19.07.2024 | 17:00
551
Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rildi – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi
“San’atkorlar mehmon sifatida ishtirok etadigan teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar ham bisyor bo‘lib, bu yaxshi tendensiya, albatta. Ammo masalaning yana bir jihati borki, bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir auditoriyagina taniydigan yoki bo‘lmasa litsenziyaga ega bo‘lmagan ijodkorlar ham ana shunday ko‘rsatuv va eshittirishlarga mehmon sifatida chaqirilmoqda. Vaholanki, har qanday san’atkor o‘z ijodini taqdim qilishda, ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni aholiga yetkazish uchun litsenziya talab etiladi”, deyiladi xabarda.

“To‘y marosimlari, oilaviy bazmlar, barlar va restoranlardagi yig‘inlarda ham litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatish holatlari ko‘paymoqda. Shu o‘rinda, bunday faoliyat noqonuniy ekanligini ta’kidlab, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda xalqimizdan xizmatga taklif etilayotgan boshlovchilar, san’atkorlarning litsenziyasi bor yoki yo‘qligini aniqlashtirishga, litsenziyasiz ijodkorlarning xizmatidan foydalanmaslikka chaqirib qolamiz”, deydi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi
Yakkaxon ijrochi konserti (bitta ijrochining yakkaxon konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan ko‘p ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etishga, restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat ko‘rsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to‘ylarda (FHDYOdagi marosim, “osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish – “nikoh to‘yi” marosimi, “kelin salom” marosimi), “sunnat to‘yi” marosimiga xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar tashkilotlarda – klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat ko‘rsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, ma’mur va boshqalar)ga litsenziya talab qilinadi», deyiladi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabarida.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
160
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
154
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
357



