Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.12.2024 | 11:39

img498

“Ma’rifat karvoni” Vatan kezadi

“Tamaddun. Madaniyat. Ma’rifat” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot karvoni yo‘lga chiqdi. “Karvon” so‘zining tanlanishi ham juda yaxshi topilma bo‘libdi. Chunki karvonlar ellarga har doim orziqib kutgan yangiliklar, boylik, ashyo, ne’matlar bilan kirib kelgan.

Bu gal karvon “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihasi doirasida yo‘lga chiqdi. Tuyalarda emas, O‘zbekiston Boinglari qanotida, Afrosiyob po‘lat tulporlarida. Tuya karvonlari 40 kunda yetib borgan Nukusga targ‘ibotchilar nari beri bir soat deganda yetib borishdi.

Karvonning yuki bebaho. Oltin-kumush, mo‘yna, gazmol, chinni emas, ulardan qimmat mollar – yangi kitoblar, yangi bilim, yangi texnologiya, yangi g‘oyalar. Hamsafarlar ham tujjorlar emas, olim, notiqlar. Poytaxtdan borgan olim, ziyolilar, hududlardagi hamkasblar bir-birlarini bag‘irlariga bosishdi. Diydorga, ma’rifatga tashna dillar qondi. Uchrashuv ketidan uchrashuv, davra suhbatlari, savollar, javoblar, hayrat, fikr almashuvlar, o‘rgatib-o‘rganishlar boshlanib ketdi.

Nukusdan Amudaryogacha, Amudaryodan Mo‘ynoqqacha, Qoraqalpog‘istonning eng chekka ovullari bepoyon muloqat maydoniga aylandi. Onlayn translyatsiyalar tadbirlarni peshma pesh ijtimoiy tarmoqlarda ulashib bordi.

Islom sivilizatsiyasi markazi yosh olimlarining ma’ruzalari tinglovchilarda hayrat uyg‘otdi. Ular diyorimizdan chiqqan allomalarimizning aniq fanlar bo‘yicha qilgan kashfiyotlarini bugungi sivilizatsiya bilan bog‘lab tushuntirishdi. Agar ular bo‘lmaganida hozirgi sivilizatsiya bo‘lmasligini dalillar bilan isbotlab berishdi. Bu misollarni aytib, bolalarimizni aniq fanlarni o‘rganishga ko‘proq jalb qilishimiz kerakligini uqtirishdi.

Chet ellardan keltirilgan noyob qo‘lyozmalar, hujjatlar ko‘rsatildi. Islom sivilizatsiyasi markazi binosining qurilishi to‘g‘risidagi videofilm va boshqa media asarlar ko‘rsatildi. Bu esa uchrashuvlarni nafaqat qiziqarli, balki foydali, tarbiyali bo‘ldi. Zalda o‘tirganlar so‘zga chiqib, ichki turizm bilan poytaxtga borib, Islom sivilizatsiyasi markazi binosini ko‘rishni niyat qilishganini aytishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan hojilarimizdan biri ko‘zda shodlik yoshlari bilan oxirgi yillarda haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshganini, keyingi 7 yilda 60 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz hoji bo‘lishganini aytdi. Bu ne’matlar uchun nima qilishimiz kerak”, degan savolni o‘rtaga tashladi. Yuzlab qatnashchilar “Shukr”, deyishdi. Notiq “Shukrning amali nima?”, dedi. Biroz jimlikni ko‘rib, o‘zi javob berdi: “Aytish”. Bir birlarimizga elimizda bo‘layotgan yaxshiliklarni aytish shukronamizni bildiradi, dedi. Odamlar hoji otaga tan berib, olqishladilar.

Uchrashuvlarda Prezidentimizning Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlari ma’nosi tushuntirib berildi. Eng muhimi, ushbu ma’ruzalarda ko‘tarilgan g‘oya va tashabbuslar tushuntirildi. Notiqlardan biri “Men prezidentim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun nima qila olaman?”, dedi va o‘zi javob berdi. “Hurmatli Prezidentimiz O‘zbekistonimizning yashillik darajasini 30%ga ko‘taramiz, dedilar. Men o‘zimga savol berdim: “Ey Jahongir. Bu milliy ishga sen qanday hissa qo‘sha olasan”, deb o‘yladim va eshigim oldiga 7 tup poloniy ekdim. Agar har birimiz o‘z hududimizni 30% yashil qilsak, mahallamiz 30% yashil bo‘ladi. Har mahalla 30% yashil bo‘lsa, tuman, shahrimiz 30% yashil bo‘ladi. Har tuman, shahar yashil bo‘lsa, hududimiz, har hudud yashil bo‘lsa, Prezidentimiz aytganlaridek, jonajon O‘zbekistonimiz yashil makon bo‘ladi”, dedi.

Zalda o‘tirganlar uni o‘rinlaridan turib olqishladilar. Uchrashuvlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda. Bu gal tadbirlarning qamrovi katta. Misol uchun, bir tadbirning o‘zida 306ta maktabdagi 400 nafardan ortiq soha xodimlari, bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etishdi.

“Ma’rifat karvoni” yo‘lda. Unga peshvoz chiqing, vatandosh.

Muhammadjon QURONOV,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img63

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img321