Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.01.2025 | 14:57

img395

MUDDAO NIMA?

Adliya vazirligining bayonoti mediamahsulotlarning odob-axloq normalari, ma’naviy qadriyatlarga muvofiqligini baholash va tegishli choralar ko‘rish zarurligini inkor etmaydi.

Adliya vazirligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining bir nechta tashkilot bilan birgalikda qabul qilgan mediamahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinganligini ma’lum qildi.

Shu bilan mediamahsulotlarning ma’naviy ekspertizasi zarur yoki zarur emasligi masalasiga nuqta qo‘yiladimi? Aslo yo‘q. Chunki takror bo‘lsa ham ta’kidlash kerak: ma’naviy ekspertizaning zarurligi Konstitutsiyamiz, ommaviy axborot vositalari va madaniyat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarimiz normalaridan kelib chiqadi.

Anglashilmovchilik

Nufuzli tashkilotlar birgalikda qabul qilgan qaror ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida ijobiyga qaraganda ko‘proq salbiy baholanishi va ko‘p o‘tmay bekor qilinishi mediamahsulotlar masalasida jamoatchiligimizda ham, mutasaddi idora va tashkilotlarda ham tushunmovchiliklar, anglashilmovchiliklar, yanglish qarash va yondashuvlar borligining ifodasidir. Anglashilmovchilik, xususan, quyidagilardan iborat:

Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasiga muvofiq umummajburiy hujjatlarni davlat organlari qabul qilish huquqiga ega. “Ma’naviy ekspertiza”ni joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilgan tashkilotlar qatorida bunday vakolatga ega bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkilotlari – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Milliy media birlashmasi bor. Buning ustiga, qaror qabul qilinganligi haqida dastlab Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bu haqda axborot berdi va ushbu tashkilot qaror qabul qilgan tashkilotlar qatorida birinchi keltirilgan. Bundan Markaz qarorning tashabbuskori va asosiy ishlab chiquvchisi, degan xulosa kelib chiqadi. Bunday tashabbusni, albatta, olqishlaymiz. Lekin qonunchilikka muvofiq qarorni, agar shunday qaror kerak bo‘lgan taqdirda, davlat tashkilotlari, eng avvalo Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Madaniyat vazirligi qabul qilishi kerak edi.

Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan Qonunning 24-moddasida huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tishi belgilangan. Bunday qilinmadi. Bundan tashqari, qaror loyihasi Adliya vazirligida ekspertiza qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak edi. Markaz ushbu qoidalarga rioya qilmasdan, mediamahsulotlar ma’naviy ekspertizadan o‘tkazilishi haqida axborot tarqatdi.

E’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan eng muhim jihat

Mohiyatan Adliya vazirligining bayonoti tegishli tashkilotlar tomonidan mediamahsulotlarning milliy mentalitet, odob-axloq normalari, ma’naviy qadriyatlarga muvofiqligi tahlil qilinishini, ularni yaratuvchi va tarqatuvchilarga tegishli tavsiyalar, ko‘rsatmalar berilishini, zarur hollarda, qonun talablariga zid mediamahsulotlarni yaratuvchi va tarqatuvchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishini inkor etmaydi. Vazirlik bayonoti “Mediamahsulotlar faqat qonuniylik yuzasidan ekspertiza qilinishi mumkin”, deb nomlangan. Ya’ni, qonun mediamahsulotlar ekspertizasini taqiqlamaydi. Bunga shubhasi borlar, takror bo‘lsa ham aytamiz, Konstitutsiyamizning 33-moddasini, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-, 14-moddalarini, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasini o‘qib ko‘rishsin.

Faoliyati mediamahsulotlar sohasini tartibga solish bilan bog‘liq davlat idoralarining belgilangan vakolatlari, vazifalari ular tomonidan mediamakonni kuzatish, tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishni, so‘z va ijod erkinligini suiiste’mol qiluvchilarga nisbatan tegishli choralar ko‘rishni nazarda tutadi.

Xususan, Prezidentimizning 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Madaniyat vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida “…xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish” belgilangan (Farmonga 1-ilovaning g-bandi). Hukumatning 2021-yil 7-sentyabrdagi 558-qarori bilan tasdiqlangan Madaniyat vazirligi to‘g‘risida Nizomda (11-band) madaniyat va san’at sohalarida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish vazirlikning asosiy ustuvor vazifalari qatorida sanab o‘tilgan.

Xullas, mediamahsulotlar yaratilishi va tarqatilishi sohasida vaziyat og‘ir ahvolda. Buni soha vakillari, mutasaddi idoralar rahbarlari va xodimlari, deputatlarimiz tushunib yetishlariga umid qilamiz.

Mutasaddi davlat tashkilotlari – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya  agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘z vakolatlaridan foydalanib, qonunga zid mediamahsulotlar yaratilishi va tarqalishining oldini olish maqsadida respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi lozim.

Adliya vazirligi ham fikrimizcha, qisqa bayonot bilan cheklanmay, chetdan kuzatuvchi bo‘lib qolmasdan, dolzarb hayotiy muammoga faqat formal-yuridik nuqtayi nazardan emas, balki qonun normalarida ko‘zlangan maqsadlardan kelib chiqib yondashsa, muammoni bartaraf etishda, Prezidentimizning 2017-yil 3-avgust kuni yurtimiz ziyolilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdagi qat’iy ko‘rsatmalarini qonunchiligimizga, hayotga tatbiq etishda faol qatnashsa, ayni muddao bo‘lar edi.

Farhod QURBONBOYEV,
iqtisod fanlari nomzodi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596