Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.12.2025 | 14:22

img2977

ORZULAR RO‘YOBI

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimiz takliflari va muallifligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu nafaqat huquqiy hujjat, balki el-yurtimizning kelajakka bo‘lgan ishonchi, taraqqiyot va farovonlikka intilishining yorqin ifodasidir.

Jadidlar orzu qilgan adolatli, erkin va taraqqiy etgan davlat qurish g‘oyasi bugungi kunda yangi Qomusimiz timsolida o‘z ro‘yobini topdi.

Bu yil Konstitutsiyamizning qutlug‘ 33 yilligini keng nishonlaymiz.

Bosh qomusimiz milliy davlatchili­gimiz, suverenitetimiz, erishgan yutuq va marralarimizning mustah­kam poydevori hisoblanadi. Bugun yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amal­ga oshirishning siyosiy-huquqiy asos­larini yaratib, milliy davlatchilik taraq­qiyotining ustuvor yo‘nalish­la­rini belgi­lab bermoqda. Yangilan­gan Konsti­tutsiya milliy uyg‘onish davrining yorqin namoyanda­lari – ma’rifatparvar jadid bobolarimiz­ning g‘oyalari va orzu-umid­lariga hamohangligi bilan alohida ahamiyatlidir.

Millatning o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lishi – jadidlarning buyuk orzularidan biri edi. Ular yozgan “Maromnoma”, aslida, ana shunday huquqiy hujjatga intilishning ilk namunasi sifatida tarix solnomalariga muhrlangan. Ushbu “Maromnoma” – Turkiston Muxto­riyati hukumati tomonidan qabul qilini­shi reja­lashtirilgan bir dastur, siyosiy plat­forma yoki boshqaruv tamoyil­larining bayonidir.

“Maromnoma”ga ko‘ra, Turkistonda tashkil etilajak xalq jumhuriyati qonun chiqaruvchi organi – parlamentiga ega bo‘lishi va unga a’zolar sinfi, dini va mazhabiga ko‘ra mansubligidan qat’i nazar, umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanishi ko‘zda tutilgan.

Saylovda shariat doirasida xotin-qizlar ham ishtirok qilishlari mumkin, deyilgan.

Jadidlarning bosh g‘oyalaridan bo‘lgan ta’limni rivojlantirish, zamonaviy maktablar ochish masalasi ham “Maromnoma”da alohida o‘rin tutgan. Iqtisodni, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali xalqning turmush darajasini oshirish zarurligi ta’kidlangan. Xalqning davlat boshqaruvida ishtirok etishi, saylovlar orqali o‘z vakillarini saylash huquqi kabi demokratik tamoyillar ham unda o‘z aksini topgan.

“Maromnoma” millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash, huquqiy davlat qurishga bo‘lgan asriy intilishlarini aks ettirgan muhim tarixiy hujjat sifatida biz uchun qadrlidir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning asosiy maqsadi – O‘zbekistonni ijtimoiy, huquqiy va dunyoviy davlat sifatida mustahkamlash, inson qadrini oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish va har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini so‘zsiz ta’minlashdan iborat. Konstitutsiya inson qadrini oliy qadriyat deb biladi. Unda inson qadri, huquq va erkinliklari hamma narsadan ustunligi prinsipi mustahkamlab qo‘yilgan. Davlatning barcha faoliyati inson va uning manfaatlariga qaratilgani qat’iy belgilangan.

Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, fuqarolarning uy-joy, mehnat, tibbiy xizmat va ta’lim olish huquqlarini kafolatlash majburiyatini zimmasiga oladi. Sud hokimiyatining mustaqilligi, adolatli sud qarorlari, har kimning malakali yuridik yordam olish huquqini kafolatlash orqali qonun ustuvorligini ta’minlaydi. O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi belgilab qo‘yilishi mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada oshirib, ichki siyosati insonparvarlik va taraqqiyotga yo‘naltirilganini ko‘rsatadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi xalqimiz hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Unda har bir fuqaroning haq-huquq va manfaatlari har qachongidan ham chuqurroq va atroflicha himoyalab qo‘yilgan.

Davlat kam ta’minlangan, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa zaif qatlamlariga moddiy yordam ko‘rsatishni kafolatlaydi. Pensiya, nafaqalarning miqdori qonun bilan belgilanadi. Har kim tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Davlat tibbiy xizmatning bepul shakllarini kafolatlaydi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim bepuldir. Oliy ta’limning ham davlat grantlari asosida bepul olinishi kafolatlanadi. Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Davlat fuqarolarning uy-joyli bo‘lishiga ko‘maklashadi va uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi.

Har kim mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.

Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafo­latlanadi, bu esa ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Hech kim sudning qarorisiz uy-joyidan mahrum etilmaydi. Mulk huquqi kafolatlanadi va davlat tomonidan himoya qilinadi. Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega. Bu ekologik muammolarning oldini olish va sog‘lom hayot kechirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlari kengaytirildi, ularga davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari yaratildi. Erkak va ayollarning teng huquqliligi Konstitutsiyaviy darajada kafolatlandi. Bu huquqlarning barchasi jadidlar orzu qilgan jamiyatda yashayotganimizni anglatadi.

Jadidlar o‘z davrining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini chuqur tahlil qilgan holda, mamlakatning qoloqligi va xalqning qashshoqligiga chek qo‘yishning yagona yo‘li – bu adolatli boshqaruv, ilg‘or ta’lim tizimi va iqtisodiy mustaqillik ekanini ta’kidlagan. Nafaqat bilim tarqatish, balki xalqni o‘z huquqlarini anglashga, o‘z taqdiriga befarq bo‘lmaslikka da’vat etgan. Ular bunday davlatning poydevori xalqning huquq va erkinliklarini kafolatlovchi, davlat boshqaruvini tartibga soluvchi oliy qonun – Qomus bo‘lishi kerakligini teran anglab yetganlar.

Jadidlar harakatining asosiy o‘zagi ta’lim va ma’rifat edi. Ular “jaholatdan – nurga”, “qoloqlikdan – taraqqiyotga” o‘tishning yagona yo‘li ilm-ma’rifat ekanini qat’iy uqtirgan. Usuli jadid maktablarini ochish, dunyoviy fanlarni o‘rganish, xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash – ularning dasturiy maqsadlari edi. Jadidlar millatning kelajagi ilmli va ma’rifatli yoshlar qo‘lida deb bilgan.

Yangi O‘zbekistonning yangilangan Kons­ti­tutsiyada ham ta’limga alohida e’tibor qaratilgan. Unda “Har kim sifatli ta’lim olish huquqiga ega”ligi mustahkamlab qo‘yilgan. Davlatning umumta’lim maktablarini bepul qilish, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash kabi majburiyatlari belgilangan.

Konstitutsiyaning 50-moddasida “dav­lat jamiyatning ijtimoiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”, deya ta’kidlanishi jadidlar g‘oyalariga g‘oyat uyg‘un va hamohangdir.

Jadidlar o‘z davrida qonun ustuvorligi, barchaning qonun oldida tengligi va haqqoniy sudlov tamoyillarini orzu qilgan bo‘lsa, Yangi O‘zbekistonda “Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir”, degan norma Konstitutsiyaning ruhini belgilaydi. Jadidlar milliy til, madaniyat, tarix va urf-odatlarni asrash, milliy ongni uyg‘otishga katta e’tibor qaratgan. Ularning fikricha, millat o‘zligini anglamasdan turib, taraqqiy eta olmaydi.

Yangilangan Konstitutsiyada o‘zbek tilining davlat tili maqomi, uning himoyasi va rivojlanishi, “O‘zbekistonning madaniy merosi davlat himoyasida” ekani, fuqa­rolarning milliy va madaniy o‘zligini saqlash huquqi kafolatlangan.

Konstitutsiya – har birimizning Qomu­simiz, uning har bir normasiga amal qilish, uni asrab-avaylash va unda belgilangan qadriyatlar ruhida yashash – har bir o‘zbekistonlikning muqaddas burchidir.

Jamoliddin BADALOV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-dekabrdagi 49-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img82

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324