Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.09.2025 | 12:24

img719

OGOH BO‘LING: “INTERNETOMANIYA”

“Jadid” gazetasida Mizrob Bo‘ronovning “Internet xumori yoxud asalning ham ozi shirin” maqolasini o‘qidim. Darhaqiqat, bu masala bugun jiddiy tus olgan. Bilamizki, tabiiy gazning hidi yo‘q. Ana shu ko‘zga ko‘rinmas ne’matsiz turmush tarzimizni tasavvur qila olmaymiz. Lekin tabiiy gaz ehtiyotsiz yondashuv tufayli inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Hamma gap me’yorga va foydalanish qoidalariga amal qilishda.

Ushbu maqolada ta’kidlab o‘tilgan “Internetomaniya” kasalligi ham xuddi mana shu is gaziga o‘xshaydi.

INTERNET – IKKI QIRRALI VOSITA

Bir tomondan, u bilim manbayi, ijodkorlik maydoni, ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshiruvchi mexanizmdir. Ta’limda masofaviy kurslar, onlayn platformalar va elektron kutubxonalar o‘quvchi va talabalarga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Sog‘liqni saqlashda telemeditsina xizmatlari, biznesda elektron savdo va raqamli marketingning keng qo‘llanilishi buning yorqin misolidir.

Ikkinchi tomondan, internetdan noto‘g‘ri foydalanish inson ongini egallovchi va ijtimoiy muvozanatni buzuvchi xavfli kuchga aylanishi mumkin. Psixologlar bunday holatlarda “virtual qochish sindromi” haqida gapiradilar: foydalanuvchi real hayotdagi muammolardan qochib, virtual dunyoga sho‘ng‘iydi va vaqt o‘tishi bilan unda ijtimoiy izolyatsiya, emotsional beqarorlik va hayotiy motivatsiyaning susayishi kuzatiladi.

INTERNETOMANIYANING OQIBATLARI

Vaqt resursining yo‘qotilishi. Haddan tashqari foydalanish natijasida inson o‘qish, mehnat va oilaviy majburiyatlarini e’tiborsiz qoldiradi;
Jismoniy sog‘liq muammolari. Ko‘z zo‘riqishi, uyqusizlik, bo‘g‘im og‘riqlari, jismoniy faoliyatning kamayishi kuzatiladi.
Psixologik izdan chiqish. Stress, tashvishlanish, depressiya va real hayotga qiziqishning pasayishi keng tarqalgan simptomlar sirasiga kiradi.
Ma’naviy yemirilish. Yoshlar orasida befoyda kontent va zararli g‘oyalarga qiziqish ortib, milliy qadriyatlar va madaniy identifikatsiya zaiflashadi.
Ijtimoiy aloqalarning susayishi. Virtual muloqot real insoniy munosabatlarni cheklab qo‘yadi, bu esa jamiyatdagi ijtimoiy kapitalni pasaytiradi.

Bugungi kunda bu muammo faqat o‘smirlar va yoshlarga xos emas. Katta yoshli insonlarning ham ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib borayotgani muammoning qamrovi kengligidan dalolat beradi.

MUAMMONING ILDIZI

Internetdagi asosiy xavf “axborot ifloslanishi” (information pollution) hodisasi bilan bog‘liq. Foydali va ilmiy ma’lumotlar bilan bir qatorda, behuda va zararli axborotlar ham tezkor tarqalmoqda. Avvallari bunday xavf ko‘proq xorijiy kontentdan kelar edi, endilikda o‘zbek tilidagi segment ham bundan mustasno emas.

Virtual olamda ko‘plab yoshlar ma’naviyatga zid ozuqalar bilan ulg‘aymoqda. Bu jarayonning salbiy jihati shundaki, ma’naviy zaiflik va noto‘g‘ri qarashlar jamiyat bo‘ylab yuqumli kasallik kabi tarqalib, nasldan  naslga o‘tmoqda. Bu esa uzoq muddat milliy ma’naviyat va madaniy barqarorlikka jiddiy putur yetkazishi mumkin.

Muammoning yana bir ildizi – iqtisodiy va ijtimoiy madaniyatning o‘zaro ta’sirida ko‘rinadi. Internet orqali tez foyda topishni maqsad qilgan ayrim guruhlar turli yolg‘on xabarlar, fitna nazariyalari va manipulyativ materiallar ishlab chiqarib, ulardan daromad orttiradilar. Bunday kontent tez tarqaladi, chunki u ko‘pincha shov-shuvli, hissiyotga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Natijada jamiyatda noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishi, ishonchsizlik, hatto siyosiy va ijtimoiy beqarorlik yuzaga kelishi mumkin.

Yoshlarning katta qismi vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazmoqda, bilim olish yoki ko‘nikma rivojlantirishga sarflanishi kerak bo‘lgan vaqt o‘yinlar, kulgi va turli befoyda kontentga sarflanmoqda. Shu bois, muammoning ildizini faqat texnologiyada emas, balki jamiyatdagi axborot madaniyati pastligi, mediasavodxonlikning yetarli emasligi va oilaviy nazoratning sustligida ham ko‘rish lozim.

***

Shuni unutmaslik kerakki, kelajak texnologiyalarga tegishli. Ammo texnologiyalarning kelajagi inson ongining qanchalik mas’uliyatli, oqil va ma’naviy pishiq bo‘lishiga bog‘liq. Demak, bugungi avlodni internetdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish nafaqat ijtimoiy-psixologik muammoni hal etish, balki milliy taraqqiyot va madaniy barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omilidir.

Sh.MUSTAFAYEV,
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti prorektori

“Jadid” gazetasining 2025-yil 19-sentyabrdagi 38-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599