Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.03.2025 | 09:30

img819

O‘ZBEK ROMANSLARI HAQIDAGI ASAR

Musiqiy asarlarning turli-tumanligini hayotimizni rang-barang qiluvchi, shuningdek, turfa did-saviyadagi tinglovchilar ehtiyojini qondiruvchi ming ko‘zli buloqqa mengzash mumkin. Ular orasida romans janri intellektual jihati bilan alohida ajralib turadi. Biroq yurtimizdagi san’at va musiqaga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida bu nozik janrga oid ilmiy-amaliy qo‘llanmalar taqchilligi seziladi. Bundan yuz yil oldin jadid bobolarimiz ham musiqiy darslik va qo‘llanmalar yetishmovchiligini to‘ldirish uchun ushbu yo‘nalishda baholi qudrat ilmiy izlanishlar olib borishgan. Abdurauf Fitratning “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” nomli asari ham ayni ehtiyoj sabab dunyoga kelgan, deyish mumkin.

Bugun ham ana shu ezgu ishlarning uzviy davomi sifatida milliy mumtoz musiqani rivojlantirish, jumladan, o‘zbek romanslarini tiklash bo‘yicha muhim madaniy loyihalarga qo‘l urilgani ayni muddaodir. Shu ma’noda, yaqinda nashr qilingan “O‘zbek romanslari” va “Sevgi romanslari” kitoblari o‘quvchilarni musiqa olamiga yaqinlatib, uning siru sinoatlarini teran anglashiga ko‘maklashadi. 

– Loyihadan maqsadimiz, o‘tgan asrning birinchi yarmida o‘zbek bastakorlari tomonidan yaratilgan, ammo ovozli yozuvlari hatto arxivlarda ham saqlanib qolmagan romans janrini qayta tiklash edi, – deydi mazkur loyiha muallifi, O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov. – Biz 13 ta klassik romans ohanglari va betakror ijrosini notalar bo‘yicha qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldik. Ushbu loyiha o‘zbek romansi rivojlanishi tarixining yangi bosqichini boshlab beradi, deb umid qilamiz. Bu ishni amalga oshirishda bizga katta yordam bergan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi ma’muriyatiga alohida minnatdorlik bildiramiz.

Albatta, ushbu musiqiy to‘plamlar soha bilimdoni hisoblangan serqirra san’atkor tomonidan yaratilgani uning qadrini chandon oshiradi.

Yuqorida tilga olingan nashrlarda turli yillarda ijod qilingan o‘zbek romanslarini qayta jonlantirish va ularni yanada boyitish borasida olib borilayotgan yangiliklar, izlanishlar haqida boy ma’lumotlar jamlangan. Ular bilan tanishish asnosida tarixan Yevropada yaralgan ushbu janrga o‘zbek bastakorlari sharqona tus olib kirganidan voqif bo‘lish mumkin. Xususan, to‘plamlardan Doni Zokirov, Tolibjon Sodiqov, Yunus Rajabiy, To‘xtasin Jalilov, Mutal Burxonov, Muxtor Ashrafiy, Sulaymon Yudakov, Sayfi Jalil, Sharif Ramazonov kabi atoqli kompozitorlarning Nizomiy, Navoiy, Furqat g‘azallariga, Mirtemir, Turob To‘la, Abdulla Oripov she’rlariga bastalagan romanslari o‘rin olgan.

Mazkur noyob madaniy loyiha O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishdagi ilk qadam bo‘ldi. E’tiborlisi, romanslar ijrosining videoyozuvlarini QR-kod orqali tomosha qilish imkoniyati ham mavjud. Qo‘sh kitobning muqovalariga O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur chizgan suratlar bilan bezak berilganini ham alohida ta’kidlash joiz.

O‘ylaymizki, ushbu nashrlar keng kitobxonlar ommasining ham romans janri haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.

Zarnigor IBROHIMOVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-fevraldagi 8-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img139

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img149

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img345