18.08.2026 | 10:17
1890
QADRLI TUHFA
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning bir she’rida shunday satr bor: “Qaldirg‘ochlarga ber ayvonlaringni”. El-yurtimizning bebaho fazilatlari tasvir etilmish bu ezgu da’vatda shoir ijodining asosiy mazmuni va tiynati ham mujassam, desak, xato bo‘lmas. Shu ma’noda, shoirning yaqinda rus tilida nashr etilgan yangi kitobi “Отдай ласточкам свои веранды” deya nomlanishi bejiz emas. Aytish mumkinki, muallifning rus tilida ilk bor taqdim etilayotgan ushbu muazzam to‘plami rusiyzabon adabiyot muxlislari uchun qimmatli tuhfa bo‘ldi.

To‘plam “За Родину нашу, за нацию и за народ!..”, “Живой огонь – родные очаги”, “Берег сердца и души”, “Возрождение”, “На уроках сердца”, “От взгляда твоего сгореть”, “Высокая одержимость”, “Меж нами выросла стена…”, “Цветущий сад газелей и любви”, “Остановить пулю!..”, “Два столетия – одна жизнь”, “Здесь в сердце боль”, “Поездка поэта Вахаба”, “Еще не кончилась война!”, “Восьмидесятые годы”, “Потерянный мною дастан”, “Двустишия”, “И каждый миг идет экзамен твой”, “Посвящение Родине”, “Статьи о поэте и его творчестве” kabi kichik bo‘limlardan tashkil topgan.
Kitobdan turli yillarda yozilgan she’r va dostonlar bilan birga, Yangi O‘zbekistonda adabiyot rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, taniqli rassom siyratiga chizgilar, Aleksandr Pushkin ijodining yurtimizda o‘rganilishiga oid maqolalar, taniqli rus shoiri Andrey Voznesenskiy hayoti va ijodiga, shuningdek, ona xotirasiga bag‘ishlangan hamda “Vahob shoirning safari” nomli esselar ham o‘rin olgan.
Kitobda berilgan suratlar shoir ijodiy faoliyatining turli davrlarini aks ettiradi. Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Andrey Voznesenskiy, Aleksandr Faynberg kabi taniqli adiblar tomonidan bildirilgan dil so‘zlari, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning tahliliy maqolasi hamda Nikolay Ilinning samimiy kuzatuvlari o‘quvchilarning Sirojiddin Sayyid ijodi bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Asarlarni Aleksandr Faynberg, Nikolay Ilin, Nigina Saidova, Mixail Sinelnikov, Yuliy Pokrovskiy, Rifat Gumerov, Shahlo Qosimova, Nodira Holiqova kabi tarjimonlar rus tiliga mahorat bilan o‘girgan.
Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashrga tayyorlangan.
Ikrom ISKANDAR
“Jadid” gazetasining 2026-yil 14-avgustdagi 33-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



