23.01.2025 | 17:01
1846
Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” pyesasidan iqtiboslar
”Kelinlar qo‘zg‘oloni” asari O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad asari asosida sahnalashtirilgan bu spektaklni yodga olishingiz bilan yuzingizga tabassum yuguradi. Uni qayta-qayta tomosha qilsangiz-da g‘ashingizga tegmaydi. 1984-yil sahna yuzini ko‘rgan spektakl yillar osha hamon sevimli bo‘lib yashab kelayotgan san’at durdonalaridan biridir.
Unda Farmonbibi mehribon, ammo juda qattiqqoʻl ona boʻlib, oʻzining yetti oʻgʻli va ularning oilalari bilan bir hovlida yashaydi. Eng kenja oʻgʻliga tushgan kelin Nigora Farmonbibiga qarshi ”qoʻzgʻolon” koʻtaradi, boshqa kelinlar esa uni qoʻllab-quvvatlaydi. Farmonbibi kelinlariga yon berishga va ularning talablarini bajarishga majbur boʻladi.

Mamlakatimizning territoriyasi xuddi shu yerga kelganda tugaydi. Uyog‘i boshqa mamlakat. Mana shu parda chegara. Uyog‘i xotinposhshoning yurti. Bu poshsholikning o‘z qonuni, o‘z urf-odatlari bor.
Lutfi. Butun fikr-u xayolim Nigoraxonda. Bechoraga yomon bo‘ldi. Oyim endi unga kun bermaydilar.
Mehri. Bitta yo‘li, A, B, V, G, D vitaminlaridan yeb turishi kerak, bo‘lmasa holdan toyib qoladi.
Zo‘rdan zo‘r chiqsa, zo‘r bo‘ynini qisar.
Osmoni falakni guldiratib kelayotgan samolyot uyimiz tepasiga kelganda pildirpis qilib, ovozini chiqazmay o‘tadi.
Nodonsan, uka, nodonsan. Birinchidan, qonun bor, ikkinchidan, odamgarchilik bor, uchinchidan, insof degan narsa bor. Ana shular oldida pul bir tiyin. Bildingmi?
Axir, onajon, nima qilasiz yoshlarning ishiga aralashib, bilganicha yashayvermaydimi?
Hayo degan narsa yo‘q bu benomuslarda. Otang rahmatlik shundoq Azimsher bo‘la turib bir marta ham kunduzi o‘pmagandi. Bolalar uxlagandan keyin chiroqni o‘chirib qo‘yib, keyin o‘pardilar.
Men pulni hididan bilaman. Bilib qo‘y, pulni yutvorsang ham topaman. Ko‘zlarim rengen bo‘lib ketgan.
Odamlarga hayronman, xo‘rozqandni ham chet elniki bo‘lsa yalayman, deydi.
Muxbir. Yo‘q, yo‘q, oyijon, kerakmas. Rejissyor sizmi, menmi?
Farmon. Bu uyda men rejissyor.
Bu uydagi kelinlar tuxum bosib, jo‘ja ochishdan boshqa hamma ishni qilishadi.
Ashula aytganni qamash kerak, degan qonun yo‘q. Ashula aytganni qamashsa, bittayam ashulachi qolmas edi.
Tirigida durustroq gap og‘zidan chiqmagan cholimdan o‘lganda chiqadimi?
Tugmasini bossa, povillab otiladigan atirdan sepaman deb, adashib pashsha o‘ldiradigan “Aerozol” o‘lgurni sepib yuboribman.
Axir, o‘zinglar o‘ylab ko‘ringlar. Mehmonga borolmasak, mehmon chaqirolmasak, xohlagan kiyimimizni kiya olmasak, ko‘nglimiz tusagan ovqatni pishirib yeya olmasak. Kinoteatrlarga borish u yoqda tursin, uyimizdagi televizorni faqat “Otalar so‘zi, aqlning ko‘zi” bo‘lganidagina ko‘rsak. Men bu uyga yangi kelgan odamman. Lekin ahvollaringni ko‘rib bunaqa yashab bo‘lmasligini bilib turibman. Sizlarning beparvoliklaringiz g‘ashimni keltiryapti.
Men bojam bilan oyimni yo‘lga solish uchun dunyodagi jami yuridik qonunlarning hamma moddalarini qo‘llab ko‘rganmiz. Ish chiqmagan.
Sizlar hurmat qilamiz deb, qul bo‘lib yuribsizlar-ku.
Aka, aka, sizning kallangiz Gosplandek aniq ishlaydi. Bir ishlating. Mana bundoq qilib barmog‘ingizni peshonangizga tirab, bir o‘ylang. Jami suv qo‘shilmagan gaplar sizdan chiqadi.
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



