09.09.2025 | 09:18
500
O‘ZBEKISTON TASHABBUSLARI SHHT TA’SIRI VA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI
Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasining yirik port shahri – Tyantszinda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti xalqaro miqyosda ushbu tuzilmaning siyosiy va iqtisodiy vazni tobora ortib borayotganini namoyon etdi, desak, adashmagan bo‘lamiz. 2001-yil iyun oyida oltita davlat tomonidan asos solingan va mintaqaviy xavfsizlik guruhi sifatida ish boshlagan ushbu birlashma bugungi kunda dunyo aholisining deyarli yarmini, Yer yuzi va jahon YaIMning to‘rtdan bir qismini qamrab olgan global tashkilotga aylanib ulgurganiga barchamiz guvohmiz.
Ayni paytda 10 ta a’zo, 2 ta kuzatuvchi va 14 ta muloqot bo‘yicha sherik mamlakatni o‘z ichiga oladigan tashkilot o‘zaro ishonch va teng huquqlilik, o‘zaro maslahatlashuvlar, madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat, birgalikda rivojlanishga intilish bilan tavsiflanadigan “Shanxay ruhi”ga amal qiladi.

Bugungi kunda tashkilot doirasidagi hamkorlik 50 dan ortiq yo‘nalishni qamrab oladi, iqtisodiyotining umumiy hajmi qariyb 30 trillion AQSH dollariga yetadi.
Demak, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – bu shunchaki davlatlar klubi emas, balki ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi qutblari shakllanadigan strategik platforma hamdir. Tuzilma xalqaro doiralarda “kelajak laboratoriyasi” deb atalayotgani ham bejiz emas, negaki, bu makonda “mintaqa-mintaqa” hamkorlik formati rivojlanadi. Masalan, O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarning faol tashabbuslari orqali Markaziy Osiyo bugun nafaqat SHHTning tayanch mintaqasi, balki mintaqalararo va blokdan tashqari hamkorliklarning drayveri sifatida ham ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo – ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi) va Markaziy Osiyo – Yaqin Sharq aloqalari shakllanmoqda.
Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga besh kunlik rasmiy tashrifi yilning eng muhim siyosiy voqealaridan biri bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidentining SHHTning Tyantszin sammitida, “SHHT plyus” formatidagi muloqotlarda ishtiroki, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi, ushbu mamlakatning nufuzli kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralari hamda erishilgan ko‘p milliardli bitimlarning O‘zbekiston xalqi farovonligi uchun ahamiyati beqiyos. G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirlarda ishtirok etish O‘zbekistonning tarixiy xotiraga hurmat-ehtiromini ifodaladi hamda tinchlik, barqarorlik va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik kabi umumiy qadriyatlarga sodiqligini tasdiqladi.
Tyantszin sammiti SHHT tarixidagi eng yirik anjumanlardan biri bo‘ldi. Sammitda xalqaro tashkilotlar rahbarlari, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda 20 dan ortiq davlat rahbarlari qatnashdi. Bu SHHT tarixidagi mutlaq rekord ko‘rsatkichdir.
Sammit va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvlarda tashkilotning 2035-yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasi, shuningdek, “Tyantszin deklaratsiyasi”ni o‘z ichiga olgan asosiy hujjatlar paketi imzolandi.
O‘zbekiston nufuzli tashkilot ishida muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yildan 2024-yilgacha tuzilma faoliyatini kuchaytirishga oid 50 dan ziyod takliflar bildirilgan bo‘lsa, navbatdagi sammit va “SHHT plyus” majlisida tashkilotning siyosiy asoslarini mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yana qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Aytish joizki, O‘zbekiston Prezidentining takliflari hech qachon qog‘ozlarda qolib ketmagan. SHHTning “yo‘l xaritalari”, me’yoriy-huquqiy, dasturiy va konseptual hujjatlari doirasida, shuningdek, ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi mexanizmlari shaklida izchil amalga oshirilmoqda. Bu taklif va tashabbuslar tufayli tashkilotning samaradorligi yuksalib, safi tobora kengaymoqda, tuzilma xalqaro munosabatlarda o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda.
Tyantszin sammitining muhim yakunlaridan biri sifatida SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi asosida Toshkent shahrida doimiy faoliyat yuritadigan organ – SHHTga a’zo davlatlarning xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha Universal markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Uning huzurida SHHT Axborot xavfsizligi markazi ham tuziladi. Ushbu qaror xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
Prezidentimiz sammitda global va mintaqaviy xavfsizlikning tobora murakkablashib borayotganiga alohida e’tibor qaratib, yadroviy xavfsizlikni ta’minlash, giyohvandlikka qarshi kurashni kuchaytirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga qaratilgan aniq takliflarni ilgari surdi. Xususan, “SHHT–Afg‘oniston” muloqot guruhi ishini faollashtirishni taklif etdi.
O‘zbekiston rahbari SHHT makonida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va innovatsion rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash zarurligini doimiy ravishda ilgari suradi. Bu maqsadlarga erishish uchun Shavkat Mirziyoyev savdoni soddalashtirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi bitimni imzolash taklifini ilgari surdi.
Savdo to‘siqlarini bartaraf etish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish SHHT iqtisodiyotining o‘sishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu bitim SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlash, savdo xarajatlarini kamaytirish va biznes uchun qulay sharoitlar yaratishga imkon beradi.
Zamonaviy iqtisodiyotda, albatta, strategik materiallarga ehtiyoj yuqori bo‘ladi. Davlatimiz rahbari ushbu sohadagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Strategik materiallar bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etishni taklif etdi. Ushbu markaz strategik materiallarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va uzatish sohasida tajriba almashish, investitsiyalarni jalb qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun platforma vazifasini o‘taydi.
Energetika xavfsizligi SHHTga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Energetika konsorsiumini tuzishni taklif etdi. Ushbu konsorsium energiya resurslarini qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Prezidentimiz iqlim o‘zgarishining mintaqaga ta’sirini yumshatish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan muhim tashabbusni bildirdi. Prezident taklifiga ko‘ra, SHHTga a’zo davlatlar uchun iqlim o‘zgarishiga moslashish, uglerodsizlashtirish va ekologik xavflarni prognoz qilish uchun mintaqaviy platforma yaratiladi.
Gumanitar hamkorlik sohasidagi tashabbuslar ham ahamiyatli. Xalqaro xalq ijodiyoti festivalini o‘tkazish, “SHHT universiteti”ning onlayn-kampusini ishga tushirish, sayyohlik yo‘lagini rivojlantirish g‘oyalari e’tirofga loyiq. Bular “xalq diplomatiyasi” institutini mustahkamlovchi, bilim, madaniy boyliklar almashinuvi uchun shart-sharoit yaratuvchi va ishtirokchi davlatlar o‘rtasida chinakam hamjihatlik tuyg‘usini shakllantiradigan loyihalardir.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqida xalqaro vaziyatning chuqur tahlili va amaliy yechimlar uzviy mujassamlashganini xalqaro doiralar va ekspertlar e’tirof etayotganini alohida ta’kidlash zarur.
Abduvali SOYIBNAZAROV,
siyosiy sharhlovchi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 36-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
119
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
630
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
624



