Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.05.2024 | 16:39

img7531

“-LAR” QO‘SHIMCHASI HAQIDA

“-lar” qo‘shimchasi to‘g‘risi­dagi fikrni quvvatlaganlardan minnatdorman. Shu munosabat bilan quyidagilarni qayd etish maqsadga muvofiq. “-lar” ikki funksiya bajaradi.

Birinchi funksiya – ko‘plikni ifodalash. Albatta, “viloyatlardan xush­xa­bar­lar”, “odamlarning naqshidir“ (Navoiy), “kitoblarni taxlab qo‘y” deymiz. Agar sanaluvchi oldida -ta, nafar va boshqa mohiyatan ko‘plikni bildiruvchi vosita kelsa, “-lar” qo‘shilmaydi, chunki “seryog‘ dumba” kabi ortiqchalik yuzaga keladi. Misol uchun, “yuz kishi” deyish to‘g‘ri, ammo “yuz kishilar” deyish noto‘g‘ri. Qiyoslang: “ikki kishi” – “ikki kishilar” yoki “bir juft kishilar”. “Beshta kitoblar” deyish sheva emas (sheva qadimiy bo‘ladi), yaqinda rus va ing­liz tillaridan ko‘chirma qilish natijasida paydo bo‘lgan, xolos: 5 men, 2 books, 10 книг, 20 штук яиц. Bu an’ana davom etguday bo‘lsa, “men shimlar kiydim”, “ko‘zoynak­larimni taqdim” deyish boshlanib qolishi hech gap emas.

Ikkinchi funksiya: hurmatni ifodalash. Misol uchun, “Otam uydalar, choy ichyaptilar” – bu joiz, ammo “Otamlar uydalar” – shak­lan ham, ma’nan ham xato, “choylar ichyaptilar” deyish esa kulgili. Hurmat ma’nosida “-lar” gapning egasi hurmatga loyiq shaxs (ya’ni inson) bo‘lganda gapning kesimigagina qo‘yilsa joiz: “Ustoz kitobidagi maqolani o‘qishni tavsiya qildilar”. Xuddi shu fikrni “ustoz kitoblaridagi maqolalarni o‘qishni tavsiya qildilar” deyish noto‘g‘ri, chunki tinglovchi bir necha kitobning har biridan bir nechtadan maqolani tavsiya qilgan ekan, deb tushunadi. Ayni paytda “-lar”ni qo‘shsa hurmat bo‘ladi, aks holda hurmatsizlik bo‘ladi, deyish ham mutlaqo noto‘g‘ri. Ayniqsa rasmiy nutqda (jumladan, “oynayi jahon”da gapirganda) “-lar” qo‘shimchasini qo‘llayverish durust emas, uni suiiste’mol qilish esa hurmat emas, aksincha, tilyog‘lamalikni bildiradi. 

Shevada “-lar” hurmatni emas, aksincha, hurmatsizlikni bildirishi mumkinligini ham unutmaslik ke­rak: “Yozlaring!” – shevaga xos, keng tar­qal­gan, ko‘pchilikni mensimaslik ifodasi. Hali-hozir o‘zbek adabiy tili grammatikasiga kiritilmadi. “Kiritmoq­chimisanlar? O‘l(ma)la­ring!”. To‘g‘ri shakl: “Yozing!” “Yo­zing­lar!” desa adabiy tilga muvofiq bo‘ladi. O‘smir o‘zining o‘rtoqlariga tanaffusda “Yozmaysanlarmi?” de­yishi joiz, ammo sinfda bunday deyishi odobsizlik. O‘qituvchi tomonidan aytilsa xato, chunki o‘qituvchi ziyoli, o‘quvchi­­lariga namuna bo‘lishi ke­rak. (Vallohu a’lam bis-savob.)

Abdulla A’ZAM

 “Jadid” gazetasi 2024-yil 10-may 20-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img593

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591