Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.09.2024 | 15:12

img427

O‘ZBEKNING PIYOLASI

Bilmayman, qaydan kelib bizga ilash­gan odat – o‘zbeklarda ham nonush­ta qahvasiz tatimaydigan bo‘lgan. Qahva idishlardan foydala­nish esa xuddiki, ming yillardan davom etayotgandek yoki shu idishdan boshqasiga quyib ichsak, tomog‘imiz­dan o‘tmaydigandek go‘yo. Bir-biriga rasmlar tushirilgan qahva idishlari sovg‘a qilish urfi avj olgani sari, ko‘pchilik qatori biz ham eldan qolmaslikka tirishamiz. Mayli-da, nimasi yomon, yoqimli odat ekan-ku, deb xursand bo‘lib ham qo‘yamiz.

Yaqin-yaqingacha bizning uyimizda ham shunday odat bor edi.

Oshxona idishlari javonida oilamiz a’zola­rining tug‘ilgan oyi taqvimiga qarab (masalan, tarozi, o‘qotar, yo‘lbars) ramziy suratlari yoki tanlangan fotokollajlar tushirilgan qahva idishlari qator terilib turardi. Komiljon akam (Komil Avaz) ko‘k choyni yoqtirgani bois qahvani kam ichardilar. Har-har zamon­da sutli qahva damlashimni so‘rardilar va oddiy chashkaga damlab kelganim uchunmi, qaynoqqina qahvani piyolaga quyib olardilar. Bir kuni Komiljon akam uchun ataylab u kishi­ning tug‘ilgan oyi taqvim surati tushi­rilgan chashka sotib olib, o‘zlariga tantanavor taqdim etdim. Xursand bo‘lganini bildi­rib, qabul qildilar. O‘sha kundan keyin qahva ichadi­gan bo‘lsalar, albatta, o‘zlariga atalgan o‘sha yangi idishda damlab beradigan bo‘ldim. Ammo yana o‘sha avvalgi harakat takrorlanadi. Chashkadagi qahvani ko‘tarib, piyolaga bo‘shatadilar va yana nonushta qi­lish­da davom etadilar. Oxiri:

– Komiljon aka, men avvaliga sizning o‘zingizga atalgan qahva idishi bo‘lmagani uchun qahvani piyolada ichasiz deb o‘ylardim. Axir, ataylab tug‘ilgan oyingiz ramziy surati tushirilgan idish sotib oldim. Bundan xursand bo‘lgan edingiz. Lekin nega yana qahvani oddiy piyolaga quyib ichayotganingizni tushunolmadim. Yoki bu qahva idishi sizga yoqmadimi? – deb so‘radim.

– E, yo‘g‘-e, unday emas! Sen sovg‘a qilgan qahva idishi menga juda yoqadi, – dedi­lar va biroz ma’yuslanib so‘zida davom etdilar. – Shu… xotiralar ezginligimi, bilmadim. “Butirka” qamoqxonasida yotganimda choyni temir krujkada berishardi. Xonalar sovuq. Temir krujkadan issiq choyning hovuri oppoq bug‘ bo‘lib, yuqoriga o‘rlaydi. Qaynoq paytida ichib bo‘lmaydi, sovub qolgan choyni esa ichging kelmaydi. Har safar o‘sha temir krujkada choy ichganimda o‘zimizning sopoldan yasalgan o‘zbekcha piyolamizni qo‘msardim. Turmaning shundoq yonidagi issiqqina uylarda nonushta qilayotgan, ovqatlanayotgan odamlar chinni yoki sopol idishlarda bahuzur choy ichib, bir-biri bilan miriqib suhbatlashayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylab qo‘yardim. Yuragim uvishardi. Bu yer qamoqxona – zax va beton devorlar, mog‘or hidi anqigan ko‘rpa-to‘shak, choy va ovqat uchun temir idishlar, bari-barisi haq-u nohaq qamalgan odamlarning erkini cheklash va ruhiy kamsitishga mo‘ljallanganini anglash og‘ir edi. Markazdagi ayrim korchalonlar unvon va boylik ilinjida bizning xalqimizni “paxta ishi” degan siyosiy qatag‘on tuzog‘iga tushirgani, ming uringaning bilan o‘zingning aybsiz ekaningni isbotlay olmasli­ging, buning ularga zarracha qizig‘i yo‘qli­gini his qilish battar azob berar edi. Ba’zilar “ko‘pga kelgan to‘y-da, ilojimiz qancha?” deb o‘zini ovutgan bo‘lardi. Lekin men bunday nohaqlikka toqat qilolmasdim, o‘zimni alday olmasdim. Axir, tog‘ni ursa talqon qiladigan qirq uch yoshda edim… Kun demay, tun demay, chin g‘ayrat bilan ishladim. Hatto, ish deb ustimda chang va ter hididan uniqqan kiyimlarimni almashtirib kelishga vaqtni qizg‘anardim. Negaki, zavod ishi o‘ta og‘ir va xavotirli edi. U davrda davlatga paxta yetkazib berish ishini nafaqat respublika, balki Moskvadan turib, nazorat qilishardi. Bir kuni obkomga maj­lisga chaqirishdi. Bormasam bo‘lmaydi, talab va intizom qat’iy! Shu majlisdan chiqib, hatto uyga, ota-onamni, bolalarni ko‘rishga o‘tmadim. To‘g‘ri zavodga keldim. Darvozadan kirsam, ishchilarning ba’zisi bir joyga to‘p bo‘lib olgan, ba’zilari to‘zg‘ib, yugurgilab yurishibdi. Bilsam, bir ishchimizning qo‘lini stanok qirqib yuborgan ekan. 22 yoshli yigit, lekin endi bir qo‘lsiz, nogiron! Men bir umr uning, oilasining oldida o‘zimni aybdor sezdim va shu yoshimga qadar ham ulardan xabar olib turishni burchim deb bildim…

U so‘zlashdan to‘xtab biroz yerga qarab o‘tirdi-da, oldidagi paxta gulli piyolani qo‘liga olib:

– Aybga buyurma, singlim, birgina qahva idishini deb o‘tmishga o‘rlab ketdim chog‘i. Yaxshiyam, yurtimiz mustaqil bo‘ldi, biz oqlandik. Yagona tilagim, hamisha adolat bosh bayrog‘imiz bo‘lib, el boshida hilpirab tursin! Tinch yurtda to‘ylar ko‘paysin-u, piyolalar taftli choyga to‘la bo‘lsin! – dedilar tabassum bilan.

O‘sha suhbatimizdan keyin biz ham choy va qahvani o‘zimizning, o‘zbegimning paxta gulli idishlarida ichadigan bo‘ldik.

Sayyora JABBORZODA,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 40-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596