21.05.2026 | 09:34
1755
MAHMUD SUBOY KIM?
Jadid davri hikoyachiligini o‘rganar ekanmiz, Mahmud Suboy nomiga duch kelamiz. U kim edi?
Professor Shodmon Hayitov va Kamol Rahmonovning “Mahmud Suboh (Subay) kim edi?” maqolasida yozilishicha, Mahmud Suboy “Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topgan dastlabki yillarda Maorif nozirligining umumiy ishlar bo‘limi mudiri lavozimiga taklif etilgan”. U rus, arab, fors va turkiy tillarni puxta bilgan.

Qozon ma’rifiy va adabiy muhitida voyaga yetgan Mahmud Suboy 1921–1923-yillarda “Buxoro axbori” gazetasida ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi maqolalari bilan faol ishtirok etgan. Uning “Yuzni yuvmoq bilan oqartirmoq kabi qalbni-da o‘qimoq bilan oqartirmoq kerak”, “Maktab faqat xat savodsizlikni bitiraturg‘on bir hunarxona emasdur. Maktab haqiqiy ma’nosi ila inson chiqaraturg‘on oliy maqsadli buyuk bir muassasadir” singari teran fikrlari e’tirof etiladi.
1921-yilda Buxoro hukumati tomonidan o‘zbek tilini davlat tili sifatida qo‘llash to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra hukumat idoralarida kim o‘zbek tilida ish tutmasa, jarimaga tortilishi belgilangan. Ammo qonun ijrosi, bir yil o‘tsa-da, paysalga solinayotganiga, hujjatlarning yarmi rus tilida yuritilayotganiga Mahmud Suboy jim qarab tura olmagan. “Buxoro axbori” gazetasining 1922-yil 2-noyabr sonida e’lon qilingan “Til masalasi” maqolasida til sofligini saqlash to‘g‘risida fikr-mulohazalarini taqdim qilib, “Hukumat tili shu hukumatning xo‘jasi bo‘lg‘on xalqning ona tilidur. Shu til bilan uning adabiyoti negizlangan, qalbining teran yerindan o‘rin topg‘ondur”, deb ta’kidlagan.
Qahramonimiz iste’dodli yozuvchi hamdir. Buxoroda yashab, ishlagan kezlarida uning “Abuvarajaxon”, “Hikoyalar”, “Kichik hikoyalar” kitoblari chop etiladi. U ilmiy-publitsistik, badiiy asarlar yozish bilan birga, rus, turk, arab, fors tilida yozilgan asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Buxoro hukumati tugatilganidan keyin Samarqand va Toshkentda ishlab, “Bilim o‘chog‘i”, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” kabi jurnallarda o‘nlab maqola, badialar e’lon qilgan. 1925–1928-yillarda “Maorif va o‘qitg‘uchi” jurnalida “Omonat”, “Shifoli suv”, “Tilanchi”, “Turmush va kelin”, “Turmush va o‘lim”, “Chin va yolg‘on”, “Asosli asos”, “Inqilob manzaralari”, “O‘zgarish vaqtida”, “25-oktyabr”, “Tarixiy kunlar” kabi hikoyalari e’lon qilingan.
Muallifning tavalludi va vafoti haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan.
Xoliyor SAFAROV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 15-maydagi 20-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
62
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



