Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.09.2024 | 10:15

img390

OZAR QARDOSHLAR QUTLOVI

Professor Hamidulla Boltaboyevning 70 yoshi munosabati bilan

Badirxon AHMADLI,

filologiya fanlari doktori, professor  

Agar o‘tmishdan ko‘r-ko‘rona voz kechib, ertangi kunga faqat bugunning nazari bilan qaralsa, uzoqqa borish dargumon. Umumturk kontekstida fikr yuri­tish va kelajakni shu yo‘na­lishda qurish bizni dunyo xalqlari orasida yetakchi o‘ringa olib chiqishi mumkin. Bu ma’noda turk xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va adabiy integratsiyalashuvi muhimdir. O‘z-o‘zidan ikkinchi masala o‘rtaga chiqadi: bir asr avval o‘rtaga qilich qo‘yib, ajratilgan turkiy xalqlar­ning birligini tiklash uchun olimlarning aniq yo‘l xaritasi bormi?! Turkiy ziyolilar imkon qadar keng fikr yuritmog‘i, tor, mahalliy qobiqlardan chiqmog‘i, o‘tmishda g‘oya sifatida ilgari surilgan, bugungi kunda dolzarbligi bilan oldimizda turgan “Tilda, fikrda, ishda birlik” formulasini hayotga tatbiq etmoqlari kerak. Shundagina kerakli ijtimoiy-siyosiy natijaga erishish mumkin.  

O‘z vaqtida H.Zardabi, I.Gʻas­p­rali, A.Huseynzoda, A.Ag‘ao‘g‘li, ­Z.Go‘yalp kabi olimlar tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan turk birligi bugun ham yangi qiyofalar bilan davom ettirilishi lozim. Bugungi kunda bunday g‘oyalarga ega odamlar kam va ular yangi turk integratsiyasida muhim ahamiyatga ega. Ana shunday kamyob olimlardan biri O‘zbekiston Milliy universiteti professori Hami­dulla Boltaboyevdir. Jonkuyar jadidchi og‘amiz shu kunlarda yetmish yoshni qoralab boryapti. Yaqinda O‘zbekistonga tashrifim chog‘ida professor Hamidulla Bol­ta­boyev turkiy xalqlar integratsiyasiga oid aniq konsepsiyaga ega ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Bu konsepsiya XX asr boshida turk ziyolilari tomonidan ilgari surilgan yo‘l xaritasiga katta hissa bo‘lib qo‘shi­lishiga ishonaman. Nafaqat konsepsiya sifatida, balki amaliy qadamlar qo‘yish orqali ham bu ish oldinga siljishi mumkin. Bugun O‘zbekistonda boshlangan yangi jadidlik harakatida uning o‘rni kam emas. 2021-yili ustozning Nizomiy Gan­­ja­viy nomidagi Adabiyot ins­ti­tu­tida magistr va doktorantlar uchun “O‘zbek adabiyoti va adabiyot naza­ri­yasi” mavzusida o‘tkazgan maho­rat darsi o‘zbek-ozarbayjon filologiya fanini yaqinlashtirish yo‘li­da­gi muhim qa­dam­lardan biri bo‘l­di. Domla bosh­qa turk xalqlari, jum­ladan, Turkiya bilan ilmiy integ­ratsiya­la­shuv yo‘lida anjumanlar, maho­rat saboq­lari tashkil etishni eng yaxshi vosita deb bila­yotir. O‘zbekistonda o‘tka­zila­yot­gan anjumanlar mavzulari mush­tarak turkiy fikrni ifodalagani bois ishtirokchilar ham turkiy xalqlarni imkon qadar ko‘proq qamrab olmoq­da. Olim faoliyatining ilk yo‘nalishi nazariy xarakterga ega va bu omil uning butun ijodini qamrab olgan. Ilk tadqiqotida u zamonaviy o‘zbek nasridagi uslub murojaatlarining naza­riy ko‘rinishini taqdim etib, o‘zbek nasrini uslubiy jihatdan tahlil qiladi. 80-yillarda badiiy nasrni uslub jihatidan o‘rganish katta yangilik edi. Bu kabi izlanishlar Turkiya adabiyotida A.Hamdi Tanpinar, M.Kaya Bil­gegil, Mehmet Kaplan, Berna Moran, Sharif Aktash kabi tadqiqotchilar­ning izlanish­la­ri­da alohida o‘rin tutgan. Bizda esa 80-yillarda bunday tadqi­qot­lar yo o‘tkazilmagan, yoki kam e’tibor qaratilgan. Bu borada qahra­mo­nimiz 70-yillarda o‘zbek nosir­lari qalamiga mansub asarlar­ning uslubiy xususiyatlari va uning o‘quvchiga ta’sir etish mexanizmla­ri­ni tushun­tirib berdi. Yangi uslublar haqida to‘xtalish esa sotsialistik realizmning mavjud usulidan voz kechishni anglatardi. O‘zbek nasrida ro‘y bergan ushbu adabiy voqea kelajakdagi yo‘na­lish­larni belgilab berdi. Rus tanqid­chi­lari­ning uslubga yo‘naltirilgan tadqi­qot­lariga o‘rin bergan tadqiqotchi milliy uslub atamasini va unga alohida ahamiyat berishni taklif qildi. “Milliy uslub” tushunchasiga o‘sha payt­da yetarlicha ahamiyat berilmagani uni xavotirga soldi: “Sovet adabiyoti dunyosida har bir adabiyotning o‘ziga xosligi va mavjud uslub xususiyatlarini aniqlash, uni adekvat tarzda o‘rga­nish­da kamchilik va nuqsonlar mav­jud­dir”. 20-30, 40-50-yillardan farq­li o‘laroq badiiy uslub boshqa yo‘l­dan ketishi kerakligini targ‘ib qildi. Tadqiqotchi bugungi adabiyotda o‘ziga xos nasriy uslub shakllanmoqda, degan fikr­da edi. U metod iskanjasida qolgan uslubni qat’iyan qabul qilmay, sotsia­lis­tik realizm usuli o‘z uslublari­ni shakl­lantirishga imkon berishini oldindan bildi. Sotsialistik realizm istilohining kelib chiqishi, paydo bo‘lishi va rivoj­­lanish yo‘nalishlariga e’tibor qarat­gan Hamidulla Boltaboyev bu usulni qo‘llashdan ko‘plab ulug‘ adib­lar jabr ko‘rgan, ba’zi yozuv­chilar esa undan foydalanganlar, degan xulosani hi­moya qildi: “Sotsialist realizm deyil­mish zanjir, XX asr o‘zbek nasrining tamal toshini qo‘ygan Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi buyuk adiblarni o‘z iskanjasiga oladi. Adabiyotimiz ulardan mahrum bo‘lgani kabi, 1930-1950-yillarning so‘nggida asar yaratgan eng yetakchi adiblarning ham ijod namunalari­ni-da oyog‘iga tushov bo‘ladi”. Ozarbayjon adabiyotida ham ayni jarayonlar kechganini inobatga olsak, tadqiqotchining 80-yillar­ning avvalida qilgan bu dadil xulosasini qadrlamaslik mumkin emas. O‘zbek adiblaridan Shukur Xolmir­zayevning “So‘nggi bekat” romani haqida so‘z yuritgan tadqiqotchi yozuvchi uslubidagi go‘zalliklarni barcha tafsilotlari bilan ro‘y-rost ko‘rsatadi. Uslubni shakl­lantirishda yozuvchi tilining, xarakterining, tas­vir xilma-­xilligining ahamiyatiga urg‘u qaratganda, u tamomila haq edi. Hamidulla Boltaboyev tadqiqot­larining katta qismi XX asr avvali­da sodir bo‘lgan umumturkiy jara­yon­­larga, bu jarayonlarda o‘z­bek jadid­la­ri­ning hayoti va ijodini o‘rga­nishga bag‘ish­langan. O‘zbek ada­biy-­ma­da­niy, ijtimoiy-siyosiy tafak­ku­ri­­da vujudga kelgan jadid­lik bir jara­yon bo‘lib, harakat demakdir, bu novatorlar, ma’rifatparvarlar, yangi­­lik­­shu­noslar desa-da, bo‘lar (bular­­ning barchasining zamiri asli­da birla­shi­shdir), ammo ularning eng yaxshisi o‘zbek tilida ifodalangan jadid­lik, jadidizm termini bo‘lib, ular­dan foydalanish yanada to‘g‘ridir. Shu­­ning­­dek, tatar, boshqird, Turkiya turk­­cha­sida ham bu istilohdan foyda­la­ni­ladi. Professor Hamidulla Boltaboyev bu borada jadidlarning ilmiy-adabiy merosiga katta ahamiyat berdi va shu tariqa turkiy dunyoning mavjudligini saqlab qolishga harakat qildi. Chunki turk dunyosi yangilanishdan, ta’limga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgandan so‘ng ozodlik hamda mustaqillik izlay boshladi. Ular hamisha oldinga qarab boqdi hamda umid quyoshining o‘zbek turkiy­larining-da yuzida barq urajagiga ishondi, xalqni-da bunga ishon­tirdi. Jadidlarning esa eng atoqli namo­yandalaridan biri jadid, mao­­rifchi, shoir, davlat arbobi Abdurauf Fitrat (1886–1938) edi. Uning adabiy me­ro­si sovet davrida nashrdan va tadqiqotdan chetda qolgani bois, Hamidulla Boltaboyevning ilk ishi uning asarlarini to‘plab, nashr ettirishdan iborat bo‘ldi.  1956-yili Fitratga nisbatan jinoiy ayblovlar olib tashlanganiga qaramay, uning asarlari haligacha oqlanmagani tadqiqotchini juda bezovta qildi. Undan “xalq dushmani” tamg‘asi olib tashlangan bo‘lsa-da, ijodi hali o‘zining munosib bahosi­ni olmagan edi. Uning izlanishlari orqali Fit­rat istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi shoir, jadid, mutafakkir sifatida tanildi. 1990-yili “Yoshlik” jurnali­da bu borada ilk marta “Noma’lum Fitrat” maqolasi bilan chiqish qildi. Shundan ke­yin Fitratning hayoti va ijodini qizg‘in tadqiq qilgan tadqiqotchi ilmiy jamoatchilik e’tiborini ham jadidlarga qaratdi. Bu tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, Fitrat XX asr­ning boshlarida Istanbulga ketib, u yerda she’r yoza boshlaydi. Olimning asarlari Turkiya, Ozar­bayjon, Turkmaniston, Qo­zo­g‘is­ton va boshqa turkiy davlatlarning ilmiy nashrlarida chop etilgan. Jumladan, Ozarbayjon va Turkiyada olimni yaxshi tanishadi. Turkiyada “Nasr va uslub” (1992) va “Fitrat va jadidlik” (2019) asarlari nashr etilishi uning ilmiy tafakkuri O‘zbekiston sarhadlaridan-da oshganiga dalolatdir. Ushbu asarlar Turkiyaning ilmiy jamoatchiligi tomonidan o‘qilib, havolalar qilinadi. Aslida bizning Hamidulla Boltaboyev ijodiga na­zar tashlashimizga shu ikki fundamental asar sababchi. Ros­siya ilmiy nashrlarida ham uni yaxshi bilishadi va maqolalarini chop etishadi. “Sharq o‘rta asrlarida Markaziy ­Osiyo muta­fakkirlarining estetik merosi” maqolasi “Академичес­кие тетради” kabi nufuzli jurnalda nashr etilgan. Hamidulla Boltaboyev bir qan­cha nufuzli ilm markazlarining a’zosi o‘laroq o‘z maslahatini berib kelayo­tir. Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ada­biyot instituti tomonidan u xorijlik “Yil olimi” nomiga loyiq ko‘rilgan. Ros­siya Estetika va libe­ral san’atlar aka­de­miya­sining a’zosi hamdir. Professor Hamidulla Bolta­boyev­ning qarshisida bugun juda katta vazifa turibdi: ya’ni o‘zbek xalqining yanada ma’rifatli bo‘lishiga, turkiy xalq­larning yanada yaqinlashishiga hissa qo‘shish. Buning uchun aniq bir konsepsiyaga ega bo‘lish talab etiladi. Uning ilmiy eruditsiyasi, ilmiy tajribasi, turkiy xalqlarning o‘tmishi­ni bilgan turkiy shaxs sifatida bu tushunchani hayotga tatbiq etishga salohiyati yetarli. Bu missiya allaqachon bosh­lan­­gan: O‘zbekistonda bosh­lan­gan zamo­naviy jadidlik hara­kati yetak­chi­la­ri­dan, o‘zbek ada­biyot­shu­nos­li­gi­ning darg‘alaridan biri hisob­lan­gan professor Hamidulla Boltaboyev umri­ning yetmishida turkiylik hara­kati­ga o‘z hissasini munosib qo‘shmoqda. Biz-da bu yo‘lda unga zafarlar tilay­miz.

Bokuda nashr qilingan

“525-ci qazet”ning 2024-yil 7-iyun sonidan

Davronbek ORIPOV tarjimasi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599