15.10.2024 | 09:24
415
“OYDIN SO‘QMOQLAR ELCHISI”
So‘nggi yillarda jadidlar hayoti va ijodiga e’tibor kuchayib, bu borada ko‘plab tadqiqotlar olib borilyapti, ilmiy-badiiy, tarixiy-xronologik kitoblar chop etilyapti. Fidoyi ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish, o‘rgatish masalalariga yurtimizning chekka hududlarida ham alohida e’tibor berilmoqda. Odatda jadid ma’rifatparvarlari haqida so‘z borganda nari borsa o‘n-o‘n beshta millat oydini yodimizga tushadi. Aslida bunday jonfido insonlar millatdoshlarimiz orasida ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ular chekka-chekka qishloqlarda yashab ham hurriyat, yurt ozodligi va millat ma’rifati uchun kurashishgan. Yaqinda Gʻayratjon Erkaboyevning “Classic” nashriyotida chop etilgan “Oydin so‘qmoqlar elchisi” kitobining bosh qahramoni Ismoilxo‘ja Otaxo‘jayev ham o‘tgan asrning boshlarida yangi usul maktabini ochib, butun umrini millatdoshlarini savodli qilish, ziyo tarqatishga bag‘ishlagan.

Ushbu kitobda mohir pedagog, ma’rifatparvar Ismoilxo‘ja Otaxo‘jayevning Farg‘ona vodiysida zamonaviy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi ibratli faoliyati va mashaqqatli izlanishlari, uning ko‘rgan-kechirganlari, oilasi, shogirdlari haqida qiziqarli ma’lumotlar jamlangan.
Kitobda keltirilishicha, Ismoilxo‘janing padari buzrukvori Otaxo‘ja eshon ham Qur’oni Karim, hadislar bilan bir qatorda til va adabiyot ilmini yaxshi o‘zlashtirgan, o‘z davrining ma’rifatparvar ziyolisi, ilmli inson bo‘lgan. U kishi o‘z xonadonida ilmtalablarga turkiy, arab, fors tillarida o‘qish va yozishni o‘rgatgan. Onasi Sobiraxon otin esa mahalladagi ko‘plab ayollarning savodini chiqargan.
Tarixiy badia janrida asar yaratish oson ish emas. Mazkur janr ijodkordan o‘zi qalamga olayotgan davr muhitini yaxshi bilish bilan birga, voqealar bayoni silsilasini jozibali ifodalash mahoratini ham talab qiladi. Bu nihoyatda og‘ir va ko‘p zahmat talab qiladigan jarayondir. Muallif ana shu talablarni his qilgan holda boy manbalarga tayangan holda badiiy ta’sirchan asar yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Taraqqiyparvar jadidning o‘g‘li Iskandar Otaxo‘jayev dadasi haqidagi xotiralarni, tahlikali bolalik yillarini shunday eslaydi:
“Dadam kitobga mehr qo‘yishimizga sababchi bo‘lgan. Ular bilan faxrlanaman. Mash’um siyosat tufayli nafaqat dadam, balki butun oilamiz doim ta’qibda yashagan. Hatto dadamning o‘z og‘izlaridan bir necha marotaba kech kirib, maktabdan qaytayotganida askarlar ularga qarata o‘q uzganini, Alloh asrab, shikast yetmaganini eshitganmiz. Ular qish tunlarida bizni sandal atrofiga o‘tqazib, tarixiy kitoblar o‘qib berardilar. Biz hech narsani, hatto o‘qilgan asarlar nomini ham ko‘chaga chiqib aytolmasdik. Rahmatli dadam gapimizni o‘ylab gapirishimizni tayinlardi. Doim bir otameros so‘zni – yurtimizni mustamlakachilikdan, zulmat va zalolatdan faqatgina ilm qutqarishini ta’kidlardi. Ular butun umr vatanimiz ozod va erkin bo‘lishini orzu qilib yashadi”.
Kitobdan Ismoilxo‘ja Otaxo‘jayevning bolaligidan to umrining so‘nggi kunlarigacha bo‘lgan davr, u faoliyat olib borgan barcha maktablar, mashaqqatli va sargardon hayot yo‘li haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Umid qilamizki, bu kabi kitoblar millat fidoyilarini yanada yaqindan tanishimizga, ularning xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiladi.
Muyassar IBROHIMOVA
“Jadid” gazetasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 42-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



