23.09.2026 | 14:49
4490
“SO‘Z DURIN NISOR AYLA…”
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashr etilib, adabiyot ixlosmandlariga taqdim etilgan yangi kitoblar orasida “Dorilomon kunlar keldi” nomli muazzam bayoz alohida o‘rin tutadi. O‘zbek shoiralari va adibalari ijodidan saralangan to‘plam ikki qismga – she’riyat va nasr yo‘nalishlariga ajratilgan.
Kitobning “O‘zbek shoiralari” turkumi xalqimizning ardoqli farzandi Zulfiya Isroilovaning mashhur she’rlari bilan boshlanib, bugun adabiyot olamiga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan yosh shoiralar ijodigacha qamrab oladi. Jami 110 nafar ijodkor asarlaridan berilgan yorqin namunalar zamonaviy o‘zbek she’riyatida shoiralarning tutgan muhim o‘rni haqida muayyan fikr uyg‘otadi. O‘z navbatida, “O‘zbek adibalari” bo‘limida jamlangan o‘ttizdan ziyod nasriy asarlar ham o‘quvchilarni e’tiborsiz qoldirmaydi, deb ishonamiz. Muhtasham bayoz “Ijod nashr” nashriyotida zamonaviy dizayn va yuqori sifatda chop etilgan.

Ma’lumki, xalqimiz tarixida ilm-fan va san’at ahliga homiylik qilish bilan birga, o‘zi ham badiiy ijod yoki biror san’at yo‘nalishi bilan jiddiy shug‘ullangan hukmdorlar ko‘plab uchraydi. Bu ham, albatta, xalqimizning yuksak ma’rifatparvarlik xislatlaridan dalolatdir.
Ana shunday taraqqiyparvar shaxslar orasida Muhammad Rahimxon Feruz nomi alohida e’tibor va nufuzga ega. Feruz davrida Xorazm adabiy va madaniy muhiti yaratilgan. Ogahiy, Bayoniy, Komil Xorazmiy singari taniqli shoir va olimlar shu davrda barakali faoliyat yuritgan. Shu ma’noda, Feruzning yangi chop etilgan “Tanlangan asarlar”i adabiyot va tarix ilmiga qiziquvchi yurtdoshlarimiz uchun qiziqarli bo‘lishi, shubhasiz. Zero, shoirning o‘zi ham benazir g‘azallari, masnaviy-u munojoti, muxammas-u musaddaslari bilan: “So‘z durin nisor ayla maqdamig‘a, ey Feruz, Bazming ichra kelmishlar bu aziz mehmonlar”, deya diydorlashuvga mushtoq turibdi.
“Adabiyot” nashriyotida chop etilgan yana bir kitob O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sherning to‘rt jildlik “Tanlangan asarlar”ining birinchi jildidir. Albatta, bugungi o‘zbek she’riyatini Abdulla Sher ijodisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shoir bir she’rida shunday yozadi:
Men baxtliman: yo‘ldan ozmadim,
Taft kutmadim yiltiroq muzdan;
She’r yozdimmi? Yo‘q, she’r yozmadim,
Men lolalar undirdim so‘zdan.
Lolalarday yashnoq she’rlar va balladalardan saralangan yangi kitob shoir ijodi haqida to‘laqonli tasavvur beradi.
Nigina ISKANDAROVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 18-sentyabrdagi 38-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328



