Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 15:01

img397

DUNYONING ENG ULUG‘ IMORATINI QURAYOTGAN INSONLAR

Tahririyatdan: Farzandlarimiz kelajagini o‘ylagan ma’ri­fat­parvar zamondoshlarimiz bor ekan, demak, xalqimiz ma’naviyati yuksalib boraveradi. Prezidentimizning 2023-yil “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ustozlarga yo‘llagan tabrigida shunday satrlar bor: “Bugungi kunda mamlakatimizda maktab ta’limini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish umummilliy harakatga aylanib bormoqda. Xusu­san, navoiylik Abdukarim Saksonov, samarqandlik Quyosh Haqberdiyev, Ilhom Rustamov, buxorolik Oybek Namozov, qashqadaryolik Nurbek Ergashev kabi o‘nlab tadbirkorlarimiz o‘z hududlarida yangi maktablar qurgani, ta’lim dargohlarini kapital rekonstruksiya qilib, zamonaviy asosda jihozlab bergani, ohangaronlik oqsoqol shoirimiz Barot ota Isroilov esa hovlisida kutubxona ochib, uni o‘z hisobidan 10 mingta kitob bilan ta’minlab, bu ma’rifat maskanini qishloq o‘quvchilariga sovg‘a qilgani har qancha tahsinga sazovor”. Gazetamizning mazkur sonida davlatimiz rahbari tabrigida ta’kidlab o‘tilgan navoiylik tadbirkor Abdukarim Saksonov haqida hikoya qilamiz.Turkiston jadidlarining fozil namoyandasi Abdulla Avloniyning “Maktab – dunyo imoratlari ichida eng ulug‘idir”, degan so‘zlarida chuqur ma’no bor.

Oramizda shunday insonlar borki, ular o‘z dardi, tashvishidan ortib, dunyoning eng ulug‘ imoratini qurmoqdalar. Ha, shunday zamonadoshlarimiz borki, ular o‘z faoliyatlari davomida bor bilimi va tajribasini yurt, xalq farovonligi uchun safarbar etadi. Albatta, inson hayotda mehnati, olib borayotgan xayrli va ezgu ishlari bilan qadr topadi. Ko‘p yillardan buyon quruvchilik va xizmat ko‘rsatish sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorning mehnati alohida e’tirof etildi. Abdukarim Saksonovni nafaqat tumanda, balki yurtimizning barcha hududlarida ham yaxshi bilishadi. U nafaqat kamtarin, ochiqko‘ngil inson, balki saxovatpesha tad­birkor ham. Ayni paytda “Saksonov” MCHJ nomli katta kompaniyani boshqaradi. Kompaniyada bugun uch ming nafarga yaqin fuqaro turli yo‘nalishlarda mehnat qilib kelmoqda.

1975-yil 7-aprelda Navbahor tumani­ning Ortiq Farmonov mahallasida tavallud topgan Abdukarim Saksonov 1996-yildan xususiy tadbirkor sifatida tanila boshladi. Dastlab o‘quv qurollari savdosi bilan shug‘ullangan tadbirkor 2011-yilda “Saksonov” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga asos soldi.

– Tinimsiz harakat va oldinga intilish muvaffaqiyatlar garovidir, – deydi Abdukarim aka. – Bugun yurtimizda Prezidentimiz tashabbuslari va qo‘llab-quvvatlashlari tufayli tadbirkorlarga keng imkoniyatlar berildi. Ularning erkin faoliyat yuritishi, iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular foydala­nib, biznes soha vakillari halollik yo‘lini tutib, ham o‘z korxonasi iqtisodiyoti, ham yurt taraqqiyotiga munosib hissasini qo‘shishi kerak. Bitta ish o‘rni yaratish ham aslida fido­yilikdir. Bugun Navoiy shahrini ulkan qurilishlar va bunyodkorliklar maydoniga qiyoslash mumkin. O‘tgan davr mobaynida tadbirkor tomonidan o‘ziga xos landshaft va dizaynda qurilgan ko‘p qavatli turar joy binolari, yirik savdo majmuasi foydalanishga topshirildi. Joriy o‘quv yilida ming nafarga yaqin o‘quvchini o‘z bag‘riga olgan ta’lim muassasasi ham ana shunday bunyod­kor­lik ishlaridan biridir.

– Navoiy shahrida tadbirkor tomonidan 23 milliard so‘mlik homiylik mablag‘lari hisobidan bunyod etilgan 990 o‘rinli ­yangi maktab joriy o‘quv yilida foydalanishga topshirildi, – deydi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shalola Hamidova. – Besh qavatli ta’lim muassa­sasida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olish­lari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Binoda lift, oshxona, kutubxona, turli fan laboratoriya xonalari, sport zali, futbol va basketbol maydonlari, o‘quvchilarning mada­niy hordiq chiqarishi uchun dam ­olish joylari mavjud. Maktabga o‘qituvchilar alohida suhbat orqali tanlab olindi. Bu ham o‘quvchilarga bugungi kun talablari asosida ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qahramonimiz muntazam ravishda xayrli ishlarni amalga oshirib keladi. Ammo bu haqda gapirishni, “ko‘z-ko‘z” qilishni xush ko‘rmaydi, “O‘ng qo‘ling berganini chap qo‘ling bilmasin” naqlini shior qilib olgan tadbirkor “Nima keragi bor, shart emas”, deya suhbatga yakun yasab qo‘ya qoladi.

– Xalq dardini o‘z dardi, deb biladigan tadbirkor 2019-yili Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatligiga saylangan. Ishonch esa, katta mas’uliyat degani, – deydi Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Rustam Sailxonov. – Saxo­vatpesha deputat Abdukarim Saksonov ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ama­liy yordam berib kelmoqda. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga katta miqdorda mablag‘lar o‘tkazganini navoiyliklar yaxshi bilishadi. Navbahor tumanidagi “Qalqonota” va Mirzo Ulug‘bek nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari aho­li­siga bir necha marta oziq-ovqat mahsulotlarini bepul tarqatdi. Hudud aholisidan kompaniyada ishlayotgan ishchi-xodimlar uchun maxsus avtobuslar ajratilgan.

Bugun ham Abdukarim Saksonov aholiga sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatishni maqsad qilib, yangi loyiha va innova­t­siyalar ustida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda. “Avvalo, qilayotgan ishingizdan fuqarolarimiz rozi bo‘lishi kerak, shunda haqiqiy xalqchil tadbirkor bo‘lamiz”, deydi qahramonimiz. Bir necha yil oldin Abdukarim Saksonov Navoiy shahrida “Tashabbuslar” sayil­gohini barpo etgan edi. Hududdagi sport maydonchalari, kichik amfiteatr, jozibali favvoralar, so‘lim daraxtlar, eng muhimi, o‘ziga xos landshaft-dizayn nafaqat yoshlarning, balki shahar ahlining sevimli maskaniga aylangan. Mamlakatimizda yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida qilingan mehnat, ilgari surilgan tashabbuslar doimo qadr­langan, qo‘llab-quvvatlangan. Saxovatpesha tadbirkor Abdukarim Saksonovning mehnatlari ham munosib baholanmoqda. U mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida Prezidentimiz Farmoniga binoan “Shuhrat” medali, 2023-yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Abduvali BO‘RIYEV

2024-yil 26-yanvar 5-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img593

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591