Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.03.2025 | 16:00

img661

MALIKCHO‘L SHOIRI YOXUD SHOIR ODIL HOTAM HAQIDA SOQIY NIMA DEYDI?

Qadim karmanalik tub shoir, jurnalist va muallim Odil Hotamov butun umrida, boshqa hech qayerga qo‘zg‘almasdan, bir yerda muqim yashadi. Bu bilan dunyoda Karmanadan ham go‘zal joy yo‘q demoqchi bo‘ldi. Tuman gazetasini chiqardi. Unga yuragining qo‘rini berdi. Ko‘zining nurini bag‘ishladi. Yosh shoirlarni to‘pladi. Shogirdlar yetishtirdi. Karmanaliklarning dardlarini teng bo‘lishdi. Ularni tinglashdan hech qachon charchamadi. 

Qiziltepa degan Xudo yarlaqagan bir tabarruk joyda ham xuddi shunaqa bir muharrir bor: Rahimjon! U ham butun Qiziltepaning kirom ahlini gazetasi sahifalarida yaxshiliklarga o‘rgatdi va mudom ezguliklarga chorladi. Xalq ichidan doim shunday xalqparvarlar yetishib-chiqib turadi-da!

Odil Hotam o‘z she’rlari inson zahmatlariga davo va malham bo‘lishini orzu qildi. U respublikada katta-katta lavozimlarda ishlashi mumkin edi. Bunga aql-idroki, bilimi, fe’l-atvori kifoya qilardi. Ammo tug‘ilgan yeri unga shu qadar aziz ediki, bu jonbaxsh, safobaxsh yerni tashlab ketishni istamadi. Karmana ham uni o‘z issiq bag‘ridan bo‘shatmadi, tarix uni o‘ziga qattiq chirmab olgan, ilhombaxsh poeziyani ham, ma’sum muhabbatini ham shu Xudo yarlaqagan yerdan topdi.

Karmana necha ming yillik tarixlarga shohid. Bu yerlarda ayqirgan Zarafshon, bu yerlarda modariy taraqqiyotning Sarmishi. Bu yerlarda ko‘hna turk makonlari Konimex va bora-borguncha, keta-ketguncha Malikcho‘l (uni o‘zbeklar O‘rtacho‘l ham deydilar. O, bu O‘rtacho‘lning kontinental sarin havosi!). Ming yillar osha karvonlar Karmana yo‘llaridan o‘tadi. Sal narida avliyomakon Buxoro, yana biroz berida buyuk Zarafshon tog‘lari. Sir-sinoatga to‘la Sarmish g‘orlari. Minglarcha yillarning insoniy yodgorliklari. Naqsh-u nigorlari! Ularni tashlab qayerga ketsin shoir! Odil ularning barini tarixiy teranligi va mahobatida ifodalashga so‘zlar, ta’riflar topdi. Karmanadagi tunlar, kun o‘rtasi, sahar chog‘laridagi sarin havolar fayziyob Zaminning yana qaysi go‘shalarida topilarkan? Bularni qayerga tashlab ketsin Odil Hotam! U she’rlarida Karmana ruhini topdi. Odil Hotamni tarix bag‘ridagi odam deb ta’rifladik. Bu Karmana va atrof shukuhining ham ta’rifi. Mana:

Bobomeros eng teran qayg‘u
Balxtutday chayirdir naqlim…

Baytning mazmuni ozgina uning ustida shoshmasdan o‘ylasangiz chiqadi. Karmana va atroflarining, chunonchi Konimexning butun ma’nosi mana shu chayirlikda. Bu chayirlikni cho‘llar tarbiyalagan. Odamlar ham chayir, korafta. Qiyinchilik oldida qarab o‘tirmaydi. Yo‘l, chora topadi. Chayirlikda gap ko‘p. Va yana puxtalik, pishiqlikda. Karmana shu uch odamiylik bilan asrlarki omonlikda istiqomat qilib keladi. Chayir, puxta, pishiq bo‘lmasang, bu yerlarda adl oyoqda turolmaysan. Tarix yaratolmaysan. Yana shu chayirlikka o‘xshagan chiyralgan so‘zlar bor. Odil Hotam shunday so‘zlarning aniq ta’riflarini topgan. Ular Konimex, Uchtut, Ko‘hak quduqlarining zulmat tublarida yotadi. Va yoshi ham kamida o‘n ming yildan kam emas. Mana:

Zuvalasi pishiq, qaddi tik,
O‘jar xalqim yerni gullatgan…

“PISHIQ”, “TIK”, “O‘JAR”. Bular “CHAYIR”ni to‘ldiradi. Chayir bosh belgi. Fazoviy belgi. Karmananing qiyofasini ko‘rdingizmi, his qildingizmi? Yurt xarakteri shakllangan manbalar, manshalar. Odil Hotam ijodi mana shunday ta’riflarni topolgani bilan badiiy qimmatli. U donishmandga ham o‘xshaydi.

Biz turkiylar cho‘llardan chiqqanmiz, cho‘llar bilan tug‘ishganmiz, cho‘llarga tarixiy kindiklarimiz bog‘langan. Cho‘llarni sevamiz. Xudo bizni siylagan va cho‘llarini bergan. Shuvoq, yantoq, saksovul, ermanni qavm-qarindosh tutganmiz. Bizdan yantoq isi keladi. Yantoq isli xalqmiz. Tog‘lar boshimizda. Daryolar “OBID” deb ataydi. Ular tabiatning doimiy ibodatini doimiy ado etadilar.

Nafas olayotgan g‘ishtlardan hamon
Moziy gullarining bo‘ylari anqir,

shoir shunday yozarkan, buni bo‘ytumor qilib olgimiz keladi. Shoir yana yozadi:

Rabotim darvozasi
Kelajakka ochilgan.

Malikcho‘l shoiri shunday deb yozgan. Uning darvozasidan chin olam ochilmoqda. Endi bu – bizning olamlarimiz.

Odil Hotamovning “Xirmon” deb nomlangan “Saylanma”sini o‘qib zavqim toshadi. Cho‘ldagi quduq oldida o‘tirganday bo‘laman. Kitobning nomi meni o‘ylatadi. Qadimiy so‘g‘diy tilimizda “xarmana” Katta saroy degan ma’noni anglatarkan. Tarixni yaxshi bilgan Odil Hotam “Saylanma”ni “Xirmon” deb atab, uning ko‘hna tarixiy ma’nosiga ham ishora qilgan. Bu xirmon atrofiga uning qator-qator shogirdlari, jumladan, Vafo Fayzulloh ham jam bo‘lishgan, ular ustoz ijodidan, uning ma’rifatli so‘zidan bahramand.

Odil Hotam yaltiroq she’r yozmasdi. Nondek sodda va odamning kuniga yarardi. Nonga bezakning hojati yo‘q. She’rning bezagi ham, ehtimol, uning o‘tmishida qolgandir. Ammo u – ma’rifatimizning rizq-ro‘zi. Men har kuni ertalab eshigimdan ikkita tandir non va ikki qator she’r kirib kelishidan quvonaman. Ular hayotga ajib mazmun bag‘ishlaydi. Misol uchun shoirning “Saylanma”sidan manavi to‘rt qator she’rni o‘zim uchun yozib oldim:

Bulutlar ham horiydi,
Tug‘iladi sharshara.
Ayol ko‘zi yoriydi,
Davom etar shajara…

Odiljonning “Sharshara”ga “shajara”ni qofiya qilayotganini ayting. Bunga ota-bobo shoirimiz Lutfiyning tom zavqi kelgan bo‘lardi. Bu yerdagi ajib aylanani ayting. Men o‘zim she’rni aylana deb bilaman. Qalb va koinotning aylanasi. Uning tegrasida ilohiy turkumlar aylanadi. Odil Hotam she’rlarida xayol va hayotning shunday moʻjiza aylanalari ko‘p. Faqat endi ularga aylana deb qarayapmiz. Bu aylanani spiral ham deyish mumkin. Spiralning yurakdan joy olishi oson va mustahkam.

Shoirdan Katta saroyday she’rlar qoldi. Bular chin bepoyon Malikcho‘l she’rlari.

Chindan, ularning zavqi bo‘lak.

Ibrohim GʻAFUROV,
O‘zbekiston Qahramoni

“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-martdagi 11-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596