06.02.2025 | 09:00
444
“ONAMDEK E’ZOZLADIM, U MENI YUKSALTIRDI…”
– Men Jizzax viloyatining Zomin tumanida dunyoga keldim. Qirg‘izman. Yetti ota ajdodim ham Zominda tug‘ilgan. Ular: otam – Mamat, Mamatning otasi – Jabbor, Jabborning otasi – Qo‘jas, Qo‘jasning otasi – Rahmat, Rahmatning otasi – Navro‘z, Navro‘zning otasi – Doovlot, Doovlotning otasi – Ummet.

Demakki, yetti otamning har biri o‘rta hisobda 70 yildan umr ko‘rgan, deb hisoblasak, ularning avlod-ajdodlari Zominda salkam 500 yil yashagan bo‘lyapti. Bu besh asr demakdir. Shuning uchun doim “Mening ona yurtim – O‘zbekiston!” deb baralla aytaman. Chunki har bir inson bolasining tug‘ilib, kindik qoni to‘kilgan joy – uning ona Vatani hisoblanadi.
Qirg‘izlar asli Zomin tumanining tog‘li hududlarida o‘troq xalq bo‘lib bir necha asrlardan buyon yashab, umrguzaronlik qilib, o‘zbek xalqi bilan bir daryodan suv ichib, bir mahallada yashab, to‘y-u tomoshasi, bozori va mozori ham bir bo‘lgan og‘a-ini xalqlardir.
Bolaligimdan buyon o‘zbek do‘stlarim bilan birga o‘qib, ishlab kelyapman. Ana shu muloqotlar va ta’lim jarayonida o‘zbek tilini puxta o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldim. Bu til menga nafaqat his-tuyg‘u va fikrlarimni ifodalashda, balki kelgusi ish va ijodiy faoliyatimni muvaffaqiyatli olib borishda ham asosiy ko‘makchi bo‘ldi.
Mening ikkinchi ona tilim – bu o‘zbek tili deb ko‘p ta’kidlayman. Barcha muvaffaqiyatlarim zamirida o‘zbek tilining roli yuqori ekanini o‘ylaganim sari bu tilga bo‘lgan mehr-u muhabbatim oshib boraveradi.
Ushbu go‘zal til mening ijodiy imkoniyatlarim chegarasini yanada kengaytirdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. 2013-yilda “Cho‘l lochinining sinovlarda kechgan umri” nomli esdaliklar va xotiralar jamlangan kitobim o‘zbek tilida chop etildi. Ushbu hujjatli qissa Jizzax va Mirzacho‘l cho‘llarini o‘zlashtirishda fidoyilik ko‘rsatgan hamyurtlarimiz hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Keyinroq “Ikki el farzandi” nomli ikkinchi kitobim ham o‘zbek tilida nashr qilindi. Mazkur kitob zominlik fidoyi inson Sattor Usmonov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan.
Mana bugun Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan chegaradosh respublikalar bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro yaqin qo‘shnichilik va qadimiy do‘stlik rishtalari tiklanib, bordi-keldilar qayta yo‘lga qo‘yildi. Chegara postlari ochildi. Birgina shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta) bilan yurtdoshlarimiz chegaralardan oson va xotirjam o‘tib-qaytayotir.
Bir ildizdan taragan ikki shox misol o‘zbeklarning “Alpomish”i va qirg‘izlarning “Manas” dostonlarida uyg‘un jihatlar bisyor. Chunki turkiy oilaga mansub o‘zbek va qirg‘iz tillarida ham ifoda va etimologik jihatdan o‘xshash so‘zlar juda ko‘p.
Ikki emas, to‘rt tilni bilmoqqa undagan jadid bobolarimiz ilgari surgan g‘oyalar naqadar ezgu va hayotiy bo‘lganiga o‘tgan umrim davomida ko‘p bora amin bo‘ldim. Chunki qirg‘iz tilidan tashqari, o‘zbek tilini ham puxta o‘rganganim tom ma’noda jamiyatda munosib o‘rnimni topishda asqatdi. Men o‘zbek tilini onadek e’zozladim, u esa meni yuksaltirdi, obro‘-e’tibor qozonishimga asos bo‘ldi.
Rahmatilla JABBOROV,
O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi.
Dilmurod DO‘ST yozib oldi.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 31-yanvardagi 5-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
100
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
611
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
608



