Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.03.2025 | 10:59

img314

YUKSAK ORZULAR OG‘USHIDA

Inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, shu yo‘lda astoydil harakat qilsa, albatta, o‘z niyatiga erishar ekan. Men ham o‘n yil deganda nihoyat, Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldim. Prezidentimiz qaroriga binoan ana shunday yuksak mukofot bilan taqdirlanganlar safida o‘zimning ham ism-sharifimni o‘qib quvonchdan ko‘zlarim yoshga to‘ldi, qalbim g‘ururdan entikdi. Ana shu sururli damlarda onajonimning his-hayajonini bir ko‘rsangiz edi!

Maktabda o‘qib yurgan kezlarimdayoq ko‘nglimda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘ongan. Kollej va universitetda tahsil olayotgan paytlarimda bu yo‘nalishda turli seminar va o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etib, o‘z biznes loyihalarim bilan qator tanlovlarda g‘olib bo‘lganman.

Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratila boshlagach, men ham ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga qaror qildim. Ma’lumki, Angren shahri Chotqol va Qurama tog‘ tizmalari etagida joylashgan. Uning atrofidagi sharqiroq soylar, quyuq qarag‘ayzor va archazorlar, osmono‘par cho‘qqilar turizm sohasini rivojlantirish uchun juda qulay hisoblanadi. Biz tabiatning ana shu go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishni istagan sayyohlarga xizmat ko‘rsata boshladik.

Ishonsangiz, dastlabki biznes loyihamni amalga oshirish uchun otamga “Hovlimizdagi sog‘in sigirlarimizni sotaylik” deb iltimos qilganman. Otam shashtimni qaytarmadi. Ilk mehmonxonamizni 2016-yili davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit hisobidan tashkil qilgan edik. Oradan ikki yil o‘tgach yana 200 million so‘m kredit olib, 15 o‘rinli oilaviy mehmonxona ochdik. Ushbu sohada sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun tegishli adabiyotlar va internetdagi manbalar yordamida muttasil bilimimni oshirib bordim. Taniqli tadbirkorlarning  bir qator loyihalarida qatnashib, ularning ko‘magida marketing yo‘nalishida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ldim. 

Ayni damda biz mahallamizdagi 30 dan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlaganmiz. Ular orasida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi insonlar ham bor. Ayni kunlarda Angren tog‘larida eko va sport turizmini rivojlantirish loyihasi ustida ishlayapmiz.

Men Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lishning ahamiyati hamda mas’uliyatini yaxshi anglayman. Shunga munosib bo‘lish uchun bor bilim va tajribamni ishga solib, yangi-yangi g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish, shu orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirishga harakat qilaman. Zotan, hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek:

Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur.

Oysha O‘ROLOVA,
Angren shahridagi “Yangiobod – kelajak sari” oilaviy korxonasi rahbari,
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori

“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-martdagi 10-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605