Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.07.2025 | 09:47

img614

OZAR OLIMASINING QO‘SH TUHFASI

Ozarbayjon zaminida tavallud topib, XX asr o‘zbek mumtoz adiblari yonidan o‘rin olgan Maqsud Shayxzoda hech shubhasiz ikki millatga birdek daxldor adabiy shaxsiyatdir. Uning asarlari ikki millat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining kuchayishiga, adabiy hamkorlikning yangidan yangi ufqlari ochilishiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.

Shayxzodaning:

“Umrlar bo‘ladiki,
Tirigida o‘likdir.
O‘limlar bo‘ladiki,
O‘lgan odam tirikdir”, kabi she’riy misralari aforizm holiga keldi. Bir qancha doston va balladalari hali-hanuz o‘zbek o‘quvchisi tomonidan sevib o‘qiladi. “Mirzo Ulug‘bek”, “Jaloliddin Manguberdi” kabi sahna asarlari ma’rifat mayog‘i, vatanparvarlik ruhi, milliy pafosi bilan o‘zbek dramaturgiyasi tarixini bezab turibdi.

Maqsud Shayxzoda Nizomiy vatani, Ganja o‘lkasining farzandi. “Umrim bino bo‘ldi Ozarbayjonda, Kechdi bolaligim u gul makonda”. Yigitlik yillari, to‘g‘rirog‘i, hayotining eng go‘zal pallalari O‘zbekiston bilan bog‘liq. Qismat yozig‘i bois o‘zbek tuprog‘iga kelib o‘rnashgan Maqsud Shayxzoda degan nihol O‘zbekistonda o‘sdi, ulg‘aydi, meva berdi.

Shayxzoda o‘zbek yosh adiblari, shoirlari, filologlari tarbiyasi bilan shug‘ullandi. Pedagog sifatida oliy o‘quv yurtlarida yoshlarga saboq berdi.

Shu bilan birga o‘zbek adabiyoti tarixining zukko bilimdoni sifatida bir qancha risolalar yozdi.

“Hazrat Navoiyning o‘pib qo‘lini,
O‘zbek vodiysida otimni surdim.
Ijod karvonining uzoq yo‘lini
Aziz yo‘ldoshlar-la o‘toldim, yurdim”.

Shayxzodaning hazrat Alisher Navoiyga ehtiromi shunday beqiyos edi. Umr bo‘yi Nizomiy, Navoiy, Fuzuliy gulshanidan gul terdi; ustoz san’atkor alloma shoirlar dargohida shogird maqomida bo‘ldi; tinimsiz o‘qidi, o‘rgandi; ustozlarining badiiy mahoratini tolibi ilmlarga o‘rgatdi ham.

Darvoqe, o‘zbek navoiyshunoslari bugun ham biror tadqiqot yozar ekan, Shayxzoda adabiy-nazariy qarashlarini, xususan, “Navoiy ijodida folklor motivlari”, “Genial shoir”, “Navoiyning Samarqandda kechirgan kunlari”, “Navoiy lirikasining ba’zi bir poetik usullari haqida”, “Gʻazal mulkining sultoni”, ayniqsa, turkum maqolalardan tarkib topgan “Ustodning san’atxonasida” kabi teran tadqiqiy asarlarini aslo chetlab o‘ta olmaydi. Shuningdek, Shayxzodaning “Tazkirachilik tarixidan” deb nomlangan alohida bir risolasi Alisher Navoiyning ozarbayjonlik tazkirachi shogirdi bilan bog‘liq asar sanaladi.

Yaqinda Maqsud Shayxzodaning “Gʻazal mulkining sultoni”, “Tazkirachilik tarixidan” nomli ikki kitobi Bokudagi “Ilm va tahsil” nashriyotida bosilib chiqdi. Mazkur asarlarni zahmatkash olima filologiya fanlari doktori, professor Olmas Ulvi xonim ozarbayjon o‘quvchilariga taqdim qildi. Muhtarama Olmas opa “Maqsud Shayxzoda va uning “Gʻazal mulkining sultoni” kitobi” deb nomlangan so‘zboshisida yozadi: “Maqsud Shayxzoda shunday bir hayot, shunday bir umr kechirdiki, bu qismat ikki qardosh xalqning asrlar bo‘yi adabiy aloqalari tarixining jonli vorisi, ma’naviy ko‘prigi bo‘lajakdir”.

Haqiqatda shunday. Bugun ozarbayjon o‘quvchisi Maqsud Shayxzodaning moʻtabar ikki kitobini mutolaa etib, Olmas Ulvi xonim so‘zlariga ishonch hosil qiladi va tarjima uchun muhtarama professor opamizga chin yurakdan rahmatlar aytishadi.

Jumladan, biz ham, Olmas Ulvi xonimga shunday ezgu zahmatlari uchun tashakkur aytishga burchlimiz.

B.KARIM

“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img97

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img135

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328