Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.05.2025 | 12:46

img425

NIMA UCHUN YASHAB TURGAN UYIMIZNI SOTYAPMIZ?

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, telegramdagi uy sotish kanallarida shunday holatga ko‘p duch kelamiz: odamlar yashab turgan, jihozlangan uylarini sotuvga qo‘yishmoqda. Sotuv sabablariga e’tibor bersangiz, ko‘pincha qarz tufayli deb yoziladi.

Ularning qarzga kirish sabablari esa deyarli bir xil:

1. Bankdan va odamlardan qarz olib, biznes qilaman deb bankrot bo‘lgan.

Odamlar “biznes qilaman” deb, bilim va tajribasiz holda ish boshlaydi. Ko‘pincha bu ishlar moʻjiza kutganday boshlanadi va kutilgan daromad kelmaganidan keyin hammasidan ayrilishadi. Qarzni qaytarish imkoni bo‘lmagani uchun oxiri uyini sotishga majbur bo‘ladi.

2. Havas qilib katta-katta uylar va mashinalar olgan.

Aksariyat odamlar o‘zining iqtisodiy holatini hisobga olmasdan, “manmanlik” va havas tufayli katta, shinam uy qurib, “kreditga” yoki qarzga qimmat mashina sotib oladi. Biroz vaqt o‘tgandan keyin esa bu narsalar og‘ir yukka aylanadi.

3. To‘y va ma’rakalar uchun ortiqcha xarajat qilgan.

“Qizimni to‘yini qilib qo‘yay”, “o‘g‘limni uylantiray” deb, katta to‘ylar o‘tkazish, ortiqcha chiqim qilish oddiy holga aylangan. Buning uchun qarz olingan bo‘lsa, keyin qaytarish qiyin bo‘ladi va uy-joyni sotishgacha olib keladi.

4. “Variantchi”larga uchrab qolgan.

Ko‘plab odamlar ishonchsiz odamlar bilan ish yuritadi. Mulkni yaxshigina foyda qilaman deb topshirgan, ammo oxiri aldanib, sotishdan boshqa chorasi qolmaydi.

Asosiy sabab – moliyaviy savodxonlik yetishmasligi

Har bir muammoning ichidagi asosiy ildiz – moliyaviy bilimning yetishmasligi. Odamlar:

• Qanday sarf qilishni,
• Qarzni qanday olish va qay tarzda qaytarishni,
• Tavakkal bilan hisob-kitobni qanday uyg‘unlashtirishni,
• Daromad va xarajat muvozanatini saqlashni bilmaydi.

Ota-bobolarimiz qanday yashagan?

Ey baraka topgur o‘zbegim, biroz shukr va sabr qil! Ota-bobolarimiz:

• Qanoat bilan,
• Oz-ozdan to‘plab,
• Havassiz, o‘z imkoniga yarasha yashagan.

Dang‘illama uy ham, qimmat mashina ham haqiqiy baxt emas. Baxt – xotirjamlik, qarzsizlik, tinchlik va barakada yashashdadir.

Hamidulloh OTAXONOV
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 2-maydagi 18-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324