaziy Osiyodan 152 ming pud paxta keltirilgan bo‘lsa, 1862-yili bu ko‘rsatkich 405 ming pudga yetgan. Ikki yildan so‘ng esa 704 ming pud paxta xarid qilingan. Uch yilda deyarli olti karra o‘sish. Shu muddatda Yevropa bozorlaridan olib kelingan paxta keskin kamaygan. Masalan, 1861-yilda 2491 ming pud paxta keltirilgan bo‘lsa, 1863-yilda bu raqam 587 ming pudga tushgan. Deyarli, besh marta kam! Chor hukumati uchun Turkistondan paxta olish samarali bo‘lgani ushbu qiyoslamada ko‘rinadi.

Uch xonlikda yetishtirilgan paxtani Chor Rusiyasiga olib borayotgan savdogarlar ham anoyi emasdi. Ular talab oshganini ko‘rib, narxini ham ko‘targan. Masalan, 1861-yili Moskva va Nijniy Novgorod bozorlarida bir pud paxta 4-5 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 1863-yilga kelib, bir pudi 22-23 so‘mdan pullangan. Shuncha miqdor paxta tuya karvonlarida ming mashaqqat bilan olib borilgani alohida mavzu. Paxta tannarxining bu qadar keskin oshishi qayta ishlovchi fabrikalarni inqiroz ostonasiga olib kelgan. 1860-yilda ishlab turgan 57 ta yigiruv fabrikasidan 1863-yilga kelib 35 tagina, 659 to‘qimachilik fabrikasidan esa 338 tasigina qolgan. Paxta narxining o‘sishi Yevropa paxtasidan voz kechib, nazarlarida “arzon va sifatli” deb bilgan Turkiston paxtasiga ko‘z tikkan chorizm sanoatchilari va siyosatchilariga yoqmadi. Ular bozor siyosatini tan olmadi – g‘irromlik yo‘liga o‘tdi. Xonlarga yuborilgan turli sovg‘alar ish bermagach… endi hosildor yerlarga ega o‘lkani bosib olish tashvishiga tushdi.

XX-asrning birinchi yarmi oxiri va ikkinchi yarmida Rusiyaning katta shaharlarida chop qilinadigan gazetalar taxlamlarini varaqlasangiz, Markaziy Osiyoni tezroq bosib olish haqida turli darajadagi kishilarning maqolalariga ko‘zingiz tushadi. Hukmron doiraning ayrim vakillari, ayniqsa, diplomatlar bu boradagi reja va loyihalarini uyalmay-netmay bayon qilgan. Ayrim mualliflar bu ishimizga dunyo hamjamiyati qanday qaraydi, degan mulohazaga borgan, ammo ko‘pchilik ovozlar ularning saslarini bosib ketgan. Matbuotda bu masala bejizga ko‘tarilmagan. Shunday targ‘ibot orqali jamiyat katta urushga hozirlangan. Agarda dunyo hamjamiyati bu borada norozilik bildirsa, bahonalari: “Buni podsho emas, oddiy xalq istayapti!” deyish kerak bo‘lgan.

Rusiya bozorlariga paxtani mahalliy savdogarlar olib borgan va ular rus tilini yaxshi bilgan. Yil davomida savdo yarmarkalarida savdogarlarning doimiy vakillari ishlagan. Savdogarlar nahotki o‘sha gazetalarni o‘qimagan bo‘lsa? O‘z yurtlarini bosib olish haqidagi chaqiriqlar quloqlariga sira chalinmagan bo‘lsa? O‘qigan, eshitgan bo‘lsa, nega bu haqda xonlarni ogohlantirishmadi? Nega bu yurtdan oyoqlarini tortishmadi? Agarda bu haqda xonlarga yetkazilgan bo‘lsa-yu, ular “otameros” maishati va bir-birini g‘ajishdan bo‘shamagan bo‘lsa… kimni ayblashimiz kerak? Gumrohlik bundan ortiq bo‘ladimi!..

Istiqlol zamonasiga kelib, tabiiy boyliklarga ega, serhosil yerlarida barcha turdagi oziq-ovqat va yengil sanoat uchun zarur texnik ekinlarni jahoniy andozalarda yetishtirayotgan tadbirkorlarimiz dunyoning barcha davlatlari bilan teng huquqli savdo-sotiqni yo‘lga qo‘yishgani, bunga davlatimiz olib borayotgan global siyosat mustahkam poydevor yaratgani qadim “Bor tovog‘im – kel tovog‘im” mataliga ikkinchi umr bag‘ishlaganini alohida qayd qilish kerak.

Ro‘zimboy HASAN

“Jadid” gazetasining 2026-yil 17-apreldagi 16-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600