Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.03.2025 | 11:14

img435

NAVQIRON “YOSHLIK”

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yaqinda mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotidan olingan taassurotlar biz kabi navqiron ijodkorlarga ham ilhom va kuch bag‘ishlab kelayotir. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilindi, faol yoshlarning takliflari eshitildi.

Muloqot avvalida Prezidentimiz azm-u shijoatli, navqiron yoshlar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirib, ularning timsolida Yangi O‘zbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini ko‘rayotganini ta’kidlar ekan, ishtirokchilarga qarata “Yoshlik – bu qalbning oltin sozi” deya ardoqli shoirimiz Erkin Vohidovning “Yoshligim” she’rini yodga soldi va yoshlarni xalqimizning oltin fondiga qiyosladi.

Uchrashuv davomida turli sohalardagi yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlarimizning safi tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi. Ayni kunlarda dunyodagi “top” oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talaba tahsil olayotgani O‘zbekiston tarixida shu vaqtgacha kuzatilmagani aytildi.

– Buning bosh omili nimada, deb so‘rasangiz, men, avvalo, yoshlarga munosabat davlat miqyosida butunlay o‘zgarganida, deb javob bergan bo‘lardim. O‘g‘il-qizlarimiz yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini sezib, o‘zlariga beqiyos kuch olmoqda, – dedi Prezidentimiz.

Yig‘ilishda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yoshlarning o‘rni naqadar muhim ekani bir necha bor ta’kidlandi. Ularning inson kamoloti uchun zarur bo‘lgan barcha sohalarda amalga oshirgan ulug‘vor ishlari qatorida bugundan kechiktirmasdan – ayni damda bajarilishi zarur masalalarga Prezidentimiz atroflicha to‘xtalib, qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdi. Ma’naviy tarbiya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash har bir fuqaroning muhim vazifasiga aylanishi shartligi qayd etildi.

Mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularning dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish vazifasi topshirildi.

Xususan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning o‘rni juda katta ekani e’tirof etildi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan “Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Prezidentimizning bu so‘zlari nainki yoshlarni, balki ijodkor-ziyolilarimizni ham to‘lqinlantirib yubordi. Negaki, bu jurnal o‘zbek xalqining so‘nggi qirq yillik tarixida muhim ahamiyat kasb etgan nashrdir. O‘tgan yillar mobaynida jurnal ko‘plab iste’dodlarni kashf etdi, millatning adabiy-badiiy tafakkuriga, intellektiga, madaniyati va san’atiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ijodkor-ziyolilarimizga ma’lumki, “Yoshlik” o‘z davrida ijtimoiy-adabiy zaruriyat bilan maydonga kelgan. Taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonov jurnal tashkil etilgan kunlarni xotirlab shunday yozadi:

“O‘zbekiston adabiy jamoatchiligi uzoq kutgan, bunga erishish uchun ko‘p harakat qilgan “Yoshlik” jurnali ta’sis etilib, unga Erkin Vohidov bosh muharrir etib tayinlandi.

Yangi rahbar ijodiy jamoa borasida maslahat so‘rab, “Guliston” jurnalining sobiq bosh muharriri, ustoz Asqad Muxtorga murojaat qiladi. Asqad aka “Guliston”da ishlagan Sa’dulla Siyoyev, Abdulla Sher, Erkin A’zam, Sulaymon Rahmon kabi ijodkorlar bilan birga meni ham “Yoshlik”ka tavsiya qiladi. Oradan ko‘p o‘tmay biz – eski “guliston”chilar yangi jurnalda ish boshladik. Shu ma’noda, “Yoshlik” jurnali asli “Guliston” bag‘ridan unib chiqqan, deyishimiz ham mumkin”.

Asqad Muxtor ta’limini olib, Erkin Vohidov bilan baqamti ish boshlagan ustozlarimiz nashrga tayyorlagan jurnalning ilk sonlarini qo‘lga olib o‘qir ekansiz, xazina topgandek quvonasiz.

Nashrning dastlabki soniga elimizning ardoqli farzandi, davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov oq yo‘l berar ekan: “Yoshlik” bog‘ida yangi-yangi buloqlar ko‘z ochib, undan adabiyot ixlosmandlari o‘z tashnaliklarini qondira olsinlar. “Yoshlik” bog‘idan boshlangan jilg‘alar adabiyotimizning jo‘shqin, katta daryolariga borib qo‘shilsin, butun-butun ellarning ma’naviy, ruhiy dunyosiga, zavol yetmas xazinasiga aylanib ketsin”, deb yozgandi.

Muhtaram Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot davomida “Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirish lozimligini alohida ta’kidlagani bejiz emas. Ayniqsa, kitobxon, adabiyotsevar yoshlarga: “Kelgusida Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylar qayerdan paydo bo‘ladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi?

Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Albatta, bu ezgu g‘oyalarni sizlar – bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari amalga oshirasizlar”, deb ishonch bildirishi ijodkor ziyoli yoshlarimizni behad quvontirdi.

Azaldan donishmand xalqimiz adabiyotni tayanch deb bilgan. Shunga ko‘ra, uning iste’dodli farzandi baralla “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”, deb xitob qildi. Mamlakatimiz yoshlarining yagona adabiy-ijtimoiy jurnali faoliyatini qaytadan jonlantirishga qaratilgan rag‘batni adabiyotimizga va millatimizga ko‘rsatilgan yuksak e’tibor deb bilamiz.

Komil ishonch bilan aytamizki, bu borada amalga oshirilishi ko‘zlangan har bir tashabbus uchun ijodkor-ziyolilar, yoshlar fidokorlik ko‘rsatadi. “Yoshlik”ning yangi qadamlari, sohir nafasi har birimizga qutlug‘ bo‘lsin!

Nurilla CHORIYEV,
“Yoshlik” jurnali bosh muharriri

“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-martdagi 11-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604