Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 17°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.11.2026 | 11:15

img9

SAMARQAND NEÇA YOŞDA?

Bu savolga oddiy bir raqam bilan javob beriş osonday körinadi. 2750 yilmi? Uç ming yilmi? Yoki undan ham qadimiyroqmi? Aslida, şaharning yoşini insonning tuğilgan sanasidek aniq belgilab bölmaydi. Çunki şahar bir kunda paydo bölmaydi. Dastlab kiçik manzilgoh vujudga keladi. Keyinçalik aholi soni ortadi, suv tarmoqlari kengayadi, dehqonçilik va hunarmandçilik rivojlanadi, savdo-sotiq jonlanadi, mudofaa devorlari quriladi va boşqaruv tizimi şakllanadi. Hukmdor qarorgohi joylaşgan ark, aholi yaşaydigan şahriston va savdo-hunarmandçilik rivojlangan rabotning şakllanişi ham şahar taraqqiyotining muhim bosqiçlaridan hisoblanadi. Ana şu uzoq davom etadigan jarayonlar natijasida manzilgoh asta-sekin şahar qiyofasini kasb etadi. Samarqand tarixi ham xuddi şunday murakkab va köp asrlik taraqqiyot jarayonining mahsulidir.

Qadimgi Misr tarixini Nilsiz, Mesopotamiyani Dajla va Frotsiz tasavvur qiliş qiyin bölganidek, Samarqand tarixini ham Zarafşon daryosisiz anglab bölmaydi. Baland toğlardan boşlangan daryo ğarb tomon oqar ekan, yöl-yölakay yuzlab soy va kiçik suv oqimlarini qabul qiladi. Samarqand yaqinida u Oqdaryo va Qoradaryo tarmoqlariga ajralib, keng va unumdor vohani hosil qiladi. Daryo sohillaridagi hosildor yerlar esa qadimdan dehqonçilik uçun qulay bölgan. Toğlardan oqib kelgan suv daryo va kanallarga yönaltirilgan, kanallar esa ekinzorlar, boğlar, qişloqlar va keyinçalik şaharlarni hayot bilan ta’minlagan. Samarqand sivilizatsiyasining eng muhim sirlaridan biri ham şunda. Varağsar – hozirgi Ravotxöja atrofida Zarafşon vodiysi kengayib, daryo suvini katta kanallarga taqsimlaş uçun qulay tabiiy şaroit hosil qiladi. Daryodan boş olgan Darğom va Bulunğur kabi yirik suv tarmoqlari Samarqand vohasining iqtisodiy hayotini ta’minlaydi.

IQLIM TARIXNI ÖZGARTIRGANDA

Ibn Xaldun iqlim va sivilizatsiya örtasidagi munosabatni tahlil qilib, törtinçi iqlimni eng mötadil va sivilizatsiya taraqqiyoti uçun qulay hudud sifatida tavsiflaydi. Uning fikriça, şimol va janub tomonlardan keladigan sovuq va issiq havo oqimlarining ta’siri örtadagi hududlarga borgan sari kamayib, törtinçi iqlimda nisbatan mötadil harorat şaroiti şakllanadi. Muallif birinçi va ikkinçi iqlimlarda aholi hamda şahar-qişloqlar nisbatan kamligini, uçinçi, törtinçi va beşinçi iqlimlarda esa aholi ziçligi va şaharlar soni köproqligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, törtinçi iqlimni tabiiy şaroitlari jihatidan inson hayoti, ilm-fan, hunarmandçilik va şaharsozlik rivoji uçun qulay hudud sifatida ajratib körsatadi. Uşbu iqlim doirasidagi şaharlar qatorida Buxoro va Samarqand ham tilga olinadi.

Samarqand vohasining tabiiy şaroiti ming yillar davomida bir xil bölmagan. Miloddan avvalgi I ming yillik boşlarida Markaziy Osiyoda nisbatan nam va salqin havo şakllangan. Namlikning ortişi daryolarning suv bilan barqarorroq ta’minlanişiga xizmat qilgan. Bunday şaroit dehqonçilik uçun katta imkoniyat yaratgan. Aynan ilk temir davrida Markaziy Osiyoning turli hududlarida yirik şahar va manzilgohlar köpayişi ham tasodifiy emas. Suğdda Afrosiyob, Köktepa va Lolazor kabi markazlar şakllana boşlaydi. Demak, tabiat tarixning şunçaki foni emas. U tarixiy jarayonning iştirokçisi bölgan. Ammo tabiatning özi şahar qurmaydi. Şaharni inson quradi. Samarqand tarixi esa insonning tabiiy imkoniyatdan foydalaniş mahorati katta sivilizatsiya yaratişi mumkinligini körsatadi.

NEGA AFROSIYOB?

Ayrim qaraşlarga köra, Zarafşon vohasida dastlabki şahar Köktepada şakllangan va miloddan avvalgi VI asrda mudofaa uçun qulay geografik şaroit tufayli şahar markazi Afrosiyobga köçgan. Biroq bu masalaga aniq xulosa beriş uçun har ikki yodgorlikning arxeologik qatlamlarini özaro qiyosiy örganiş zarur. Afrosiyobning qadimiy tarixiga oid muhim dalillardan biri – uning hududidan bronza davri çorvador jamoalariga mansub qabrlar va ular bilan boğliq aşyolarning topilganidir. Uşbu sopol idişlar miloddan avvalgi XVIII-XVI asrlar bilan davrlaştirilgan. Bu topilmalar Afrosiyob hududi va uning atrofi bronza davrida ham aholi faoliyati bilan boğliq bölganini körsatadi. Biroq mazkur buyumlarning mavjudligi öşa davrda bu yerda şahar bölganini anglatmaydi.

Köktepaning eng qadimgi madaniy qatlamlari esa miloddan avvalgi XIV-X asrlarga mansub. Bu davrga oid qatlamlarda yarim yertöla şaklidagi, nisbatan ziç joylaşgan dastlabki turar joylar aniqlangan. Köktepa I bosqiçiga mansub qölda yasalgan sopol buyumlar Burğulluq madaniyati sopollariga öxşaşdir. Şunga yaqin sopol buyumlar Afrosiyobda ham uçraşi ikki yodgorlikning qadimgi tarixini özaro taqqoslaş imkonini beradi. Biroq Afrosiyobda bunday buyumlar asosan aralaş qatlamlarda uçraşi ularning xronologik örnini aniqlaşda ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Köktepa II bosqiçi miloddan avvalgi X-VI asrlar bilan davrlaştiriladi. Bu davrda şaharsozlik madaniyatining taraqqiy etişi hukmdor qarorgohi va diniy inşootlarning paydo bölişi bilan boğlanadi. Ayni şu davrga oid mudofaa inşootlari Afrosiyobda ham aniqlangan. Xususan, yodgorlikning şahriston qismida, törtinçi mudofaa devorining eng quyi qatlamlarida balandligi taxminan uç metr bölgan mudofaa devori qayd etilgan. U şaharning taşqi çegarasi böylab, tabiiy yer qatlami ustiga barpo etilgan. Bunday mudofaa inşootlarining ayrim qismlari arkning janubi-ğarbiy tomonidagi qazişmalarda ham aniqlangan. Uşbu qatlamda qayd etilgan sopol idişlar Köktepa II – Yaz II davri bilan davrlaştirilgan.

Demak, Afrosiyob hududida ham Köktepa bilan zamondoş bölgan davrdayoq mudofaa inşootlari mavjud bölgan. Bu holat Afrosiyobning ilk şahar markazi sifatidagi ahamiyatini qayta baholaş zarurligini körsatadi. Bu esa şahar arkida qöşimça arxeologik tadqiqotlar olib borişni talab etadi va ilk şahar markazini faqat Köktepadan izlaş kerakmi, degan savolga ham oydinlik kiritilişi mumkin. Afrosiyobning keng hududni egallagani va uning turli qismlarida qadimgi mudofaa inşootlari aniqlangani esa uşbu yodgorlikning dastlabki şaharsozlik jarayonlaridagi örnini çuqurroq örganişni taqozo etadi.

Afrosiyobning maydoni 219 gektardan ortiq bölib, uning madaniy qatlamlari şaharning uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyotini aks ettiradi. Bunday keng hudud va murakkab madaniy qatlamlar Afrosiyobning qadimgi Suğd hayotida muhim örin tutganini körsatadi. Zero, “Avesto”da tilga olingan ön olti gözal yurt orasida ikkinçi bölib qayd etilgan “Gava-Suğda” markazi qadimdan dehqonçilik, hunarmandçilik va savdo-sotiq rivojlangan Afrosiyob bölgan. Tarixiy manbalarda şahar Marokanda, Kan, Samarqand nomlari bilan maşhur bölgan. Afrosiyob nomi Turon hukmdori Afrosiyob – Alp Er Tönga nomi bilan boğliqdir.

Afrosiyobning qadimgi Samarqandning muhim şahar markaziga aylanişida uning qulay geografik örni, tabiiy himoya imkoniyatlari va suv manbalari hal qiluvçi ahamiyat kasb etgan. Şahar atrofidagi çuqur jarliklar mudofaa uçun tabiiy tösiq vazifasini bajargan. Şu bilan birga, Zarafşon vohasida joylaşgani dehqonçilikni rivojlantiriş, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaş va hunarmandçilik mahsulotlarini işlab çiqariş uçun qulay şaroit yaratgan. Samarqandning mintaqaviy savdo yöllari tutaşgan hududda joylaşgani esa uning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini yanada oşirgan.

Samarqandning neça yoşdaligi haqidagi savol faqat arxeologlarni emas, örta asr mualliflarini ham qiziqtirgan. Qadimgi manbalar va rivoyatlarda şahar tarixi ming yillar qa’riga olib boriladi. Albatta, bu ma’lumotlarni zamonaviy arxeologik sana bilan tenglaştirib bölmaydi, ammo ular Samarqandning favqulodda qadimiy şahar sifatida qabul qilinganini körsatadi.

Abdumalik Haydar Samarqandiyning “Qandiyai xurd” asarida qiziq rivoyat keltiriladi: “Samarqand şahriga asos solinişi jarayonida birinçi bölib toğlardan bir palang (qoplon) kelib, şahar hududi içida aylanib çiqqan va söngra orqaga qaytgan. Şu bois, şahar aholisi yölbarsga öxşatib ta’riflanadi. Mutafakkirlarning ta’kidlaşiça, mazkur hudud öziga xos ta’sir xususiyatiga ega bölib, samarqandliklar qaysi mamlakatda bölmasin, boşqalardan göyoki quyoş kabi ajralib turadilar”. Qoplon qadimgi tasavvurlarda kuç, jasorat, huşyorlik va hukmronlik ramzi bölgan. Şu jihatdan mazkur rivoyat Samarqandning kuç va salobat bilan boğlangan tarixiy obrazini ifodalaydi.

Antik yunon tarixçilari öz asarlarida Samarqandni “Marokanda” deb atab, uni Suğdning poytaxti sifatida tavsiflaydilar. Ilk örta asrlar davri Xitoy manbalarida şahar “Kan” deb nomlanib, unga ğarbiy ölkalardagi hukmdorlar böysungani yozilgan. Nasafiy esa Qutayba 712-yilda Samarqandni egallagan paytda şaharga 2250 yil tölgani haqida ma’lumot beradi. Ibn Havqal Samarqandni Movarounnahrning asosiy savdo va siyosiy markazlaridan biri sifatida ta’riflab, qadimgi Yaman podşolari bilan boğliq rivoyatlarni keltirsa, Qudama ibn Jafar Samarqand qurilişini Iskandar nomi bilan boğlaydi. Bu rivoyatlar bir-biridan farq qiladi, ammo ularni birlaştirib turuvçi umumiy ğoya aniq: Samarqand örta asr muarrixlarining tasavvurida ham oddiy şahar emas, balki tarixi juda uzoq ötmişga borib taqaladigan siyosiy va madaniy markaz bölgan. Arxeologiya esa ana şu tarixiy xotirani moddiy dalillar orqali qayta sanalaş imkonini beradi.

DUNYONING JANNATI

Samarqand faqat qadimiyligi yoki siyosiy qudrati bilan hayrat uyğotmagan, uning tabiati ham sayohatçilar va tarixçilarni maftun etgan. XV asr tarixçisi Hofizi Abru şunday yozadi: “Dunyoning jannati törtta: Nahr al-Ubulla, Damaşqdagi Ğöta, Şa’b-Buvon va Samarqandning Suğdi”. Muallif boşqa maşhur vohalarning har birida bir kamçilik borligini aytar ekan, Samarqand Suğdini alohida ajratadi: daryoning ikki tomoni boğlar, ekinzorlar, obod joylar va köm-kök maysazorlardan iborat edi. Bu ta’rif tasodifiy emas.

Abu Sa’d Abdulkarim Sam’oniyning “Al-Ansob” (“Nasablar”) asarida qayd etilişiça, bir kuni Abu Hafs Umar ibn Muhammad Suğdiy Xuşufağon qişloğida joylaşgan hovlisidagi katta daraxtning ostida döstlar davrasida suhbat qurib ötirgan edi. Abu Hafs döstlariga: “Sizlar dunyoning eng körkam va eng xuşmanzara joyida ötiribsizlar”, dedi. “Nima uçun?” – deb söraşdi. “Çunki dunyoda Samarqandning Suğdi kabi körkam, xuşmanzara, bahavo joy topilmaydi. Suğdda esa Xuşufağonga teng keladigan joy yöq. Xuşufağonda esa mening bu boğimdan köra obod joy yöq, boğimda esa bu daraxtning soyasiga teng keladigan sersoya va salqin joyning özi yöq”, dedi.

Hofizi Abruning “Geografiya” asarida şunday sözlarni öqiymiz: “Movarounnahr mamlakati böylab törtta şahar bor, bir-biridan gözal. Avval Buxoro – ilm va fazilat manbayi, Rum va Çin diyorlariga ham donği ketgan. Uluğ Samarqand şahri – saltanat makoni… Movarounnahrning poytaxti Samarqand bölgan ekan… Qaysi joyga bormagin, katta hovlilarning birortasi hovuzsiz va daraxtsiz emas. Şu bois, Samarqand şahri ”Dunyoning jannati“ degan şarafli unvonga sazovor bölgan”. Şarafuddin Ali Yazdiy Amir Temur davridagi Samarqandni tasvirlar ekan, uning obodligi, aholisi va dunyoning turli tomonlaridan keluvçilar köpligini, jahongir Amir Temur hukmronligi va adolati tufayli nihoyatda obod şaharga aylanganini alohida ta’kidlaydi.

Nemis şarqşunosi Adam Mes “Islom renessansi” asarida bir qator şarq şaharlarini psixologik turlarga ajratar ekan, Samarqandga mağrurlik xos, deya ta’riflaydi. Mağrur şahar, ilm-fan markazi va savdo çorrahasi bölgan Samarqand Yangi Özbekiston davrida dunyoga yanada kengroq yuz oçmoqda. Qadimda turli xalqlar, madaniyatlar va savdo yöllarini birlaştirgan bu şahar bugun ham xalqaro muloqot, ilm-fan, turizm va madaniy hamkorlik markazlaridan biri sifatida öz mavqeyini mustahkamlamoqda.

Samarqandning buyukligi faqat uning qadimiyligida emas. Uning asrlar davomida yaratilgan madaniy merosida, ilmga bölgan ehtiromida, bunyodkorlik an’analarida va turli xalqlarni birlaştira olganida namoyon böladi. Asrlar davomida dunyoni öziga çorlagan Samarqand bugun ham özining tarixiy salobati, ma’naviy boyligi va zamonaviy qiyofasi bilan jahon e’tiborini jalb etmoqda. Şu ma’noda, Samarqand nafaqat ötmişning yodgorligi, balki kelajakka işonç bilan qadam qöyayotgan boqiy şahardir.

Alişer SANDIBOYEV,
tarix fanlari böyiça falsafa doktori

“Jadid” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-sonida


SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI

Hayoti Syukuro Manabe 1931-yil 21-sentyabrda Yaponiyada tuğilgan. Tokio universitetida tahsil olgan. 1958-yilda doktorlik işini muvaffaqiyatli himoya qilgaç, AQŞga köçib ötgan. Avval Milliy okeanografiya va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasida işlagan, bir muddat Yaponiyada yaşagaç, yana Prinston universitetiga qaytib kelgan. Hozirda şu universitetda faxriy meteorolog. 2007–2014-yillarda Nagoya universitetida maxsus taklif qilingan professor sifatida işlagan. Kaşfiyoti Insoniyat uçun hayotiy […]

19.11.2026 | 09:08

img56

“KITOB, MENING DÖSTIMSAN”

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida yana bir turkum kitoblar naşrdan çiqdi. “Sohibqironga ehtirom” nomli yangi töplamdan şonli ajdodimiz Amir Temurga bağişlab yozilgan nazmiy asarlar örin olgan. Atoqli şoirimiz Abdulla Oripovning şunday satrlari bor: Har qança faxr etsang arziydi, özbek,Balqibsan bir zotning yuksak şonida.Temurbek yulduzi Oltin qoziqdekÇaraqlar buyuklar kahkaşonida. Abdurauf Fitrat, Alixontöra Soğuniy singari atoqli ma’rifatparvarlarning maşhur […]

18.11.2026 | 15:39

img127

OG‘RIQ NUQTA

Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]

17.11.2026 | 14:24

img323