Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.08.2024 | 12:15

img414

O‘TMISH HAQIQATI – KELAJAK KO‘ZGUSI

Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan to 1991-yili O‘zbekiston o‘zining mustaqilligini e’lon qilgungacha bo‘lgan davrni tariximizning eng og‘ir sahifalari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chor hukumati ham, mustabid sovet tuzumi ham bu davrda mahalliy millatlarning yuksalishi u yoqda tursin, ularning savodli bo‘lishidan ham qo‘rqdi. Chunki savodli millat o‘z haq-huquqini taniydi va talab qiladi. Bu esa hukmron tuzumning siyosatiga umuman to‘g‘ri kelmas edi. Shunga qaramay, Turkistonda millatni tom ma’noda uyg‘otish, savodli va bilimli qilishni ko‘zlagan jadidlik harakati shakllandi, millatning yetakchilari o‘rtaga chiqdi.

Chor hukumatining tazyiqlariga qara­may, o‘z jonini garovga qo‘yib faoliyat olib borgan millat fidoyilari ­oxir-oqibat sovetlarning qonli qatag‘on mashinasiga duchor bo‘ldi. Ular millat ravnaqi, ozodligi va mustaqilligi yo‘lida shahid ketdilar. Shu ma’noda, kuni kecha imzolangan Prezident qarori nohaq qatag‘on qilingan millat fidoyilarining xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

So‘nggi yillarda bu borada olib borilgan ishlarning ko‘lami ancha katta. O‘zbekis­ton Respublikasi Oliy sudi tomonidan oxirgi uch yilda 1 ming 200 nafardan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomlari oqlangani yangi tariximizda olamshumul yangilik sifatida qabul qilindi. Ammo hali bu borada qilinadigan ishlar juda ko‘p. Ushbu qaror sharofati bilan yaqin orada yana minglab qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati sinchiklab o‘rganiladi, ular­ning millatimiz oldidagi tarixiy xizmatlari haqida arxiv va muzeylar, kutubxonalar va turli fondlarda saqlanayotgan yangi ma’lumotlar to‘planadi, tadqiq etiladi va ommalashtiriladi. Tariximizning noayon sahifalari ochilib, xalqimizga panada qolgan haqiqatlar yetkaziladi.

Jadidlar xalqimizning asl tarixini yozishga ko‘p harakat qildilar. Ular yurt tarixini bitadigan, tadqiq qiladigan kishi maddohlikdan, haqiqatni afsona­lash­tirishdan yiroq bo‘lishi kerak, deb hisobladilar va o‘zlari ana shu tamoyil asosida harakat qildilar. Mustaqil O‘z­bekistonning yaqin va yangi tarixi ham aynan shu tamoyil asosida yaratilishi kerak. Chunki tarix, yana jadidlar ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak, o‘tmishdan so‘ylab, kelajakni anglatadi. Ya’ni, millat o‘zining haqqoniy tarixiga nazar solib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni kelajakda takrorlamaslikka intiladi, taraqqiyotga eltuvchi yo‘ldan qat’iy va sobit ilgarilashga harakat qiladi.

Mazkur qaror aynan mana shunday maqsadlarga xizmat qilishi ­bilan ham ahamiyatlidir. Ushbu hujjatda ta’­kid­langanidek, Vatanimizning ­yaqin o‘tmishini xolis va haqqoniy yori­tish “mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtayi nazardan chuqur o‘rganish, inson, uning huquq va erkinliklari­ni oliy qad­ri­yat sifatida e’tirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod­ning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiyalash”ga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida millatning o‘zligini tanishiga, Uchinchi Renessans poydevorini yanada mus­tahkamlashga olib keladi.

Mazkur tarixiy qaror millatimizga mu­bo­rak bo‘lsin!

Zaynobiddin ABDIRASHIDOV,

filologiya fanlari doktori, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professori


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599