Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.04.2024 | 10:34

img659

KITOB O‘G‘RISI

Amerikalik mashhur vosvos Stiven Blumberg dunyo tarixida “ashaddiy kitob o‘g‘risi” degan nom bilan qoldi. U o‘z vatanidagi ikki yuz oltmish sakkizta kutubxonadan yigirma uch ming dona (!) kitob o‘marganlikda ayblandi va ma’naviyat xazinasiga 20 million dollar zarar yetkazganligi uchun katta miqdorda jarimaga va olti yillik qamoq jazosiga hukm etildi. Stiven o‘g‘irlagan nodir asarlarning bir qanchasi kutubxonalarga qaytarildi, albatta. Ammo allaqachon “joyini topib ketgan” kitoblar agar kerakli qo‘llarga yetganida, tafakkur olamiga qay darajada samarali xizmat qilishi mumkin edi…

Aslida o‘g‘rilik ruhiy kasallikning bir turi bo‘lib, fanda bu “kleptomaniya”, o‘zbekchasiga aytganda “odatlanish” deyiladi. Odatlanish esa asosan irodaning zaif­ligi oqibatida yuzaga keladi.

Rossiya statistikasi 2023-yilda Jorj Oruelning “1984” asarini ushbu mamlakatda eng ko‘p o‘g‘irlangan kitoblar ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek, ro‘y­xat­da bolalar adabiyoti ikkinchi va maktab darsliklari uchinchi o‘rinni egallagan. Ushbu ma’lumotga ko‘zim tushganida, xayriyatki, bizda bunday katta o‘g‘riliklar sodir etilgan emas, deb o‘ylagan edim. Biroq respublika Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning yaqin­da gazetamizda e’lon qilingan “Xalq mulki muqad­das!” sarlavhali maqolasini o‘qib, Stiven Blumberg chalingan xavfli kasallik o‘zimiznikilarga ham yuqqaniga amin bo‘ldim. Meni ajablantirgani shu bo‘ldiki, yuqori­dagi maqolada qayd etilgan yirik o‘g‘rilik ishiga kutubxona rahbarining o‘zi bosh-qosh bo‘lgan. O‘zbekis­ton Milliy universitetining axborot-resurs markazida saqlanayotgan XIII-XIX asrlarga oid 57 dona nodir qo‘lyozma kitob va 12 ta toshbosma asar, 9 ta ta­ri­xiy hujjatning gumdon qilinishi kitob o‘g‘irligi bizda ham xavfli tus olayotganidan dalolat beradi. Axir, birgina universitetda talon-toroj qilingan durdona­larning qiymati 2,6 trillion so‘mga baholangan. Agar axborot-resurs markazining “qaroqchilar” guruhi o‘z vaqtida fosh etilmaganida, bu raqam yanada kattalashib ketishi tayin edi.

Odamlar orasida “kitob o‘g‘risi – o‘g‘ri emas”, degan noto‘g‘ri tushuncha bor. Lekin ulamolarimiz o‘g‘rilikning har qanday turi shar’an harom ekanini ta’kidlaydilar. 

Shaxsiy kutubxonamdagi eng yaxshi ko‘rgan kitob­larim ichidan bir necha yillardan buyon qidirib topolmayotganim – Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” asariga ma’naviy ehtiyojim ham ushbu maqolani yozishimga bir sabab bo‘ldi. Bu kitobni o‘g‘irlatga­nim­ga o‘n yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hamon ushbu qaroqchilikni kechirolmayman va agar uni qay­taradigan bo‘lsa, o‘sha bibliokleptoman, ya’ni kitob o‘g‘risiga bosh-oyoq sarpo qilishga ham tayyorman.

Yo‘q, kitob o‘g‘rilari (ularni bu nom bilan atayot­ganim uchun ich-ichimdan xijolat chekyapman) uyim­dan “Mantiq ut-tayr”nigina olib ketgan emaslar. Yo‘qolgan kitoblarim ro‘yxati katta. Juda g‘aroyib tarzda g‘oyib bo‘lganlari ham bor. Masalan, Gabriel Markesning tanlangan asarlar to‘plami. Bu kitob so­tib olgan kunimning ertasigayoq yo‘qolgan. Har gal esimga tushganida shunday katta kitobni ko‘zimni shamg‘alat qilib olib chiqib ketishni uddalagan kimsaga qoyil qolaman.

Nima bo‘lganda ham, kitob o‘g‘irligini aslo kitobsevarlikka yo‘ymaslik kerak. Inson birovda ko‘rgan asariga haddan tashqari mehr qo‘ygan taqdirda uni egasidan so‘rab olib o‘qimog‘i va, albatta, qaytarib bermog‘i shart. To‘g‘ri, o‘g‘irlangan adabiyotdan olingan manfaat yoki ilm harom bo‘lib qolmaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu ish mutlaqo nojoizdir. O‘zganing mulki hisoblangan har qanday narsani uning ijozatisiz olish va foydalanish g‘asb hisoblanib, bu so‘z biror narsani egasidan zulm bilan tortib olish ma’nosini bildiradi.

Ko‘pni ko‘rgan keksalarimiz kishining moliga na­zar solma, deydilar. Chunki hamma egrilik ko‘zingga yaxshi ko‘ringan narsaga havas bilan qarashdan boshlanadi. Havasni jilovlay olmaslik esa ochko‘zlikka, ochko‘zlik o‘g‘rilikka undaydi. O‘g‘rilik ham sha­riat, ham dunyo qonunlarida jinoyat hisoblanadi. Shunday ekan, hatto o‘zganing mulki bo‘lgan kitoblarga havasni ham jilovlamoq darkor.

Muhayyo RUSTAM qizi

“Jadid” gazetasi 2024-yil 12 -aprel 16-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img592