Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


26.09.2025 | 11:31

img9370

NOTIQLIK ILMIDAN MAHORAT DARSI

Tobora globallashib boryotgan dunyo, shunga ko‘ra davlatlar orasidagi munosabatlar murakkablashayotgan zamon va tobora taranglashib borayotgan hozirgi notinch davrda gegemon davlatlardan biri  bo‘lmish Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan do‘stona munosabatlar davlatlararo juda ko‘p  muammolar yechimi uchun hal qiluvchi omil bo‘lishi hech kimga sir emas. Biroq bu ish osongina ko‘chmasligi ham ko‘pchilikka yaxshi ayon. Eng muhimi, bu munosabatlarda o‘ziga xos yuksak diplomatiya talab etiladi. Bunga Nyu York shahridagi BMT qarorgohida o‘tkazilgan Assambleyaning 80-yubiley sessiyasi va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ishtiroki, shu munosabat bilan Amerikada O‘zbekiston rahbari tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar, imzolangan shartnomalar, uning otashin nutqi tevaragidagi faol munosabatlar ham yaqqol misol bo‘la oladi.

Birinchidan, mamlakatimiz rahbariga shunday nufuzli anjuman minbarida nuqt so‘zlash uchun birinchilardan bo‘lib o‘rin berilishi;

Ikkinchidan, uning muzokara so‘zida nafaqat malakatimiz yoki markaziy Osiyo, balki Afg‘oniston, G‘azo sektori, Ukraina timsolida butun dunyoning hal qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolari qamrab olinishi;

Uchinchidan, Yangi O‘zbekistonimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning samaralari haqidagi jahon hamjamiyati o‘rgansa arzigulik ibratli jihatlardan sessiya ishtirokchilari timsolida butun olamni xabardor qilinishi, insoniyat oldida turgan, o‘z yechimini kutayotgan global muammolarda navqiron O‘zbekistonning nuqtayi nazari va bu muammolarni bartaraf etish borasida O‘zbekiston rahbari tomonidan g‘oyat darajada jo‘yali takliflar o‘rtaga tashlanishi;

To‘rtinchidan, hamkorlikdagi muayyan ishlarni amalga oshirishda Prezidentimiz tomonidan bevosita O‘zbekistonda o‘tkazilishi taklif etilayotgan bir qator  o‘zaro manfaatli anjumanlarni BMT shafe’ligida o‘tishiga da’vat qilinishi juda katta umumbashariy ahamiyatga molikdir. Bugina emas, nutq va unda ilgari surilgan har bir mulohaza insoniyat taqdiriga daxldor masalalar ekanligi bilan nafaqat anjuman ahli, balki butun jahon mutasaddilari e’tiborini o‘ziga qaratgani nafaqat Prezident, balki uning oqilona rahbarligida qisqagina fursatda shakllangan Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi ishidagi samaradorlikning yorqin namunasi, desak bu borada aksioma yanglig‘ isbot talab qilmaydigan teoremaga asos solgan bo‘lamiz

Bu esa mamlakatimiz rahbarining har galdagidek, mazkur tarixiy anjumanga ham o‘ta puxta tayyorgarlik ko‘rgani, Sharqona bilimdonlik, o‘zbekona donishmandlik asosida mag‘zi to‘q fikrlarni bayon qilganining hayotbaxsh natijasi bo‘lsa kerak.

Eng muhim jihatlardan biri shuki, Prezidentimizning mashvarat ahli e’tiborini qozongani, xuddi shuningdek uncha muncha davlat rahbariga pinagini buzmaydigan AQSHday davlat yetakchisining yuksak bahosiga muyassar bo‘lgani nainki yurtimiz fuqarolari, qolaversa jahon hamjamiyatini ham befarq qoldirmadi. Bu quvonchli holat hamon butun dunyo bo‘ylab keng omma e’tiborini tortmoqda, jahondagi eng nufuzli davlatlarning ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek qilni qirq yoradigan ekspertlari tomonidan Yangi O‘zbekiston va uning oqil rahbarining BMTdagi faol pozitsiyasi qizg‘in va atroflicha muhokama qilinmoqda. Xuddi shundan kelib chiqib, baralla aytish mumkinki, Yangi O‘zbekistonimizning shaxdam qadamlari, Prezident iborasi bilan aytganda, ortga qaytmas islohotlari samarasi o‘laroq bu olamshumul ajoyib tarixiy voqea dunyo bo‘ylab har qanday sof vijdonli kishiga, jumladan iymon-diyonatli, yakdil va o‘zaro hamjihat malakatimiz ahliga beqiyos huzur, iftixor-g‘urur bag‘ishlashi, o‘z ishi va umum ishi bo‘lmish Yangi O‘zbekistonimizni bunyod etishga mas’uliyat bilan yondoshishga, Prezidentimiz atrofida uning olijanob g‘oyalarining muqarrar amalga oshirishida kamarbasta bo‘lishga ruhlantirishi tabiiy, albatta!

Umuman olganda, BMTning 80-yubiley sessiyasi, unda erishilgan marralar, qabul qilingan rejalar dunyo hamjamiyatini hamkorlikning bosqichlariga olib chiqishiga umid uyg‘otgani yanglig‘, O‘zbekiston Prezidentining bu nufuzli anjumandagi tarixiy nutqi, unda ilgari surilgan umumbashariy g‘oyalar Prezidentlar, anjuman ishtirokchilari va jamiki voizlar uchun notiqlik ilmidan mahorat darsi bo‘ldi, desak, undan yaqqol, xolisona xulosa chiqargan bo‘lamiz.                                           

Ziyoviddin MANSUR,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329