Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.05.2025 | 09:27

img584

OLIMPNI ZABT ETGAN OLTINBOSH AVLOD

Jadidlarning birlamchi maqsadi – o‘sib kelayotgan yosh avlodga zamonaviy bilim berish orqali jamiyatning barcha bo‘g‘inida yetuk kadrlarni tayyorlash edi. Zero, taraqqiyot chambaragi ilm egalari qo‘lidadir.

Bugun ham oramizda “millat bolalarini o‘qutmak” kabi ezgu ishga umrini bag‘ishlagan fidoyi ustozlar, jadid bobolarning munosib izdoshlari talaygina. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi direktori, professor Ortiqboy Eshonqulov ana shunday salohiyatli olimlardan. U yoshlarning iste’dodini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish borasida o‘z maktabini yaratgan mohir pedagog. U kishi rahbarlik qilayotgan litsey o‘quvchilari respublikamiz ta’lim tizimi tarixida ilk bor kimyo va biologiyadan xalqaro fan olimpiadalarida oltin medalni qo‘lga kiritishgan.

– Litseyimiz 1997-yilda faoliyat boshlagan, – deb bizni kirish zali bo‘ylab yetaklab ketdi professor. – Dastlab faqat ikkita guruh ochilib, bor-yo‘g‘i 50 ta o‘quvchi tahsil olgan. Ikki yildan so‘ng akademik litseyga o‘zgartirilib, uch yillik tizimga o‘tildi. Shundan buyon har yili 200 nafar o‘quvchi imtihon asosida qabul qilinadi. Shu kungacha o‘n mingdan ziyod bitiruvchini kuzatdik. Ularning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi deyarli yuz foiz.

Kirish zali xiyla katta bo‘lib, devorga tarixiy suratlar va erishilgan yutuqlar yorliqlari muzeydagi singari tadrijiy ko‘rinishda ilib qo‘yilgan. Domla bir boshdan tanishtira ketdi:

– O‘zbekiston uchun bugun barcha xalqaro musobaqalarga, jumladan, fan olimpiadalariga ham eshiklar rosmana ochildi. Keling, yaqin tariximizga bir qur nazar tashlab olaylik… Bilasiz, Mendeleyev olimpiadasi faqat kimyogarlar uchun. Biologiyadan ham alohida jahon olimpiadasi bor. 21-Xalqaro olimpiada Janubiy Koreyada o‘tkazilishi kerak edi. Tayyorgarlikni astoydil boshlab yuborgan bir paytimizda, taqdirni qarangki, Amerikaning Sietl shahriga amaliyotga boradigan bo‘p qoldim. Reys Janubiy Koreya orqali ekan. Shu oraliq bekatda bizni O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi kutib oldi. Fursatdan foydalanib qoldim. “Bu yilgi musobaqa Pusanda o‘tkazilar ekan, hali bunday bellashuvda bizdan birorta vakil qatnashmagan. Shu ezgu an’anani biz boshlab bersak, olimpiadaga qatnashishimiz uchun Koreya hukumatidan ruxsat olib bersangiz”, deb elchidan iltimos qildim. Qo‘shma Shtatlarda o‘n kun malaka oshirib, vatanga yana Koreya orqali qaytadigan bo‘ldik. Bu safar elchi bizni xushxabar bilan kutib oldi: ruxsat berilibdi! Olimpiada o‘tadigan vaqt iyul oyiga – ayni ta’til kunlariga to‘g‘ri keldi. Mengayam yurakdan Xudo bergan ekan-da! Vazirlikdan ruxsat olmadim, chunki so‘raganim bilan rozilik berishi mahol edi. O‘zingizdan qolar gap yo‘q, 10-yillarda vazirlarda dard bor edi-yu, darmon yo‘q edi. Iqtisodiy masalani hal qilish imkoni berilmagandi. Shart yonimga bitta yordamchi o‘qituvchi va uch o‘quvchimni olib, ularga o‘zim kafil bo‘lib, yo tavakkal deb Koreyaga uchib ketdik. Bu safar ham elchimiz hozirlik ko‘rib qo‘yibdi: avtobus tayyor, oldida bayrog‘imiz hilpirab turibdi. Shunday qilib, musobaqa bo‘lib o‘tadigan Pusan shahriga yo‘l oldik. Biz uchun buyurtma qilingan mehmonxonaga joylashib, ertasiga tantanali ochilish marosimida qatnashdik. Saksonta davlat jamoalari bilan birga o‘quvchilarim bayrog‘imizni ko‘tarib maydonga chiqib kelishdi. O‘sha paytda ichimdan o‘tgan tuyg‘ularni ta’riflab berolmayman. Ishonsangiz, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi.

Bir dam ko‘z oldida o‘sha hayajonli daqiqalar qayta jonlanganday, professor bir muddat devordagi suratga tikilib qoldi.

– Bayram tantanalari zo‘r o‘tishga o‘tdi-yu, keyingi ishlar meni xavotirga solib qo‘ydi. Bir mahal hakamlar guruhidan ikkita vakil kelib, ruxsatnoma so‘rab qolsa bo‘ladimi?! Bilsak, musobaqada qatnashish uchun birinchi yili kuzatuvchi maqomida bo‘lish, keyin Olimpiada Qo‘mitasining ruxsati bilan qatnashish mumkin ekan. Muzokara boshlandi. Jamoamiz ishtirok etish-etmasligi muhokamaga qo‘yilganda hakamlarning 80 foizi qarshi ovoz berib, bizning harakat Olimpiada nizomini buzish deya baholandi. Qarasam, ish chappasiga ketyapti. Hali bolalarning o‘zi bexabar, ota-onalari umid bilan kuzatib qolishgan, qolaversa, o‘rtada vatan sha’ni turibdi. G‘ujurim kelib, shart minbarga chiqdim! O‘zbekona nutq irod qildim. “Shunaqa, shunaqa… Shuncha yo‘l bosib keldik, bolalarning ruhi tushmasin!” dedim. Gaplarim ta’sir qildi chog‘i, ikkinchi bor muhokamaga qo‘yilganda hakamlar hay’atining 75 foizi bizni yoqlab ovoz berdi. Musobaqaning birinchi kuni nazariyadan sinov bo‘ldi. O‘quvchilarim deyarli eng yuqori – 50 dan 47 ball to‘plashdi. Ikkinchi kuni ham 100 dan 96-97 ball oldik. Lekin uchinchi kuni amaliy laboratoriyadan qoqildik – 400 dan bor-yo‘g‘i 36 ballgina yig‘ibmiz. U yerda, masalan, mikroskopga hasharot qo‘yiladi, siz mitti organizmning ichki organlarini batafsil tushuntirib berishingiz kerak. Ochig‘i, bolalar tugul, o‘zimiz uchun ham yangilik bo‘ldi. Biz o‘quvchilarga test yechish texnikasini o‘rgatibmiz-u, laboratoriyada amaliy ishlamabmiz. Shu joyda xatomizni angladim, ana shunda nima uchun birinchi yili kuzatuvchi bo‘lib borish kerakligini tushunib yetdim. Pirovard natija qoniqarli bo‘lmasa ham, keyingi olimpiadalar uchun poydevor qo‘yib keldik. Katta tajriba bilan qaytdik. Shu bahona O‘zbekiston biologiya fanidan Jahon Olimpiada Qo‘mitasining teng huquqli a’zosiga aylandi.

Professorning bir shogirdi ustozni “Olipm cho‘qqisiga O‘zbekiston bayrog‘ini o‘rnatgan birinchi inson”, deya oshig‘ich ta’rif bergandi. Hozir shu gap xayolimdan o‘tib, ichimda “Aytishganicha bor ekan”, deb qo‘yaman.

– Shundan keyin kimyo fanidan ham dunyoda eng nufuzli xalqaro olimpiadaning payiga tushdim. Mazkur musobaqaga keyingi yili Turkiya mezbonlik qilar ekan. Bu safar o‘zboshimchalik qilmay, ta’lim vazirining huzuriga kirib, maslahat soldim. “O‘tgan yili biologiya fanidan Jahon olimpiadasiga borib, bayrog‘imizni o‘rnatib keldim. Endi navbat kimyoga keldi. Bunda ham dastlab kuzatuvchi maqomida borishimiz kerak. Shu ishda menga ruxsat berib, amaliy yordam ko‘rsatsangiz”, dedim. Vazir taklifimni qo‘llab-quvvatladi, bajonidil ruxsat berishini aytdi, lekin borish-kelish xarajatlari uchun pul ajrata olmasligini, yillik rejaga kiritilmaganini afsus bilan ta’kidladi. “Mayli, ruxsat olib bersangiz kifoya”, dedim. Yigitning sazasi o‘lguncha, shaytonning bo‘yni uzilsin! O‘sha yili o‘g‘limni (ingliz tilida ravon gapiradi) tarjimon sifatida yonimga olib, Turkiyaga uchdim. Ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘rib, qardoshlarimiz chapak chalib yuborishdi. Chunki mustaqil bo‘lganimizga yigirma yil to‘lgan esa-da, Markaziy Osiyodan faqat O‘zbekistongina qatorda yo‘q edi. Endi qarang, bularning qonun-qoidasiga ko‘ra, musobaqaga yangi qo‘shiladigan davlat bir emas, ikki yil kuzatuvchi maqomida bo‘lishi talab qilinarkan. Hay mayli, sabr qilamiz, dedim. Keyingi yili ham Amerikaga kuzatuvchi bo‘lib bordik. Bellashuv shartlarining bajarilishini sinchiklab o‘rganib, ishning ancha hadisini oldik. Bu yoqda o‘quvchilarni toblab, “jangga” hozirlab turibmiz. Nihoyat, 2013-yili Moskvada bo‘lib o‘tadigan kimyo fanidan jahon olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. O‘zbekistondan to‘rt nafar ishtirokchi qatnashdi. Shularning ichida bizning o‘quvchimiz Bekzod Boltayev tariximizda ilk marta kimyo fanidan oltin medalga sazovor bo‘ldi! O‘shanda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi raisi buyuk britaniyalik Piter Vouters jamoamizni qutlarkan, “Birinchi urinishdayoq oltin medalga ega chiqish Olimpiada tarixida kuzatilmagan holat”, deya e’tirof etgandi. Qirq besh yildan buyon qatnashib, bitta oltin ololmagan mamlakatlar ham bor ekan. Biz esa uddaladik!

Zalni bir qur aylanib chiqqach, professor bizni chog‘roq xonaga taklif qildi. Ish stolida turgan darsliklar orasidan oltinrang muqovali kitobni qo‘liga olib, bizga yuzlandi.

– Bu kitobda Olimpiadalarda qozonilgan zafarlarni qayd etganmiz, – deydi domla tabassum bilan. – Mana endi O‘zbekiston yoshlari har yili kimyo va biologiya fanlaridan xalqaro Olimpiadalarga qatnashib kelayotir, biron marta bo‘lsin uyga quruq qo‘l bilan qaytishgani yo‘q. G‘alvirni ko‘tarib qarasak, birgina bizning o‘quvchilar keyingi yillar mobaynida dunyoning turli davlatlarida bo‘lib o‘tgan fan olimpiadalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, jami 87 ta medal: 13 ta oltin, 25 ta kumush, 49 ta bronzani qo‘lga kiritibdi!

Kitobni birma-bir varaqlar ekanman, xayolimdan “O‘sha oltin avlod hozir qayerda? Keyin ham ilm yo‘lidan borib, ishonchni oqladilarmi? Xalqqa qanday nafi tegyapti?” degan o‘ylar o‘tdi. Ba’zan hayotda shunday bo‘ladiki, favqulodda talantli bolalar keyinchalik turmush tashvishlari ichida yo‘qolib ketadi. Professor xayolimni o‘qib turgandek, asta gap boshladi:

– Ot o‘rnini toy bosar deganday, g‘olib bo‘lgan sovrindor o‘quvchilarim bugun o‘zlari ustoz maqomiga yetib, maktablarda ta’lim beryapti, o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda yurtimiz bayrog‘ini yuksakka ko‘taryapti. Boya aytib o‘tganim Bekzod Boltayev malakali xirurg bo‘lib yetishdi. O‘shanda uning iqtidoridan hayratga tushgan MGU (Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti) rektori Viktor Antonovich Sadovnichiy “Shu o‘quvchingiz bizda qolsin, tamomi xarajatlar davlat hisobidan qoplanadi”, deb ko‘zi kuyganda “Bunday oltinbosh bolalar o‘zimizga ham kerak”, deb o‘quvchimni olib qolganman. Bekzod o‘n olti yoshidayoq “Shuhrat” medalini olgan, bugun uning o‘zi kimyo fanidan O‘zbekiston olimpiada jamoasiga murabbiylik qilyapti. Hozir may oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasiga tayyorgarlik avjida. Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 46-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida oltin medal olgan o‘quvchim Hamidulla To‘xtayev esa hozir fan nomzodi, shu kunlarda Saudiya Arabistonida organik kimyo bo‘yicha doktoranturada o‘qiyapti. Sarvar Shoyunusov Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining kumush medal sohibi, “Mard o‘g‘lon” mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Aspiranturani Xitoyda o‘qidi, neyroxirurgiya sohasida sanoqli mutaxassislardan. Epilepsiya (tutqanoq)ni davolashda murakkab operatsiyalar o‘tkazyapti. Jahongir Faxriyev ham Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining bronza medali sohibi, yetuk jarroh. Jigarga naycha (stent) qo‘yishdek o‘ta nozik amaliyotni muvaffaqiyatli bajarmoqda.

…Professor bilan suhbatimiz rejadan tashqari uzoq davom etdi. Xayrlashuv oldidan tillatus kitobidan bizga sovg‘a qilarkan, shu bilan bog‘liq bir qiziq voqeani so‘zlab berdi:

– 2019-yil kimyo fanidan xalqaro olimpiada Fransiyada bo‘lib o‘tgandi. Qo‘lingizdagi kitobning inglizcha nusxasidan kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Jan-Per Sovajga sovg‘a qilgandim. Musobaqaning yopilish marosimida ko‘zi o‘ynab kelib qoldi: “Sizning o‘quv yurtingiz nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoda yagona! Natijalar hayratlanarli! Fransiya Olimpiadaga mezbonlik qila turib ham oltin ololmadi”,  dedi u farangiy hayajon bilan. Shu gapni aytish uchun meni qidirib yurgan ekan. Nokamtarlik bo‘lsa ham aytay, shunday paytlarda terimga sig‘may ketaman. Mehnatlarim samarasini ko‘rib, cheksiz faxr tuyaman!

* * *

Ortiqboy Eshonqulovning xizmatlari munosib taqdirlanib, davlatimiz rahbari tomonidan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni hamda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Yillar o‘tgan sayin professorning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shilib boryaptiki, aslo kamaygani yo‘q. Ustoz faqat o‘z maktabi emas, butun yurt yoshlarini o‘z o‘quvchisidek teng ko‘radi. Domla boshchiligida professor o‘qituvchilar, olimlar, fan arboblaridan iborat “Tashabbus” guruhi tuzilgan. Ushbu guruh respublika bo‘ylab uzoq-yaqin hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uchrashuvlar o‘tkazadi. Ta’lim ko‘rsatkichi past hududlarda tayanch-namuna maktablari tashkil etishda ko‘maklashadi. Ta’limni rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish hamda saralab olingan iqtidorli o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash maqsadida matematika, kimyo va biologiya fanlaridan tuman va shaharlar miqyosida muntazam olimpiadalar tashkil etadi. Ichki olimpiadalarda faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar akademik litseylarga imtihonsiz qabul qilinadi.

Muxtasar aytganda, Ortiqboy Eshonqulov maqomati “Birinchi muallim”lardan!

Jamoliddin BADAL

“Jadid” gazetasining 2025-yil 16-maydagi 20-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596