Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 10:15

img255

MA‘RIFATGA YURAGIDAN YO‘L OCHGANLAR

Dunyoda ajoyib ishlar ko‘p. “Ko‘chmanchi”, “suzuvchi”, “intizomsiz”, “yer osti” kabi maktablar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarni o‘qiganman. Ammo atigi to‘rt xonali ta’lim dargohi haqida eshitmagandim. Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida bir tadbirkor himmati bilan qurilgan yangi o‘quv maskani haqida maqola yozish niyatida qahramonlarimni qidirdim. “Xudo degan quliga, keltiradi qo‘liga”, deganlariday, direktorning o‘zi Toshkentda malaka oshirayotgan ekan. U bilan suhbatimiz o‘sha, atigi to‘rt sinfxonasi bor maktab haqida bo‘ldi.

Mazkur “mini-maktab” uzoq o‘tmishda emas, 2017-yilda foydalanishga topshirilgan. Sinfxo­nalari yetishmasligi bois oxirgi dars soatlari qisqartirilib, mashg‘ulotlar uch smenada olib borilar edi. 2017-yilgacha shu bino ham yo‘q, o‘quvchilar hovlilarda, dala shiyponida o‘qigan kunlari bo‘ldi. Gap 18-maktabga qarashli hududning qamrov jihatidan kattaligida edi, Salom bobo va Boboqul Jumayev nomli ko‘cha­lardangina iborat qishloqchadagi o‘quvchilar yetti kilometr olisdan maktabga qatnardi. Biz aytayotgan “to‘rt xonali maktab” binosi aholi­ga qulaylik yaratgan o‘shanda. Axir qishli-qirovli kunlarda uzoq masofani piyoda bosib o‘qishga qatnashning o‘zi bo‘ladimi? Aholiga qulay hududda maktabning filialini ochish esa favqulodda ko‘rilgan chora edi.

Xullas, o‘quvchilarning ta’lim olishi bir qa­dar yo‘lga qo‘yildi, lekin muammo bor edi. Dars soatlari asosiy maktab shart-sharoitidan kelib chiqqan holda taqsimlanar, filialda bitta fandan bir necha o‘qituvchi almashib saboq berardi. Bundan tashqari, bu yerda bilim olayotgan o‘quvchilar fan olimpiadalariga ham umumta’lim maktabidan borgandek qatnasha olmasdi.

Har ishning o‘z vaqti soati bor. 2023-yilda “Obod qishloq” dasturiga oid masalalar bilan “Oydin” mahallasiga kelgan mutasaddilar orasida “Sulton Tex Group” kompaniyasi rahbari Nurbek Ergashev ham bor edi. Uning e’tibori kutilmaganda ana shu 18-umumta’lim maktabining “yetimcha” filialiga tushdi. Tadbir­kor tezlik bilan bir qarorga keldi. “Maktabcha”ni maktab ko‘rinishiga keltirish harakatlarini boshlab yubordi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, 160 o‘rinli yangi maktab binosini qurish uchun yuz nafardan ziyod ishchi jalb etildi. Ish ikki smenada tashkillashtirildi. Ko‘ngilli o‘qituvchilar jamoasining yordamidan ham foydalanilmadi.

– Men rahbar bo‘lganim bilan, bu mak­tab­ga oid muammolarda kalavaning uchini topol­mas­dim, – deydi direktor Oybek Abra­yev. – O‘zim maktab qurolmasam… Tadbirkor Nur­bek akaning e’tibori tushishi omadimiz kelgani edi aslida. U kishi jamoani biror ishga aralashtirmadi. Ellik sakkiz kunda yangi maktabni qurib bitkazdi.

Darhaqiqat, “Sulton Tex Group” kompa­niyasi rahbari qurilishni shaxsan o‘zi nazorat qildi. Ishni jadal va sifatli tashkil etdi. Ilm maskanini to‘liq jihozladi ham. Zamonaviy partalar, o‘n yettita so‘nggi rusumdagi kompyuter va bitta monitor, ikki mingta badiiy kitob bilan ta’minladi. Ayniqsa, isitish tizimiga alohida e’tibor qaratdi. Oybek Abrayevning aytishicha, hatto maktab ochilishi oldidan uyushtirilgan hasharda, katta tadbirkor bo‘lishiga qaramay, yeng shimarib ishladi. Parta tashish kerak bo‘lsa, parta tashidi, deraza oynalarini artayotganlarga qo‘shi­­lib oyna tozaladi. Bu nishonliklar orasi­da uning obro‘siga obro‘ qo‘shdi, aholi Nur­bek Ergashevning saxiyligini, kamtarligini olqish­ladi. Yangi maktabning ochilish marosi­miga quruvchilar va ishchilar taklif etilib, tadbir­kor tomonidan har biriga xizmat haqidan tashqari, ezgulik yo‘lidagi mehnati uchun besh million so‘mdan berildi.

Ha, aytgancha, yangi maktab butkul yangi­landi. 18-maktab tarkibidan chiqarilib, 44-sonli umumta’lim maktabiga aylantirildi. O‘ttiz nafar muallim darslarga doimiy mas’ul o‘qituvchilar sifatida biriktirildi. Birinchi marta bu mustaqil maktab fan olimpiadasining tuman bosqichi­ga o‘quvchilarni chiqardi. Bugun maktabda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori ham bor.

Har ishda bir hikmat bo‘ladi. Chekka hudud­dagi kichik maktabga katta tadbirkorning nazari bekorga tushmagandir. Kelajakda bu maktabdan uning o‘zidek ma’naviyat va ma’rifatga yuragidan yo‘l ochgan sarmoya­dorlar yetishib chiqsa, ajabmas.

Ayni paytda maktabda qariyb 150 nafar o‘quvchi ta’lim olyapti. O‘n ikkita fan to‘ga­ragi, to‘qqizta sport to‘garagi ishlab turibdi. Kutubxonadagi kitoblar soni ham besh ming­taga ko‘paydi. Darslar avvalgidek, ikki-uch emas, bir smenada tashkil etildi. O‘quvchilar bo‘sh vaqtlarida o‘zlari qiziqqan to‘garak yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlarda bilimlarini mustahkamlayapti.

Maktab rahbari ham ba’zan tanish-bilish­larini ishga soldi, o‘z yonidan xarajat qilib, maktabni ko‘kalamzorlashtirishga bel bog‘ladi: uch yuz tup archa, besh yuz tup mevali daraxt ekdi. Arteziandan quvur torttirib, ekin-tikin uchun suv chiqardi. Qarshidagi gul bozorini oralab, maktab atrofini gulzorga aylantirishga kirishdi. Tadbirkorning o‘tgan-qaytganda mak­tab­dan xabar olishi unda mas’uliyatni kuchay­tirdi.

– O‘zimiz ma’rifat sohasida ishlasak ham, bu sohaga mehrni Nurbek Ergashevdan o‘rganyapmiz. U kishining fidoyiligiga havas qildik, – deydi direktor. – Bir necha marta maktabimiz uchun qancha mablag‘ sarf­laganini so‘rasam, har gal gapni boshqa mav­zuga burib yuboradi. O‘zimning xom­cho‘tim bo‘yicha, 6-8 milliard so‘m xarajat qilgandir. Ba’zan bitta kitob sotib olishga o‘ylanib qolamiz. Nurbek akaday bag‘rikeng odamlar esa millat uchun maktab quryapti, deyman o‘zimga o‘zim…

Ha, yuqorida o‘qiganlaringiz rost gaplar. Biz yashayotgan zamonda jadidlik harakati davom etayotgani ham rost. Ular maktab­lar barpo etyapti, kutubxonalar quryapti. Ming-minglab kitoblarni hadya qilyapti. Tolibi ilmlarni qo‘llayapti, dunyo tamadduniga his­sa qo‘shyapti. Faqat buni ko‘rish uchun atrofga ko‘ngil ko‘zi bilan qarash kerak. Qachonki atrofga ko‘ngil ko‘zi bilan boqsak, yaxshilar va yaxshiliklarni ko‘rgaymiz.

Muhayyo PIRNAFASOVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 23-fevral 9-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600