Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.09.2024 | 11:10

img489

SHE’RIYATIMIZNING ONAGULI EDI

Enaxon opam bilan qachon, qayerda tanishga­nim yodimda yo‘q. Ehtimol, esimni tanib, kitob, gazeta jurnallarni o‘qiy boshlaganimdayoq tanigan bo‘lsam kerak. Xotiralar bisyor, ammo yorug‘ kunlardan boshlanib, ayriliq bilan bir nuqtaga kelgan o‘ylarim og‘riq bera boshlaydi.

O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova ko‘nglida tiriklik qo‘ng‘iroqlari, shamollar poyiga bosh urib yig‘lasa ham, gullar yo‘llariga bor yaprog‘ini sochib yuborsa ham to‘xtamay oqayotgan daryoga o‘xshardi. Ijodiy safar yo‘llarim Farg‘onaga tutashsa, quvonib yo‘lga tushardim. Chunki ko‘zlari to‘rt bo‘lib kutib oladigan, “Yana kelasizmi, kutamiz”, deya kuzatib qoladigan qadrdonimiz, mehribonimiz bor edi.

…Mustaqillik bayrami arafasida bir guruh ijodkorlar go‘zal Farg‘onaga yo‘l oldik. Ma’rifiy uchrashuvlar chog‘ida chekka-chekka qishloqlardagi yurtdoshlarimiz bilan diydorlashdik. O‘sha kuni Log‘on qishlog‘idagi madaniyat saroyi­da tumo­nat odam yig‘ilgan ekan. Atlas ko‘ylaklari yarashgan shirin qizaloq­larning qo‘llaridan atirgullar olib, yo‘lakdan o‘tib borardik. Birdan nuroniy onaxonni opichib olgan yigitga ko‘zimiz tushdi. Enaxon opa ikkimiz ularning yoniga bordik. Qadrdonlardek quchoq ochib ko‘rishgan onaxon bizga shunday dedi:

– To‘qqiz o‘g‘il-qizni yolg‘iz boshim bilan boqdim. Otasiz ko‘ngillari o‘ksimasin deb hovlimga ziravorlar ekib bozorga eltdim, tunda do‘ppi tikib ro‘zg‘orim kamini to‘ldirdim. Endi rohat ko‘ray deganda uch-to‘rt yil bo‘ldi, oyoqdan qoldim. Xudoga shukur, yoshim saksonda, hayotni yaxshi ko‘raman. Yashagim keladi. Saroyga tanilgan artistlar, shoirlar kelishini eshitib, uyga sig‘may qoldim. Nabiram Muxtorjon ko‘tarib olib keldi-da.

Enaxon opa o‘sha tabarruk momoning nabirasi bilan yana nimalarnidir gaplashdi. Tadbir boshlangani uchun shoshib yo‘limizda davom etdik. Ikki-uch soat davom etsa ham yig‘ilganlar ketgisi, xayrlashgisi kelmasdi. Ketar chog‘imizda esa ajoyib manzaraga duch keldik. Yangi aravachada yastanib o‘tirgan onaxon bizni yig‘lab duo qilardi. Jonkuyar opamiz esa bu quvonchga o‘zi sababchi bo‘lmagandek, go‘yo hech gapdan xabari yo‘q odamdek bir chetda jilma­yib turardi. O‘sha payt elning suygan shoirasi yozgan satrlar yodim sahifalarida aks sado bera boshladi:

Ayol ketib borar… tunday yoyilgan,
Baxtsizlikday qaro sochlarin g‘ami.
Ko‘ngil mehrobiga yoqib qo‘yilgan,
Qirq bitta jonining qirq bitta shami…

She’riyatning Onagulidan ko‘p yaxshi amallar, gurkirab bo‘y cho‘zayotgan o‘nlab nihollar qoldi. Har on, har qadamda yaxshilik ulashib, ko‘ngilni ko‘ngilga payvand qilish ilmini o‘rgatib ketdi. Bu dunyoning ko‘ngil bilan ishi yo‘q ekanini bot-bot aytib, ezgu yo‘llar boshida yo‘lchiroq bo‘lmoqlik sabog‘ini berib ketdi.

Enaxon Siddiqova Farg‘onada o‘tadigan ma’rifiy bayramlarning tashkilotchisi, tashabbuskori, katta jamoat arbobi ham edi. Shunday bayramlardan yana biri Qo‘qon shahrida o‘tkazildi. Poyezddan tushgan mehmon ijodkorlarni kutib olganlar orasidan fidoyi opamizni ko‘rib ko‘nglimiz yashnab ketdi. Uch kun birga yurdik. Qo‘qon, Dang‘ara, Marg‘ilon tomonlarni kezdik. Tadbirlar chiroyli o‘tdi.

Oradan ko‘p o‘tmay, opamning biroz betob bo‘lganini eshi­tib kasalxonaga bordim. Shunda ham jilmayib turardi. Suh­batlashib o‘tirdik, dardidan so‘z ochmadi. Ahvoli yaxshi emasligi ko‘rinib turardi. Lekin xastalik jonidan o‘tib tursa ham bildirmaslikka harakat qilardi. O‘shanda nurli yuzlarini, issiq mehrini oxirgi marta ko‘rayotgan ekanman. Bilmay qolibman, g‘aflat bosibdi. Ko‘proq borishim kerak edi. Qo‘ng‘iroqlarimga javob bermasa, borib eshik qoqsam bo‘lardi.

Enaxon Siddiqova umrini go‘zallikka, yorug‘likka, insonlarning qadrini ko‘tarishga baxshida etgan edi. Ezgu amallari birma-bir yod etilar ekan, u insonsevarlikning, hayotsevarlik­ning muhtasham obidasiga aylanib borayotgandek go‘yo…

Umr bo‘yi xalq xizmatiga kamarbasta bo‘lgan shoirani bugun el-u yurt yuksak ehtirom bilan xotirlamoqda. Hukumatning joriy yil fevral oyida e’lon qilingan farmoyishiga binoan O‘zbe­kis­ton xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Yozuvchilar uyushmasida o‘tkazilgan “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” nomli xotira kechasi shular jumlasidandir.

Mazkur tadbirda Enaxon Siddiqovaning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid suratlar hamda chop etilgan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Xotira kechasida taniqli yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari, harbiylar, shoiraning oila a’zolari jam bo‘ldi.

Enaxon Siddiqova butun hayoti davomida odamlarga faqat yaxshiliklar, ezgu amallar ulashib kelgan edi. Ana shu qutlug‘ yumushlari bugun uning nurli xotirasini gullarga o‘rayap­ti.

Munavvara USMONOVA,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599